Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
— Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim-ku! Kecha balandiya kazinosida edik. Burhoniddinbey 
bilyard o‘ynayotgan edi. Shu mahal Ehson eshikdan kirdi-yu, mayorni bir chetga tortib, 
allanimalar deya boshladi. Oldin hovliqishmasdan, past ovoz bilan gaplashishdi. O‘rtada 
nima o‘tganini bilmayman. Birdaniga Ehson picha orqasiga chekindi-yu, Burhoniddinbey-
ga o‘xshatib shapaloq tushirdi. Mayor to‘pponchasiga qo‘l yugurtirdi. Lekin Ehson undan 
oldinroq to‘pponchasini chiqardi. Shu on bir necha kishi birdaniga ustlariga tashlanmasa, 
qon to‘kilishi turgan gap edi. Ertaga harbiy tribunal Ehson masalasini ko‘radi. Bizlardan 
birontamiz shu ishni qilganimizdami, holimizga maymunlar yig‘lardi. Chamamda, Ehson 
poshoning bir nimasi bo‘lsa kerak. 
— Xotinining jiyani, emizib katta qilgan o‘g‘li. 
— Unday bo‘lsa, kichkina jazo bilan qutulib ketadi. Ammo-lekin Burhonning betiga tu-
shirib xo‘p yaxshi qilibdi. Yomon quturib ketgan edi muttaham. 
— Darvoqe, nimaga janjal qilishibdi? 
— Ikkalasining ham gapiga qaraganda, siyosat talashib janjal qilishgan emish. Shu 
armiyani siyosatdan hech qutqazishmadi, qutqazishmadi-da! 
— Xudo haqqi, menga qolsa, bu yerda xotin janjali bor. Burhonni bilmaysanmi? 
Ofitserlar o‘zaro gaplashishib yonimdan o‘tib ketishdi. 
Kema jo‘nash oldida bir chol qayiqchi kayutamga keltirib bergan guldastaning kimdan 
ekanligini endi payqadim. 
Ehsonbey, hayotda sizni balki hech mahal uchratmasman yoki uchratsam ham sizni 
tanimaganga solib o‘tib ketarman. Lekin meni deb harbiy sudga tushishdan toymagan 
kuningizda meni yana eslaganingiz uchun sizni bir umr unutmayman. Kimdan ekanligini 
ayttirmay kirgizgan va shu bilan qalbingizning nozikligini bildirgan gullaringizdan bitta 
yaproqchasini daftarimda, xotiringizni esa eng toza, pok narsa kabi qalbimda saqlay-
man! 
Tashqarida boyagi kimsasiz yo‘lchi mungli kuylarini hamon hushtak bilan chalib turar-
di. Kayutamning ochiq derazasidan boshimni chiqardim. Dengiz ustida harir tong pardasi 
ko‘rindi. U xuddi suvdan ko‘tarilayotgan bug‘ni eslatardi. 
Choliqushi, yot endi! Uyqusiz kecha va horg‘inlik bechora ko‘zlaringni achishtiryapti. 
Tongdan nimani kutasan? Axir tong — uzoq-uzoqlarda uyquga va yana boshqa narsalar-
ga qongan sariq gullarning baxtiyor ko‘zlarini ochadigan dam-ku! 
 
To‘rtin-chi qism 
 
Iz-mir, 20 sen-tyabr. 
 
Mana, uch oydan beri Izmirdaman. Ishlarimning mazasi yo‘q. Endi bitta umidim qoldi. 
Ertaga u ham puchga chiqsa, bilmayman, nima qilar ekanman. Buni o‘ylashga yuragim 
betlamaydi. Ch... dagi maktab mudirasining tavsiyanomasi bilan uchrashishim lozim 
bo‘lgan kishi men kelmasdan bir oy avval kasal bo‘lib, Istambulga olti oy dam olgani ke-
tibdi. Chor-nochor o‘zim maorif bo‘limining mudiriga bordim. U yerda kimni ko‘rdim 
deng?.. B... dagi o‘sha mudrab o‘tiradigan, allahlayotganga o‘xshab gapiradigan battolni 
ko‘rmayinmi! Tabiat qarashdan ham ko‘proq uxlash uchun yaratgan u mudroq ko‘zlar me-
ni hech tanimadi. 
— Uch-to‘rt kundan keyin xabar oling, bir nima qilamiz, — dedi. 
Uch-to‘rt kun degani — uning tilida bir-ikki oy degani edi. Nachora, shunday ham 
bo‘ldi. 
Bugun yana xabar olgani bordim. Mudir bu safar qittay iltifot ko‘rsatdi. Halim, mas’um 
tovushi bilan yorila boshladi: 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling