Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
170 sizga nisbatan yomon niyati yo‘q edi. Shunchaki sizni mehmon qilish, bog‘ saylida yayra- tish istagida edik. Istambulda tarbiya olgan, so‘ngra, masalan, bir necha kun avval o‘rtoqlarimizning biri bilan hamsuhbat bo‘lishdan tortinmagan kichik xonimning bu qadar yovvoyi tabiati borligini qaerdan bilibmiz? Yana qaytarib aytaman: sizga nisbatan yomon niyatimiz yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, xafa bo‘lganingiz uchun sizdan uzr so‘rayman. * * * Arava bog‘lar orasidan tor yo‘llar zulmatiga sho‘ng‘ib ketdi. Bir burchakda sovuq yegandek shumshayib, ko‘zlarimni yumib bordim. Xayolimda sekin-sekin boshqa kecha- ning savdosi gavdalana bordi. Qo‘zyotog‘idagi chorbog‘dan boshimni olib qorong‘i yo‘llar- ga tushgan kecham... Xushbo‘y lox daraxtining shoxlari sayabonli arava derazachasidan goho ichkariga kira- di-da, yuzimga, ko‘zlarimga tegib, shirin xayollarimni quvadi. Boshini aravaning narigi derazachasiga suyab o‘tirgan Munisaning chuqur-chuqur xo‘rsinganini eshitdim-u, past tovush bilan: — Munisa, uyg‘ondingmi? — deb so‘radim. Javob bermadi, boshini yana battar egib oldi. Razm solsam, bechoram yig‘layapti! Mi- soli katta kishilarday, ko‘z yoshlarini qorong‘ilikda yashirib yig‘layapti. Qo‘llarini ushlab: — Nima bo‘ldi, qo‘zim? — deb so‘radim. Mendan ko‘proq yashagan, mendan ko‘proq aqli bo‘lgan kishi iztirobi bilan boshimni quchoqladi, keyin qulog‘imga yaqin kelib: — Opajonim, biram yig‘ladim, biram qo‘rqdimki!.. Sizni nima uchun chaqirganlarini payqadim, opaginam! Endi zinhor unday yerlarga bormaylik! Xo‘pmi? Siz nima deysiz? Xudo ko‘rsatmasin, onam singari... unda mening holim nima bo‘ladi, opajon? Oh, qanday sharmandalik, qanday tushkunlik, yo rabbiy! Razolatga tushgan xotin sin- gari bu kichkina qizdan uyalar, ko‘zlarimni olib qochardim. Keyin boshimni uning kichki- na tizzalariga qo‘ydim, to uyga yetguncha, onasining quchog‘ida yig‘lagan bola singari, piq-piq yig‘lab bordim. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling