MEHMONLARNING SHIKOYATLARI BILAN ISHLASH BO‘YICHA ESLATMA
VAZIYAT KASSIRNING HARAKATLARI NIMA DEYISH KERAK?
MEHMON O‘Z BUYURTMASINI UZOQ KUTIB O‘TIRIBDI
• Buyurtmaning tayyor bo‘lishini aniq vaqtini aniqlab oling
"Kuttirib qo‘yganimiz uchun uzr so‘raymiz, Sizning buyurtmangiz ... minutdan keyin tayyor bo‘ladi. Sizni kutish paytingizni ozgina boyitish maqsadida, sizni muzqaymoq (qahva, har qanday taom) bilan mehmon qilsam bo‘ladimi?"
MEHMON BUGUN MENYUDA (STOP VARAQ) YO‘Q BO‘LGAN TAOMGA BUYURTMA BERDI
• Uzr so‘rang va bugun bu taom menyuda yo‘qligini xabar bering
• O‘rniga shunga o‘xshash taomni taklif qiling yoki Yangi taomni taklif eting
"Uzr so‘rayman, bugun ushbu taom menyuda mavjud emas. Ammo men Sizga bizning Yangi taomimizni (taomni jonli ta’riflab bering) ta’tib ko‘rishingizni taklif qilaman!"
MEHMON KFC MENYUSIDA YO‘Q BO‘LGAN TAOMGA YOKI MENYUDAN OLIB TASHLANGAN TAOMGA BUYURTMA BERDI
• Uzr so‘rang va taom KFC menyusida taqdim etilmaganligini xabar qiling
• O‘rniga o‘xshash taomni taklif qiling yoki afzalliklar haqida so‘rab, Yangi taomni taklif eting
"Afsuski, ushbu taom KFC menyusida taqdim etilmagan. Men Sizga ... ni ta’tib ko‘rishni taklif qilaman - bu taom bizning Yangi taomlarimizdan (taomni jonli ta’riflab bering)!"
MEHMON MULOHAZA VA TAKLIFLAR KITOBINI SO‘RAMOQDA
• Menejerga vaziyat mohiyatini tushuntirib, uni zudlik bilan chaqiring
"Iltimos, bir minut kutib turing. Men
menejerni chaqirib kelaman"
MEHMON BUYURTMANI O‘ZGARTIRISHGA QAROR QILDI
• Buyurtmaga tuzatish kiritish uchun menejerni chaqiring
• Buyurtmaga tuzatishlar kiriting
• Buyurtmani Mehmonga takrorlang va etib o‘ting
MEHMON BUYURTMANI POLGA TUSHIRIB YUBORDI
• Buyurtmani to‘liq almashtiring va menejerga xabar qiling
"Biz hozir Sizni buyurtmangizni o‘xshashisha almashtirib beramiz!"
MEHMON TAOMNING TARKIBINI O‘ZGARTIRISHNI SO‘RAMOQDA
• Mehmonning afzalliklarini hisobga olgan holda buyurtmaga o‘zgartirish kiriting
"Biz, albatta, Sizning xohish-istaklaringizni mamnuniyat bilan inobatga olamiz!"
MEHMON BUYURTMANING UMUMIY NARXIDAN NOROZI
• Mehmondan uzr so‘rang
• Kassaga kiritilgan buyurtma tekshirilsin
• Narxlarning menyudagi bilan muvofiqligini tekshiring
"Kechirasiz, keling Sizning ... buyurtmangizni tekshiramiz"
KASSA APPARATINING NOSOZLIKLARI
• Mehmondan uzr so‘rang
• Sababni tushuntirib, takalluf bilan mehmondan kutish so‘rang
• Menejerni chaqiring
"Kechirasiz, bizda ba’zi texnik qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ozgina kutishga to‘g‘ri keladi. Men muammoni hal qilish uchun zudlik bilan menejerni chaqirib kelaman!"
SHIRAKAYF/QO‘POL MEHMON • Menejerni chaqiring
MEHMONDA BUYURTMANI TO‘LASH UCHUN PUL MABLAG‘LARI YETARLI EMAS
• Menejerni chaqiring
VOYAGA YETMAGAN MEHMONLAR PIVO SOTIB OLISHNI XOHLASHMOQDA
• Uzr so‘rang
• Tug‘ilgan sana ko‘rsatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni so‘rang
• Zarurat tug‘ilganida menejerni chaqiring
"Kechirasiz. Biz 18 yoshga to‘lmagan mehmonlarga alkogol ichimliklarini sotmaymiz. Iltimos, pasportingizni ko‘rsating"
Do'stlaringiz bilan baham: |