Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
230 doktor kitobini stolga qo‘yib, kerishdi, esnadi, keyin: — Hoy, kelinoyim, yotish kerak, yur, — deb o‘rnidan turdi. Qo‘llarimdan ignam, yamab o‘tirgan narsam tushib ketdi. O‘rnimdan turib stoldagi shamdonni oldim-da, darpardani yopish bahonasi bilan deraza yoniga bordim. Kecha zulmatiga uzoq tikilib turdim. Hozir sen chiq-u, qorong‘i yo‘llarga tushib qoch, degan o‘y keldi miyamga. Lekin doktor: — Kelinoyim, juda uzoq o‘ylanib qolding? Bo‘ldi, chiq tepaga. O‘nboshiga tayinlaydi- gan ishlarim bor, men ham orqangdan chiqaman, — deb qoldi. Doktorning qari enagasi bilan bir qo‘shni xotin menga kelinlik libosini kiydirishdi. Key- in qo‘limga yana shamdonni tutqazishib, meni kuyovimning hujrasiga olib kirishdi. Xay- rullobey pastdan chiqmagan ekan. Men javon yoniga kelib to‘xtadim, ko‘kragimni so- vuqdan saqlayotganday, qo‘llarimni qovushtirib oldim. Shu qadar titrardimki, qo‘limdagi shamdon tinmay tebranar, goho sochlarimning uchini kuydirardi. Nihoyat, zinada, keyin dahlizda oyoq tovushi eshitildi. Xayrullobey ashulani ming‘illab, yo‘l-yo‘lakay smokingini yechib kirdi. Kirdi-yu, meni ko‘rib hang-mang bo‘lib qoldi. — Hoy qiz, hali yotganing yo‘qmi? — dedi. Javob bergani og‘zimni ochgan edim, tishlarim takillab yo‘l qo‘ymadi. Doktor yonimga kelib, yuzimga ajablanib qaradi. — Hoy qiz, nima bo‘ldi? Hujramda nima qilib yuribsan? Birdan hujrani guldiros qahqaha larzaga keltirdi. — Voy sho‘rim, hali sen... Doktor qahqahadan bo‘g‘ilib, so‘zini tugatolmadi. Keyin shapaloqlarini tizzalariga sha- pillatib urdi-yu, barmoqlari bilan og‘zini yopib turib: — Demak, sen bu yerga... Voy, sharmanda! Chindan ham eru xotin bo‘ldik, deb o‘ylabsan-da! Tuf, uyatsiz, beor!— dedi. — Xudo jazongni bersin!.. Otang tengi bir odamni... Qahqaha zo‘ridan devorlar qimirlab, shift boshimga ag‘darilgandek bo‘ldi. — Voy, qora yurakli hayosiz-e! Qiz boshing bilan mening hujramga tungi ko‘ylakda ki- rishga uyalmadingmi? O‘sha paytdagi ahvolimni ko‘rishni istardim, kim bilsin, qanday rangga kirib, qanday rangdan chiqdim ekan. — Doktorbey, xudo haqi, bilganim yo‘q, o‘zlari shunday deyishdi-da... — Xo‘p, ular-ku shunday noma’qul o‘ylashibdi, sen-chi?! Dunyoda har narsa bo‘lishi mumkin, bunga aqlim yetadi, lekin shu yoshimda hurmatimga, iffatimga bir yuzsiz qiz- ning hujum qilishi mumkinligini hech aqlimga keltirmagan edim. Voy xudo, bu qanday qiynoq azobi! Yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadim. Lablarim- ni qonatar darajada tishlar edim. Qimirladim deguncha, u yolg‘ondan lo‘lilik qilar, dera- zaning oldiga kelib ko‘ylagining yoqasidan bo‘ynini cho‘zib, qichqirardi: — Hoy, qiz, yaqin kelma, qo‘rqaman! Hozir derazani ochaman-u dod solaman! “Xa- loyiq, qutqazinglar!” deyman! Shu yoshimda menga... Gapining oxirini eshitmay, hujradan qochib chiqib ketdim. Lekin bilmayman, menga nima bo‘ldi, yana qaytib kirdim. Qalbimning hamisha itoat qilishga majbur etuvchi amri bilan: — Ota! Otajon! — deb faryod qildim, yig‘lab turib o‘zimni quchog‘iga otdim. U ham quchog‘iga oldi, qalbdan chiqqan ayni faryod bilan: — Qizim! Bolam! — deb peshonamdan o‘pdi. Otalik bo‘sasining lazzatini, titrab turgan u lablarni o‘lgunimcha esimdan chiqarmay- man! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling