Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
Farida bir qator quruq, ma’nosiz so‘zlar bilan Mujgonga javob berayotganda, bolalik 
chog‘larining sevgili do‘sti bilan birga ko‘nglida abadiy o‘lganini, endi hech mahal u bilan 
yarashmasligini his etardi. 
Tushki ovqatga endi o‘tirishganda, qo‘shni bog‘larning biridan mehmondorchilikka 
chaqirib kelishdi. Baladiya idorasining raisi shahardagi qishloq uylariga, bola-chaqasini 
ko‘chirib ketish oldidan bog‘ qo‘shnilariga, shuningdek, Farida bilan xayrlashish sharafiga 
ziyofat bermoqchi bo‘libdi. 
— Ie, qanday bo‘ladi? Hozir meni olib ketgani odam keladi-ku? — dedi Farida. 
Xolalari: 
— Uyat bo‘ladi, Farida, borish kerak, orasi besh minutlik yo‘l. Alohida tayyorlanib o‘ti-
rishning keragi yo‘q, chorshafingni yopinasan-u, boraverasan, — deyishdi. 
Boya unga kasal mushukchalik ham qarashmagan xolalarining hozir onalarcha 
g‘amxo‘rlik qilishayotganiga ajablanib, Farida yuzini yerga qaratib oldi. 
— Xo‘p, boraman, — dedi. 
 
*  *  * 
Soat uchga yaqinlashib borardi. Farida ayvonda yaproqlari sarg‘aygan chirmov orasi-
dan yo‘lga qarab turardi. Birdan: 
— Mujgon, bitta izvosh kelyapti! Menga bo‘lsa kerak, — deb yubordi. 
Xuddi shu payt uzoqdan, dengiz bo‘yidagi daraxtlar orasidan kema ham ko‘rinib qoldi. 
Farida o‘pkasi tomog‘iga tiqilib: 
— Kelyapti! — deb qichqirib yubordi.  
Bog‘da g‘ovur boshlandi. Xizmatkor xotinlar chorshaflarini keltirgani yugurishdi. 
Farida xolalariga: 
— Men oldin ketaveray, sizlar orqadan borarsizlar,— dedi. 
Mujgon ikkalasi bog‘ orasidagi so‘qmoq bilan chopib ketdi. Goh chetanlardan oshib, 
goh polizlardan yurib borishdi. Bog‘ eshigiga yetishganda, qari oshpaz xotin ro‘paralari-
dan chiqib qoldi. Kampir: 
— Sizlarga ketayotuvdim, kichik xonimlar, — dedi.— Beylar izvosh olib kelishdi, sizni 
kutib turishibdi. 
Azizbey bilan Komron ularni ikkinchi qavat dahlizida kutib olishdi. Azizbey qo‘li bilan 
uyga ishora qilib: 
— Ikkita bemavrid mehmon keldi, shovqin qilmanglar, — dedi. Keyin Faridani boshi-
dan-oyog‘igacha suzib chiqdi. — Bu nimasi, kichik xonim, qora terga tushib ketibsan?! 
Azizbey kulimsirab, Faridaga yaqin keldi, iyagidan ushlab ko‘zlariga tikildi. 
Kema kelishga keldi-yu, lekin senga foydasi yo‘q. Ering javob bermayapti, — dedi. 
Farida bir qadam orqaga tashlandi, hayratidan ko‘zlari olaydi. 
— Pochcha, nima deyapsiz! 
Azizbey barmog‘i bilan Komronga ishora qildi. 
— Mana ering, qizim, mening daxlim yo‘q, — dedi. 
Farida voylab yuzini to‘sdi. Yiqilib ketishi mumkin edi, biroq allakimning qo‘li bilagidan 
ushlab qoldi. Farida ko‘zlarini ochib qaradi: oldida Komron turardi. 
Azizbey shodiyona bir qahqaha bilan: 
— Ey, xayriyat, axiri qafasga tushdingmi, Choliqushi? Qani, tipirchilab boq-chi, bir 
ko‘ray, qani, tipirchilab boq-chi! Qani, ko‘raylik-chi, foydasi bormikan?— dedi. 
Farida yuzini to‘sishga harakat qilsa ham, bilagini Komrondan qutqazolmas, boshini 
berkitishga urinsa ham, Komronning ko‘ksi va yelkasidan boshqa yerni topolmas edi. 
Azizbey yana boyagi qahqaha bilan: 
— Atrofingdagilar senga tuzoq qurishdi, Choliqushi, — dedi. — Siringni mana shu xoin 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling