Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 Chorasiz bir zarurat boshimga tushdi. Hazil-mutoyiba qilib: — Xonim afandi yana erta tegdilarmi? — deb so‘radim. — Qaysi xonim afandi? — Sizga xat yozgan xonim. Narimon xonim. Mehmon o‘rniga Najmiya javob berdi: — Voy, xabaring yo‘qmi? Qachonlariyu... Narimon bitta injenerga tekkan... Besh-olti oydan beri eri bilan Izmirda turadi... “Bu gal zora baxtli bo‘lsa, bechora...” degan tilakni men ham uchinchi marta takror- lab, kuchukchani quchog‘imga oldim-u, tashqariga pirillab chiqib ketdim. Lekin hovuzga bormadim: chetanlar, bog‘ to‘siqlari ustidan sakrab o‘tib, bog‘ atrofida gir aylana boshla- dim. * * * O‘sha yoz sayohatga chiqdim. Uzoqqa emas, Taqirdog‘iga... Ma’lumki, xudo menga xolalardan mo‘lroq narsa bermagan. Shulardan biri ham Taqirdog‘ida. Eri Aziz pochcham xolamga uylangandan beri o‘sha yerda dehqonchilik qiladi. Mujgon degan mendan uch yosh katta qizlari ham bor. Qarindoshlarimning bolalari ichida hammasidan ko‘proq o‘shani yaxshi ko‘raman. Mujgon xunuk qiz. Lekin men bunga parvo qilmayman. Oramizda uch yosh farq bo‘li- shiga qaramay, men uni yoshligimdan beri katta opam o‘rnidan ko‘rib, o‘rganib qolgan- man. Hozir farqimiz juda kamayib qolgan bo‘lsa ham, hamon unga avvalgiday qarab “opa” deb gapiraman. Mujgon opam mening tamom aksim. Men qanchalik sho‘x, qanchalik olov bo‘lsam, u shunchalik og‘ir, vazmin. Buning ustiga sal zug‘mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bit- ta shuning o‘zi desam bo‘ladi. Ba’zan nasihatlariga parvo qilmay, xohishlariga qarshi chiqsam hamki, yana bo‘ysunishga to‘g‘ri keladi. Nega? O‘zim ham hayronman. Odam bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom, o‘shanga qul bo‘lib qoladi. Mujgon Oysha xolam bilan birga necha yilda bir marta Istambulga kelar, bir necha hafta chorbog‘da qolar, yo boshqa xolalarimnikida mehmon bo‘lar edi. O‘sha yoz Taqirdog‘idan meni chaqirib xat keldi. Oysha xolam Basima xolamga yozgan xatida: “Sizdan-ku umidim yo‘g‘-a, lekin Faridani yozgi kanikulida, albatta, yuborsangiz, hech bo‘lmasa ikki oygina turib ketsa, kutamiz. Bilasiz-ku, biz ham xola- miz. Kelmasa, pochchasi ham, men ham, Mujgon ham juda qattiq xafa bo‘la- miz”, — debdi. Basima xolam, Najmiya Taqirdog‘ini dunyoning bir burchagida deb hisoblashar, olis yulduzlarga qaraganday ko‘zlarini suzishib: “Bo‘lmagan gap! Shuncha joyga qanday bo- rib bo‘ladi?” — deb vahima qilishardi. Men yasama bir hurmat bilan huzurlarida egilib: — Ijozat bersalaringiz, u yerning borib bo‘lmaydigan joy emasligini isbot qilish zahmatini bo‘ynimga olsam, — dedim. Dugonalarim orasida yozgi kanikul kunlarida oilalari bilan birga sayohatga chiqadigan- lar va qaytgandan keyin bizga og‘iz ko‘pirtirib maqtanadiganlar bo‘lardi. Demak, maktab ochilganda bizga ham mundoq qadni ko‘tarib gapirish imkoni tug‘iladi. Bulturgi sevgi savdosiga bu yil sayohat hikoyasi qo‘shilsa bormi, ajoyib dabdaba bo‘lar edi. Qani endi men ham portfelimni qo‘limga olsam-u, romanlarda yozilgan amerikalik qizlar singari yakka o‘zim kemaga tushib jo‘nab qolsam. Lekin xolalarim bu orzumni vahimali chinqiriq bilan qarshilab, yonimga bitta odam olmasdan yo‘lga chiqishimga rozi bo‘lmadilar. Shunda ham: “Qorong‘ida panjaradan dengizga qarama... Kema zinapoyala- ridan yugurib tushma” kabi og‘ir nasihatlari bilan ta’bimni rosa tirriq qilishdi, go‘yo Taqirdoqqa qatnaydigan tog‘oraday paroxodning Transatlantika kemalari singari sakson |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling