O’zim keldimmi? So’rayman undan, gapiga parvo qilmay
Download 20.36 Kb.
|
hikoya
Men u bilan doim o’zimni kamsitilgandek his qilaman. Undan nafratlanaman lekin yonimda ekanligida bu xavotir va nafrat qayergadir g’oyib bo’ladi. Menga ehtiros bilan termulishlariga dosh berolmay, zumda qo’yniga kirib ketaman. Hech narsani o’ylamay unga bor moyilligimni ko’rsatgim keladi. G’alati his… Biroq, u hech qachon meni tushunmagan, va misqollab yig’gan bilimlarimning qadriga yetmaydi deb hisoblayman. Xa, u bilan faqat sevishish va ko’ngilxushlik qilish mumkin xolos. Uni kelajakda hech qachon erim bo’lishini, bir umr kamsitilib, mute bo’lib yashashni xohlamayman. Undagi yoniq ehtiros meni o’ziga chorlaydi, atigi bir muddatga uni inkor qilolmayman. Atigi bir muddat… ** *
Ancha vaqtgacha shiftga termulib, nimalar bo’lyotganini idrok qilishga harakat qildim. Yo’q, sababi boshim shunaqangi yomon og’riyaptiki, yaqinda miya tomirlarim ichida bomba portlagandek go’yo… Qayerda ekanligimni anglashga harakat qilishimni bilaman, Sabina budilnigini stol yoniga kelib o’chirdi. (Odatda u uxlashdan oldin telefon budilnigini tog’irlab uzoqroq joyga yoki balandroq joyga qo’yib uxlaydi. Bu odat menga ham yuqqan, sababi telefon yonginamda budilnik chalsa, “bekor qilish” tugmasini bosaman-u yana uyquni uraman) Va menga qichiq gap tashlaydi. -Bo’kib ichganingdan, vazning suv bilan ortib ketibdimi deyman, gavdangni ham ko’tarolmay qolibsan? - o’zim keldimmi? So’rayman undan, gapiga parvo qilmay. - albatta o’zing, nima o’sha “xushtoring” senga qayg’uradi deb o’ylaysanmi? - qo’ysangchi Sabin, bunaqa kesatiq gaplaringni hech yo’q o’ziga qayg’uradi, har holda senga-menga qaraganda yashashni qoyilatadi… -bo’pti, joynamoz topib chiqaymi yo mendan keyin o’qiysanmi? -yo’q, bugun o’qigim yo’q. U chiqib ketadi, xonada yolg’iz qolaman. Hayotda ma’nisiz ishlar bilan shug’ullanish uchun hammada yetarli vaqt bor. Har bir inson o’z ustuvorliklarini tog’ri belgilab, o’z hayotining tuzilishi bilan shug’ullanadi. Hayot qiziqish bilan bo’ladimi yoki odatiy bo’ladimi, bu har kimning tanlovi. Ammo kimdir uchun bu g’ayrioddiy tanlov “yuqoriga”, uzoq kelajakka , kimdir “pastga”, ehtimol hayot ma’nosining yo’qolishiga, Xudoga bo’lgan ishonchning yo’qolishiga olib keladi… Yaqin bir oydan buyon nima uchun namoz o’qiyotganimni ham to’liq anglamayman. Bu xuddi men uchun kunda besh mahal badantarbiya qilishdek gap. Dastlab odat bo’lgan bo’lsa, keyinchalik bu odatlarim zaruratga aylangandek go’yo… Biroq shu mashg’ulot bilan shug’ullanmasam ham ichim oldingidek qorong’ulashib ketyotgani yo’q. -sabina, trimolmi, kyupenmi topiladimi aptechkangda? So’rayman, endigina xonaga kirib, joyi va xonani tartibga keltirayotgan dugonamdan. -xa hozir qarab beraman… kamroq ichsang nima qiladi a duggi, tashla shu zormandangni, kamiga qiz bolasan -dorini topib ber… O’rnimdan turib, joyimni tuzatishga harakat qilaman. Boshim shunaqangi og’riyaptiki, yo’q bu og’riq ham emas, nazarimda bo’ynim ustida 50 kglimli qop turibdi. Dorini ichib, Sabinaga “Xayrli kun” tilab ko’chaga taraddudlanaman. Dugonamning gaplari qulog’imga kirmaydi, uning og’iz harakatlari va kuyunib ko’zlarini pirpiratishlaridan “Odobnoma”dan ma’ruza o’qiyotganligi aniq. -xop, asalim, xavotir olma… bag’rimga bosardim-u quchog’im halolmas deb kulaman va sekin o’rimdan turib, o’sha qadrdon tepalikka yo’l olaman. Ona, tuproqqa yiglayman, ichimda ro’y berayotgan jarayon-u isyonlarga kurashda mag’lub bo’layotganligim meni xarob qiladi. Hozir yashayotgan hayotimdan to’liq lazzat ololmayotganim alam qiladi… Qay mahalgacha bu yerda o’tirdim anglamayman, bexos jiringlagan telofonimga javob beraman. Beixtiyor “U”ning iliq ovozi qulog’imga yoqimli shabadadek uriladi. Aloqa tugaydi. Yuzimga tabassum yuguradi. Ichimni nima uchun namoz o’qib yurganimni idrok qilolmaganim yang’lig’ anglamsiz bir tuyg’u qamrab oladi. *** Men undan qancha nafratlansam ana shuncha sevaman…. Download 20.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling