Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/242
Sana02.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#183942
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   242
Bog'liq
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
qarab urib ketdim, yo‘l bo‘yi chirqirab, dod solib bordim. 
Xudo o‘zi yorlaqadi-yu, ertalabdan beri ish bilan band bo‘lgan tikuvchi xonim shogirdi 
Dilbar xalfa* bilan hovliga dam olgani chiqib kelayotgan ekan. Yo‘l chetida ularga 
to‘qnash keldim-u “kelyapti!” deb bo‘yinlariga osildim, orqalariga yashirindim. 
Dilbar xalfa oshpaz chovlisiga qo‘llarini ko‘tarib: 
— Bu nimasi, oshpaz, jinni-minni bo‘ldingmi? Axir bu kelin xonim-ku! — deb o‘shqirdi. 
Boshqa payt bo‘lsa, bu so‘z uchun Dilbar xalfani albatta yulib olardim. Lekin shu 
qadar qo‘rqib ketgan edimki, o‘zim ham bilmay unga qo‘shilib: 
— Xudo haqqi, men kelin jonimman, oshpaz! — deya chinqirdim. 
Men bu oshpaz singari jinni, g‘ayri odamni ko‘rgan emasman. Oshpaz Dilbar xalfa bi-
lan tikuvchi xonimning so‘zlariga bir oz ishonmay turdi. “Yo‘q, bunaqa bezori kelin 
bo‘lmaydi. Unday bo‘lsa, menga yangi shim olib berasan. Buni qara, shimning tizzasini 
yirtding!” dedi. 
Bechora yiqilganda burnini ham yara qilib olibdi. Lekin, baraka topkur, burnimni ham 
to‘laysan, deb turib olmadi. 
Yashirib ketishga qilgan harakatlarimga qaramay, bu komediya hammaning qulog‘iga 
yetdi va har gal ovqat ustida menga qarab-qarab qo‘yish odat tusiga kirdi. 
 
* * * 
To‘yga uch kun qolgan edi. Yana har kuni kechki payt o‘sha mash’um hovli eshigida, 
bolalar bilan arqondan sakrashib o‘ynab yurganimda yangi bir hujumga uchradim. Lekin 
bu safargi hujum meni oshpaz qo‘lidan qutqazishga harakat etgan tikuvchi xonimdan 
bo‘ldi.  
O‘ttiz yilchadan beri chorbog‘da kiyim tikib kelgan bu frantsuz xonim oltmish yoshli, 
ko‘zoynakli qari qiz edi. U dunyoning eng nozik, eng shirin muomalali ayollaridan bo‘li-
shiga qaramay, shu oqshom u ham menga olov purkadi: 
— Kechirasiz, madmazel, bir necha kundan keyin sizni madam, deb atay boshlaymiz. 
Shu ishingiz to‘g‘rimi? Kiyimingizni oxirgi marta o‘lchab ko‘rish uchun sizni yarim soat-
dan beri axtaraman-a, — dedi. 
Eng yomoni — Basima xolamning u bilan birga kelgani bo‘ldi. Xo‘mrayib turishidan, 
janjal chiqquday bo‘lsa tikuvchining yonini olishi aniq edi.   
— Pardon, madmazel, shu yerda edim, ko‘p afsus, axtarganingizni bilmabman, — de-
dim. 
Xolam indamay turolmadi. Meni yo‘lga solmoqchi bo‘lganda, har vaqt iyagimdan ush-
lab silar edi, hozir ham shunday qila turib: 
— Aylanay bolam, hozir sening ovozingni, qahqahalaringni birov eshitmasligi kerak-
ku, — dedi. — Uch kundan keyin ham chaqirgan mehmonlarimiz orasida yana shunday 
qilmasayding, deb qo‘rqaman. 
Harvaqt bebosh, qo‘rs ko‘ringanimga qaramay, o‘sha kunlar qorishiq hayajonlar chan-
galida talpingan va erkalanish, muloyim bo‘lish ehtiyoji bilan yurak-bag‘rim ezilib yurgan 
kunlarim edi. 
Iyagimni xolamning qo‘lidan chiqarmay, etagimni barmoqlarim bilan ikki yonidan ush-
ladim-da, yengilgina reverans qilib, tizzalarimni bukdim. 
— Xafa bo‘lmang, xola, — dedim, — ko‘p emas, faqat uch kungina yana tishingizin ti-
shingizga qo‘yib turing. Ana undan keyin siz menga xola emas, boshqa ismli, boshqa si-
fatli kishi bo‘lasiz. Choliqushi xolasiga qilgan sho‘xligini Farida u xonim afandiga qilol-
maydi. Ha, bunga jur’at etolmaydi, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. 
Xolamning ko‘zlariga yosh chiqdi, betlarimdan cho‘lp-cho‘lp o‘pib: 
— Hamisha onang o‘rnida edim, yana shunday bo‘lib qolaman, Faridam, — dedi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling