Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 Bir, ikki, uch, to‘rt yilni barmoqlarim bilan shu qadar oson sanardimki... * * * Bir oydan so‘ng Komronni G‘alata limanida kemaga o‘tqazdik. Uni Yevropa sayohatiga tashviq etganim uchun qarindoshlarimning hammasi meni tabrik qildi. Faqat Mujgongina xursand bo‘lmadi. Taqirdog‘idan menga yozgan xatida: “Yaxshi ish qilmabsan, Farida. Rozi bo‘lmasliging kerak edi. Eng yaxshi vaqtlaringizni ayriliqda o‘tkazishdan nima ma’no bor? To‘rt yil darrov o‘tib ketadigan vaqtmi?” debdi. Lekin bu to‘rt yil Mujgon qo‘rqqanidan ancha tez o‘tdi. Komron pensiyaga chiqqan amakisi bilan Istambulga butunlay qaytib kelganda, mak- tabni bitirib chiqqanimga bir oy bo‘lgan edi. Maktabdan chiqish! Men u yerda yashab turgan paytlarimda bu olaqorong‘i binoga kaptarxona, deb ot qo‘ygan edim. Qo‘limda yaxshimi-yomonmi bir diplom bilan o‘zimni tashqariga otadigan kunimning men uchun qutulish bayrami bo‘lishini aytib yurardim. Lekin kunlarning birida kaptarxona eshigi ochilganda, o‘zimni, bo‘yimni birmuncha uzay- tirgan qora chorshaf, baland poshna tuflilar bilan ko‘chaga chiqqanimda butunlay gangib qoldim. Buning ustiga xolam ham chorbog‘da to‘y taraddudini boshlab yubordi. Bu narsa meni tamoman shoshirib qo‘ydi. Chorbog‘ bo‘yoqchilar, duradgorlar, bichiqchilar va uzoq yerlardan yotadigan bo‘lib kelgan qarindoshlar bilan goh to‘lib, goh bo‘shardi. Har kim o‘ziga yarasha biron ish bi- lan band edi. Ular hozirdan taklifnoma yozish, kamu ko‘stlarni sotib olish uchun bozorga qatnash, kiyim tikish bilan mashg‘ul. Men shoshib qolganimdan ishbuzarmonlik qilardim. Biron ishga qo‘l urish u yoqda tursin, boshqalarning ishiga xalal beradigan har xil bema- zagarchiliklar qilardim. Menda so‘nggi telbalik xuruji boshlangan edi. Burungiday mehmonlarning bolalarini tevaragimga to‘plab, chorbog‘ni boshimga ko‘tarardim. Hamma yerdagi singari oshxonada ham remont, bo‘yoq ishlari borardi. Shuning uchun yangi oshpaz qozon-tovoqlarini hovlining to‘riga qurilgan chaylaga ko‘chirib, ovqatni ochiqda pishira boshlagan edi. Bir kuni kechga yaqin oshpazning chayla oldida varaqi pishirayotganini ko‘rdim. Shu on miyamga bitta shaytonlik keldi. — Bolalar, — dedim, — sizlar shu bostirmalarning orqasiga o‘tib, bekinib turinglar. To- vushlaringni chiqarmanglar. Men sizlarga varaqi o‘g‘irlab keltiraman. Besh minut ham o‘tar-o‘tmas qo‘limda bir tovoq varaqi bilan kichkina o‘rtoqlarim yoniga qaytib keldim. Bolalarga tegishlarini berib, hammasini hovlining burchak-burchagiga tarqatib yubor- ganim va tovoqni bostirmaga berkitib qo‘yganim, xayriyatamki, yaxshi bo‘lgan ekan. Le- kin bu narsaning oqibatini, oshpaz varaqilarni yo‘qolganini bilgandan so‘ng g‘azabi qay- nab, zir yugurishini xayolimga keltirmagan edim. Bir ozdan so‘ng oshxona chaylasi oldida qiyomat qo‘pti. Oshpaz: “Kim o‘g‘irlagan bo‘lsa ham jonini bo‘g‘izidan sug‘urib olaman!” — deb qichqira boshladi. Bolalarning yuragi chiqib ketdi. Ular mening so‘zimga ham quloq solishmay qochib berishdi. Qochib, shubhasiz, yaxshi qilishdi. Chunki birpasdan keyin oshpaz bizni bilib qoldi-yu, qo‘lidagi chovlisini tayoqday silkitib ustimizga bostirib kelaverdi. Rasvo odam bolalar orasida kattasi men ekanimni ko‘rdi deguncha ularni qo‘yib, meni quvib ketdi. Yugurib kelayotib yo‘lda gursillab yiqilgandan so‘ng battar jahli chiqib ketdi. Oshpaz yangi, meni tanimaydi, shuning uchun ahvolim mushkul edi. Qo‘lga tushgu- day bo‘lsam, o‘zimning kimligimni tushuntirguncha, hech bo‘lmasa ikki marta chovli zar- bini yeyishim, sharmanda bo‘lishim turgan gap. Chorbog‘ tomonga chap berishning iloji bo‘lmagandan keyin chor-nochor ko‘chaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling