Microsoft Word Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash
Download 16.1 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash
Mavzu: Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash Ishdan maqsad. Cisco routerlarida statik marshrutlashni sozlash ko`nikmalariga ega bo`lish. Nazariy qism Router tarmoqlar o`rtasida tarmoq paketlarini yo`naltiruvchi qurilma hisoblanadi. Router paketni boshqa tarmoqqa yo`naltirishi uchun, u aynan o`sha router tarmoqlari haqida ma`lumotga ega bo`lishi kerak. Aks holda router paketni yo`naltirishi lozim bo`lgan tarmoqqa yo`naltira olmaydi. Routerlarda marshrutlashni ikki xil usul orqali amalga oshiriladi. Static marshrutlash; dinamik marshrutlash. Statik marshrutlash paketlarni qo`lda ko`rsatilgan yo`nalishlar orqali bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa yo`naltiradi. Statik marshrutlashning quyidagi afzalliklari mavjud: routerdan resurs (operativ xotiradan, protsessordan, kesh xotiradan) talab qilmaydi; xavfsizlik,ya’ni paketni aynan lozim bo`lgan kanaldan o`tkazishda. Kamchiligi: agar router soni oshib ketadigan bo`lsa, mutaxassisdan yuqori malaka talab qiladi; tarmoqdagi tezlik miqdori tushiradi; tarmoqdagi biron bir routerga yoki qurilmaga masofadan boshqarish protokollari (ssh/telnet)orqali ulanganimizda qotish alomatlari kuzatiladi. Ishni bajarish tartibi 1. Cisco packet tracer dasturi ishga tushiriladi. 2. Laboratoriya ishi uchun bizga 2621XM versiyadagi router kerak bo’ladi. 3. Quyida keltirilgan topologiya quriladi. 4. Qurilgan topologiya testlab ko`riladi. 1. ROUTER_1 ga quyida buyruqlar ketma ketligi kiritiladi. continue with configuration dialog? [yes/no]: no Router>enable Router#conf t Router(config)#int fa 0/0 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 192.168.2.1 255.255.255.0 Router(config-if)#exit Router(config)#int fa 0/1 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 1.1.1.1 255.255.255.252 Router(config)#ip dhcp pool vl2 Router(dhcp-config)#network 192.168.2.0 255.255.255.0 Router(dhcp-config)#default-router 192.168.2.1 Router(dhcp-config)#exit Router(config)#ip route 192.168.3.0 255.255.255.0 1.1.1.2 (statik marshrutlashni sozlash buyrug`i) 2. ROUTER_2 ga kiritiladigan buyruqlar ketma-ketligi: continue with configuration dialog? [yes/no]: no Router>enable Router#conf t Router(config)#int fa 0/0 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 192.168.3.1 255.255.255.0 Router(config-if)#exit Router(config)#int fa 0/1 Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)#ip address 1.1.1.2 255.255.255.252 Router(config)#ip dhcp pool vl3 Router(dhcp-config)#network 192.168. 3 .0 255.255.255.0 Router(dhcp-config)#default-router 192.168. 3 .1 Router(dhcp-config)#exit Router(config)#ip route 192.168.2.0 255.255.255.0 1.1.1.1 (statik marshrutlashni sozlash buyrug`i) 3. Bajarilgan ishni testlab ko`rish uchun PC2 kompyuterdan PC1 kompyuterga xabar jo`natib ko`ramiz. 4. Routerlar o`rtasida aloqa ta`minlanganini simulyatsiya rejimida ko`rish mumkin. Topshiriq Statik marshrutlashni afzallik va kamchiliklarini, qurish usullarini tahlil qiling. Download 16.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling