8-Ma'ruza. O’rna


Download 234.72 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi234.72 Kb.
#1586052
  1   2
Bog'liq
8-maruza o\'rnatilgan tizim


8-Ma'ruza. O’rnatilgan tizimlarning kiritish-chiqarish interfeyslari

Reja:
1. Mikrokontroller tizimining magistrali, uzilish kontrolleri


2. Kiritish-chiqarish qurilma kontrollerlari
3. Kiritish-chiqarishning apparatli interfeyslari
4. O’rnatilgan tizimlarning tarmoq interfeyslari.
Tayanch iboralar: kiritish/chiqarish komponentlari, ichki interfeys, tashqi
interfeyslar, elektr, mantiqiy va texnologik aloqalarlar, shina, tizimli shina.

Kiritish/chiqarish(k/ch) komponentlari o’rnatilgan tizim platalariga ulangan kiritish/chiqarish qurilmalariga axborotni jo’natish va ulardan axborotlarni qabul qilib olishga javobgandir. K/Ch platasi, kiritish qurilmalaridan etakchi protsessorga ma’lumotlarni keltirish uchun mo’ljallangan. K/Ch platasi etakchi protsessordan axborotlarni olib chiqarish qurilmasiga etqazuvchi, chiqish komponentidan yoki ikkalasini ham vazifasini bir paytda bajaruvchi komponentdan tashkil topgan bo’ladi. (rasm 8.1)


Har qanday elektromexanik tizim, xox u o’rnatilgan va o’rnatilmagan tizim bo’ladimi, yoki an’anaviy yoki an’naviy bo’lmagan tizim bo’ladimi o’rnatilgan tizim platasiga o’lanishi va k/ch qurilmasi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.

8.1-rasm. Fon Neyman arxitekturasiga asoslangan kiritish/chiqarish
blok-sxemasi.
Kiritish/chiqarish yuqori darajali guruh bo’lib, chiqarish qurilmalari

47



kichik guruh ostilariga, kiritish qurilmalari kichik guruh ostilariga va ikkala
kiritish/chiqarish qurilmalar kichik guruh ostilariga bo’linishi mumkin.
Chiqaruvchi qurilma k/ch platasidan ma’lumotlarni qabul qilib olib, qaysidir ma’noda printerlarga, disklarga yoki monitorlarga yoki yonib o’chuvchi LED chiroqlariga, inson ko’rishi uchun uzatadi. Sichqoncha, klaviatura yoki boshqaruv pulti kabi kiritish qurilmasi k/ch komponentlariga ma’lumotni uzatadi. Ba’zi kuch qurilmalari ikkala vazifani bir paytda bajaradi, masalan: tarmoq qurilmasi ma’lumotni internetdar qabul qilib va jo’natishi mumkin. Kiritish/chiqarish qurilmasi o’rnatilgan plataga klaviatura yoki masofaviy boshqaruv pulti kabi simli yoki simsiz ma’lumot uzatish muhiti orqali ulanishi mumkin yoki LED chiroqlari kabi o’rnatilgan plataning o’zida joylashgan bo’ladi.
Kiritish va chiqarishning asosiy vazifasi kompyuterning asosiy hisoblash yadrosini o’zaro aloqasini ta’minlashdir, ya’ni turli ishlash tamoyilga asoslangan protsessor va asosiy xotiraning ma’lumotlar formati va tezkor tashqi kiritish, uzatish, yuzaga chiqarish, saqlash va axborotlarni registratsiyalash o’rtasida.
Kiritish chiqarish protsedurasi ichki interfeys (katta) tashqi qurilma va
protsessor xotira aloqasini ta’minlaydigan, tug’ridan to’g’ri periferik qurilmalarga ulanadigan tashqi interfeyslar(kichik)dan tashkil topgan modullar yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar registrida, tashqi qurilmalar tezkorligi farqini bartaraf qilish maqsadida, modulga va undan uzatiladigan ma’lumotlar buferlanadi. Ma’lumotlar registri razryadliligi katta interfeys tomonidan shina kengligi bilan mos tushadi, bu odatda 2,4,8 bayt. Tashqi qurilmalar interfeysi odatda baytli (pobaytno), shuning uchun unda qadoqlash/ochish tugunlari mavjud. TQ soniga qarab ma’lumotlar registri bir nechta bo’lishi mumkin.
Boshqaruv registri modulni Tashqi qurilmalar bilan o’z aro buyruqlarini aniqlaydi (registrni tozalash, TQ dastlabki holati, o’qishni boshiga qaytish, yozishni boshiqa qaytish). Har bir modul uchun adreslash muhitida (birlashgan yoki taqsimlangan operativ xotirali) adeslar guruhi ajratiladi. Adreslar selektor orqali to’g’riligiga tekshiriladi va Deshifrator orqali tegishli tashqi qurilma
48

tanlanadi. Boshqaruv qurilmasi barcha qurilmalarni boshqarish va


koordinatsiyalash vazifasini bajaradi.
Tashqi interfeys tomonidan kiritish/chiqarish moduli tuzilishi o’ziga xosdir, chunki barcha Tashqi qurilmalar o’ziga xos protokollar va interfes tugunlariga ega. Kiritish/chiqarish moduli tarmoq orqali ma’lumot almashinuvida juda muhim o’rin egallaydi, tegishli portla kontrolleri orqali intensiv tarzda ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi. Shundan kelib chiqib kiritish/chiqarish moduli funktsiyalarini quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

Ma’lumotlarni adresli uzatish(pereso’lka);


Almashinishni boshqarish va sinxronlash;
Ma’lumotlar almashinuvi;
Xatoliklarni aniqlash.
Oldinroq ko’rib o’tilgan kompyuter asosiy qismlari va bloklari o’rtasidagi
o’z aro almashinish qoidari ular orasida elektr, mantiqiy va texnologik
aloqalarlar asosida amalga oshiriladi.
Bu aloqalarning bir qismi, protsessor elementlari AMQ, UmRegistr, boshqarish qismi, kiritish/chiqarish moduli va KEShlar o’tasida o’zaro aloqani ta’minlovchi, protsessor ichki shinasi (ma’lumot shinasi, adres shinasi, boshqaruv shinasi) ko’rinishida taqdim etiladi.
Bu protsessor qismlari o’rtasida buyruqlarni, bo’linuvchilarni va boshqaruv signalini uzatuvchi elektr uzatuvchidir. Texnologik jixatdan ular protsessor kristalli(chip) ichida joylashgan bo’lib, kiritish/chiqarish moduli orqali kompyuter konstruvtiv komponentlarga (asosiy plata) chiqishga egadir. Qo’rsatib o’tilga shinalar kam sonli aloqa liniyalari va yuqori taktli chastotalari bilan faqlanib turadi.
Ammo kompyuterlarda bundan tashqari ko’pgina axborot oqimlari:
pereferik qurilmalar adresi, ichki va tashqi boshqaruv signali va h.k. mavjud.
Ular elektr axborot darajasida protsessor va asosiy xotirani boshqa
kompyuter funktsional qurilmalar bilan bog’lashga xizmat qiladi. Protsessor ichki
49


shinasidan farqli umumiy shinalar ko’proq uzunlikga, yuboriladigan signallar
diapazoni kengligi va aloqa liniyalari soni ko’pligi bilan farqlanadi.

Download 234.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling