Microsoft Word Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash


Download 16.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi16.1 Kb.
#1817642
Bog'liq
2. Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash



Mavzu: Cisco routerida statik marshrutlashni sozlash 
Ishdan maqsad. Cisco routerlarida statik marshrutlashni sozlash 
ko`nikmalariga ega bo`lish. 
Nazariy qism 
Router tarmoqlar o`rtasida tarmoq paketlarini yo`naltiruvchi qurilma 
hisoblanadi. Router paketni boshqa tarmoqqa yo`naltirishi uchun, u aynan 
o`sha router tarmoqlari haqida ma`lumotga ega bo`lishi kerak. Aks holda 
router paketni yo`naltirishi lozim bo`lgan tarmoqqa yo`naltira olmaydi. 
Routerlarda marshrutlashni ikki xil usul orqali amalga oshiriladi. 
 
Static marshrutlash; 
 
dinamik marshrutlash. 
Statik marshrutlash paketlarni qo`lda ko`rsatilgan yo`nalishlar orqali bir 
tarmoqdan boshqa tarmoqqa yo`naltiradi. 
Statik marshrutlashning quyidagi afzalliklari mavjud: 
 
routerdan resurs (operativ xotiradan, protsessordan, kesh 
xotiradan) talab qilmaydi; 
 
xavfsizlik,ya’ni paketni aynan lozim bo`lgan kanaldan 
o`tkazishda. 
Kamchiligi: 
 
agar router soni oshib ketadigan bo`lsa, mutaxassisdan yuqori 
malaka talab qiladi; 
 
tarmoqdagi tezlik miqdori tushiradi; 
 
tarmoqdagi biron bir routerga yoki qurilmaga masofadan 
boshqarish protokollari (ssh/telnet)orqali ulanganimizda qotish alomatlari 
kuzatiladi.
Ishni bajarish tartibi 
1. 
Cisco packet tracer dasturi ishga tushiriladi. 
2. 
Laboratoriya ishi uchun bizga 2621XM versiyadagi router kerak 
bo’ladi. 
3. 
Quyida keltirilgan topologiya quriladi. 
4. 
Qurilgan topologiya testlab ko`riladi. 


1. 
ROUTER_1 ga quyida buyruqlar ketma ketligi kiritiladi. 
continue with configuration dialog? [yes/no]: no 
Router>enable
Router#conf t 
Router(config)#int fa 0/0 
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#ip address 192.168.2.1 255.255.255.0 
Router(config-if)#exit 
Router(config)#int fa 0/1 
Router(config-if)#no shutdown 
Router(config-if)#ip address 1.1.1.1 255.255.255.252 
Router(config)#ip dhcp pool vl2 
Router(dhcp-config)#network 192.168.2.0 255.255.255.0 
Router(dhcp-config)#default-router 192.168.2.1 
Router(dhcp-config)#exit 
Router(config)#ip route 192.168.3.0 255.255.255.0 1.1.1.2
(statik 
marshrutlashni sozlash buyrug`i) 
2. 
ROUTER_2 ga kiritiladigan buyruqlar ketma-ketligi: 
continue with configuration dialog? [yes/no]: no 


Router>enable
Router#conf t 
Router(config)#int fa 0/0 
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#ip address 192.168.3.1 255.255.255.0 
Router(config-if)#exit 
Router(config)#int fa 0/1 
Router(config-if)#no shutdown 
Router(config-if)#ip address 1.1.1.2 255.255.255.252 
Router(config)#ip dhcp pool vl3 
Router(dhcp-config)#network 192.168.
3
.0 255.255.255.0 
Router(dhcp-config)#default-router 192.168.
3
.1 
Router(dhcp-config)#exit 
Router(config)#ip route 192.168.2.0 255.255.255.0 1.1.1.1 (statik 
marshrutlashni sozlash buyrug`i) 
3.
Bajarilgan ishni testlab ko`rish uchun PC2 kompyuterdan PC1
kompyuterga xabar jo`natib ko`ramiz. 


4. 
Routerlar o`rtasida aloqa ta`minlanganini simulyatsiya rejimida 
ko`rish mumkin. 
Topshiriq
Statik marshrutlashni afzallik va kamchiliklarini, qurish usullarini tahlil 
qiling.

Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling