Microsoft Word daftar hoshiyasi ziyouz com doc


Oshkoralik  Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi.  Xavfli odam


Download 108.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana22.07.2023
Hajmi108.46 Kb.
#1661843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Daftar hoshiyasidagi bitiklar. [O’tkir Hoshimov]

Oshkoralik 
Oshkoralik shunday daraxtki, uning mevasini eng avval chinqiroq maymunlar yeydi. 
Xavfli odam 
Yaxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko’rinishga urinadigan odam eng xavfli 
odamdir! 
Inson va shayton 
Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, “bilmay qoldim, shayton 
yo’ldanurdi”, deydi... To’g’ri, odamzot qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi-bor gap. 
Ammo.. Shunaqangi erkaklar borki, qirqta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. 
Shunaqangi ayollar borki, qirqta erkak shaytonni aliment to’laydigan qilib qo’yadi... 
Hamma aybni shayton sho’rlikka to’nkayvermang! 
Ayol qalbi 
Ayol qalbi teskari magnitga o’xshaydi: yaqinlashsang-uzoqlashadi, uzoqlashsang-
yaqinlashadi. 
Hushyor bo’ling 
Ayol sizni juda qattiq sevsa, hushyor bo’ling. Otashin muhabbat-rashkka, rashk- 
shubhaga, shubha-xudbinlikka, xudbinlik-dushmanlikka aylanishi mumkin. 
Go’dak isi 
Ayol go’dak isini birinchi farzandi tug’ilganidayoq his etadi. Erkak esa go’dak isi 
nimaligini nevarali bo’lganidan keyin anglaydi!... Biz-erkaklar doim kechikib yuramiz… 
Otalar va bolalar 
U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To’rt qiz, uch o’g’ilni oyoqqa turg’azdi. 
O’g’illarini uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi. 
Ko’z yumayotganida “hammalaringdan mingdan-ming roziman”, dedi... 
Qarashsa, kafanligi yo’q ekan… 
Gumroh bandalar 
Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni tekinga aytmaydi-da
ular o’lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib 
qo’yadi... 
Kulgi va yig’i 
Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig’lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa 
baxtsiz! 
Asl aynimas 
Sopol tovog’ing sinsa, dod sol: kesakka aylanadi. Tilla idishing sinsa, parvo qilma: 
bahosi tushmaydi! 


Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov 

Download 108.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling