Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
37 bajonidil suhbat qurar, ularda «arxeologiyaga nisbatan mehr uyg‘otyapman», deb o‘ylar edi. Davron qish bo‘yi maktabda muallimlik qildi. Tarix o‘rniga ba’zan arxeologiyadan saboq berib, programmadan chetga chiqqani uchun ma’muriyat tanbehini ham eshitdi. O‘quvchilarini safarbar etib, maktabda mo‘’jazgina tarix-arxeologiya muzeyi tashkil etgach, bu tanbehlar yuvilib ketdi. O‘zi istamagan ko‘ngilsiz safarda yurgan kishi kun o‘tishini sabrsizlik bilan kutgani kabi Davron bahorni benihoya qo‘msardi. Havoning yurishib ketishidan, dalani bosib yotgan tizza bo‘yi qorning erishidan esa darak yo‘q. Avvallari bunday kezlarda u shaharda bo‘lardi. Yoz bo‘yi qilingan ishlarning yakuni fandagi yangiliklar bilan tanishish, turli majlislar, do‘stlar davrasi va shu kabilar bilan ovora bo‘lib qishning o‘tganini sezmas edi. Bu yerda esa... Kunning birinchi yarmi maktabda o‘tadi. Keyin ba’zida idoraga kiradi. Yigitali akani uchratsa, bir oz gurunglashadi. Yo‘qsa choyxonaga kiradi. Har kuni bir xil maromdagi gaplar. Tabiatning mudroq uyqusi odamlar ruhiyatiga ham ta’sir qilgandek. Barcha zerikishdan gap ochadi. Televizorga mixlanib o‘tirish hammaga ham yoqavermaydi. Mahbubani ko‘p o‘yladi. Shunday kezlarda shaharga ketgisi, erkaktabiat bu ayolni ko‘rgisi kelardi. Mahbuba uning taklifini ochiq bo‘lmasa-da, rad etdi. Shunday ekan, yana uning ortidan soya kabi sudralib yurishga uning hamiyati yo‘l qo‘ymaydi. O‘zi shilqimlikdan yiroq bo‘lgani uchun, ayollarning etagiga yopishib oluvchi erkaklarni jinidan ortiq yomon ko‘radi. Davron darsini tugatgach, idoraga kiraymi kirmaymi deb oyog‘i tortmay keldi. Hovlida raisning mashinasini ko‘rib «Xayriyat», deb qo‘ydi. Yigitali aka divanga yastanganicha gazeta o‘qirdi. Davronni ko‘rib gazetani yig‘ishtirdi- da, yonidan joy ko‘rsatdi. Suhbatlari odatdagidek ob-havodan boshlanib, keyin «har sohadan bir shingil»ga aylandi. Suhbat endi bir maromga to‘g‘ri bo‘lay deganda kotiba kirib Yigitali akaning gapi og‘zida qoldi. — Mehmonni bir kishi so‘rayaptilar, — dedi aybdor ohangda. — Kiravermaydilarmi? — dedi Yigitali aka. Keyin hayron bo‘lgan Davronga qaradi. — Xijolat chekmang, qiladigan ishim ham yo‘q edi. Ostonada Mahbuba ko‘ringach, Davron nima uchundir Yigitali akadan uyaldi. Yigitali aka Mahbubani tanimas edi. U haqda eshitgan ham emasdi. Shuning uchun avvaliga nima qilishni bilmay qoldi. Yaxshi hamki Mahbuba iymanib o‘tirmay ichkari kirib salom berdi. Yo‘qsa ikki erkak ham talmovsirab turaverardi. — Darvoqe, partkom meni kutib qolgandir, — Yigitali aka Mahbuba bilan so‘rashgach shunday deb chiqib ketdi. — O‘tirsam maylimi? — dedi Mahbuba gapga qovushmay turgan Davronga kulib qarab. So‘ng manziratni kutmay o‘tirib sumkasini yoniga qo‘ydi-da, paltosining tugmasini yechdi. — Mendan xafa bo‘lmang, kutilmaganda oyoq ostidan chiqib qolaman. — Unday demang. To‘g‘risini aytsam... kutayotgan edim. — Tushungizga kirdimmi? — Yo‘q... Nima uchundir ko‘rgim kelayotgandi. — Nima uchundir? — Ha... Ba’zan shunday bo‘ladi. — Shu yerda o‘tiraveramizmi? — Istasangiz... Yo‘q... Lutfingizni darig‘ tutmay biz g‘aribning kulbasini poyi qadamingiz bilan yorug‘ etsangiz boshimiz osmonga yetardi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling