Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Fe’limiz boshqa-boshqa. — Fe’l emas, dunyoqarash, degin. Qiziq, ikkovimiz ham odam bolasimiz, lekin ko‘rinishimiz o‘xshamaydi. Ikkovimizda ham salkam
Davron (qissa). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 1 — Sen bilan men hatto u dunyoda ham ko‘rishmasak kerak. Nimaga shunday ekan? — Fe’limiz boshqa-boshqa. — Fe’l emas, dunyoqarash, degin. Qiziq, ikkovimiz ham odam bolasimiz, lekin ko‘rinishimiz o‘xshamaydi. Ikkovimizda ham salkam uch kilolik miya bor, biroq, boshqa-boshqa fikrlaymiz. Hatto kasbimiz bir, ammo tutgan yo‘limiz ayri. Hamma gap ana shu tanlangan yo‘lda bo‘lsa kerak. Ikkovimiz poezd yo‘lidagi ikkita relsdamiz. Ketaveramiz, ketaveramiz, yo‘limiz esa sira kesishmaydi. — Bunga hojat bormikin? MUQADDIMA Ularning chorbog‘lari bir-biriga tutash, devor o‘rniga qator olcha ekilgandi. Chiroyda tengi yo‘q bo‘lib yetishib borayotgan sarvqad qiz ham, pahlavon kelbatli yigit ham qosh qorayib, uydagilari uyquga ketgach, shu olchalar poyiga oshiqar edilar. Bu tun nechundir yigit hayalladi. Qiz barglarning sirli shivirlashiga quloq tutib uzoq o‘tirdi. Barglar shabadada shunchaki titrayaptimikin yoki o‘zlarining tilida suhbat quryaptimikin? «Suhbat... Hamma o‘zicha gaplashadi. Hayvonlar ham o‘zicha tillashadi. Odamlar ularning so‘zlariga tushunmaydilar. Bu xudoning irodasi. Ammo... bir xil tilda so‘zlashuvchi odam zoti ham ba’zan bir-birini tushunmay qoladi-ku? Bu ham Tangrining irodasimikin yo odam zotining aqli qosirligimi? Ajab... Belga urib qolgan o‘t-o‘lanlar ham so‘zlashayotganga o‘xshaydi. Balki ular ham bir-birini yaxshi ko‘rar, rozini aytar... Yo‘g‘- e, axir ular jonli emas-ku? Nimaga, u bechoralarning ham joni bor. Bahorda ko‘karadi, yozda yashnaydi, kuzakda esa quriydi. O‘ladimi, demak joni bor. Faqat umri qisqa. Dunyoning yaralishi ajabtovur...» Sharpa sezilib, qizning xayoli bo‘lindi. Uning ko‘zlari yigitni qorong‘ida ham ilg‘ashga ko‘nikib qolgan... Ular kichkina ariq labiga o‘tirdilar. Jim qoldilar. Yigit xo‘rsinib qo‘ydi. Oshiq-ma’shuqlar faqat bir-birlariga termilish, xo‘rsinish uchungina fursat tanlamaydilar. Yuraklaridagi surur ko‘p hollarda andishadan ustun chiqadi. Ammo bu tun yigit qalbidagi, vujudidagi g‘alayon jilovda. Uning ichiga chiroq yoqsa yorimaydi. Shu bois jimgina, maylini sukutga berib o‘tirdi. Nihoyat, yigit so‘z ochdi: — Yangilikni eshitganingiz bordir? — Qulog‘imga chalindi, — dedi qiz. — Bu qarorning sababini tuzuk anglamadim. — Biz, akam-otam, uchovlon bo‘lib ne zahmat bilan bezak ishlasag-u, rohatini boytog‘a ko‘rsa? U bezaklarni podshohi olamga o‘z nomidan o‘tkazar ekan. Boytog‘aning Davron (qissa). Tohir Malik Download 233.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling