Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
ustida qayta hayot boshlandi. Bu yerga qo‘noq bo‘lganlarning necha-necha avlodi oyog‘i 
ostida ajabtovur voqealarning guvohi bo‘lmish «tilla haykallar» borligini bilmay o‘tdi. 
Yigirmanchi asrning so‘nggi choragida amaliyotchi talabalar kelib qolmaganda balki 
yillar g‘ubori ostidagi sirlar yana allaqancha vaqt ochilmay yotar edi.
VAKIL 
Dotsent Bekmirzaevni qabrga qo‘yib qaytayotganlarida ba’zilar uning qismatiga 
achinib «O‘zini o‘tga-cho‘g‘ga uraverib juvonmarg bo‘ldi. Keyingi qazishmalari ham 
behuda edi», deyishdi. «Bekmirzaevning Yozyovondagi ishini to‘xtatish kerak», degan 
gaplar ham xuddi shu dafn marosimida aytili. Ammo bu shunchaki gap, hali rahbarlar bir 
qarorga kelishmagan edi. Shuning uchun dotsent Bekmirzaevning Yozyovondagi 
ishlariga ko‘mak berayotgan shogirdi Davron Hasanov zudlik bilan orqaga qaytdi. 
Yozyovonning kunbotar tomonini egallab yotgan yerdagi qazishma ishlari chala edi. 
Dotsent Bekmirzaev shu yerda ishchilar bilan chaqchaqlashib o‘tirib birdan yuragini 
ushladi-yu, tili ham so‘zga kelmay joni uzildi. Birov, garchi hojati bo‘lmasa-da, «Tez 
yordam»ga yugurdi. Davron esa bu mash’um xabarni markazga yetkazdi. «Tez yordam» 
bir soatga qolmay yetib keldi. 
— Bemor qani? — dedi oq xalatli yosh yigit mashinadan tusha solib. Odatda vrach 
kelganda hamma unga peshvoz chiqardi. Bu yerdagilar esa e’tibor ham qilishmadi. Faqat 
Davron unga bir qarab olib «Bemor yo‘q», dedi. Vrach gangib qoldi. 
— Tushunolmayapman. Axir menga... 
— Ancha kechikdingiz. 
— A? Mashinamiz yo‘lda... — Vrach odamlarga qarab tushuntirishning ortiqcha ekanini 
bildi. — O‘zi nima bo‘ldi? 
— Sivilizatsiya sharofati. Sizlarning tilingiz bilan aytganda — ishemik asr! 
— Tushunarli. Kechikkan bo‘lsam ham bemorni... marhumni ko‘rishim kerak. 
— Marhamat, — Davron uni shu atrofdagi yagona daraxt ostiga tikilgan to‘rt kishilik 
chodir tomonga boshladi... 
Davron mashinadan tushishi bilan shu voqealar yana qayta ko‘z oldida tiklandi. 
Chodirlar yig‘ilmabdi. Qazuv anjomlari ham tartib bilan terilgancha turibdi. Davronning 
ko‘zi katta chodirga tushdi-yu, yarasi yangilandi. Ustozining so‘nggi onlarini eslab yuragi 
ezildi. 
O‘n besh kun o‘tmay markazdan ishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma keldi. Davron 
dotsent Bekmirzaevning taxmin-hisoblari, o‘zining mulohazalarini bayon etib ishni 
davom ettirishga ruxsat berishlarini so‘rab xat yozib yubordi. Bir haftadan so‘ng eng 
so‘nggi rasm-rusmlarni o‘rniga qo‘yib kiyingan, qoshlari qizlarnikiday ingichka, xuddi shu 
qoshlardan andoza olganday ingichka mo‘ylab qo‘ygan, qaddi tik yigit Niyoz Mansurov — 
Davronning kursdoshi yetib keldi. Davron uni uzoqdan ko‘riboq hafsalasi pir bo‘ldi. 
Arxeologiyaga mutlaqo begona bu yigitning ma’lum bir chuqur ildizlar orqali oziqlanib bu 
sohada yurishi faqat unga emas, boshqalarga ham malol kelardi. Ammo bu olqindining 
kavushini to‘g‘rilashni hech kim udda qilolmasdi. Davron u bilan besh yil birga o‘qib, 
ba’zan amaliy ishlarda, ba’zan paxta terimida birga bo‘lib uning egilganini, tuproq 
tortganini yo bir chanoq paxtani etakka solganini, umuman korjoma kiyganini ko‘rgan 
emas. Shunga qaramay u diplomga erishdi. Yozyovondagi qazishma taqdirini bir yoqlik 
qilish uchun yuborilganidan ma’lumki, ishlari ham chakki emas. 
Davronning nazarida Niyoz oddiy odamlar singari yashamas edi. U hayotni ulkan teatr 
deb bilib artistlik qilardi. To‘g‘ri, dunyoni bunday kishilar masalasida g‘arib deb 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling