Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
bosay desa, yana chatoq. Har ikki holda ham dushman orttiradi. Shu boisdan uchinchi 
yo‘lni tanlagani ma’qulroq. Bu bir jihatdan Davron uchun ham yaxshi. Yo‘qsa, bu johil 
ishni chalkashtirib ketib, odamni halak qilib yuborishi ham mumkin. 
— Men uchun biror kuningni ajrata olasanmi? — deb so‘radi Niyoz chodirga 
yaqinlashganlarida. 
— Nima edi? 
— Komandirovka muddati bir hafta. Shu atrofda yaxshi yerlar bor, deb eshitaman. 
Ikki kundan beri Davronning yuragi siqilib qadrdonlarini qo‘msayotgan edi. Shu uchun 
«Mehmonning istagi bahona bo‘lib oyoqning chigilini yozsammikin», degan xayolga 
keldi-da, «Yaxshi, erta bo‘lsin-chi, biror yoqqa boramiz», dedi. Niyoz Davronning darrov 
ko‘na qolganidan hayron bo‘ldi. Chunki u «Qandaydir bahonani pesh qilib, iltimosimni 
yerda qoldiradi», deb o‘ylagan edi. 
Oqshom tushib, chodir yonida davra qurildi. Gulxan yoqildi. Qorayib ketgan 
qumg‘ondagi suv qaynab-toshib go‘yo o‘tni o‘chirmoqchi bo‘ladi. Gulxanning qumg‘on 
turgan tomoni bir oz pisillab, tutaydi-da, keyin yana alanga avjiga qo‘shiladi. Davron sim 
halqani qumg‘onning bo‘yniga ilib uni otash bag‘ridan oldi. Bir kaft quruq choy tashlab, 
uch bora qaytardi. Hamisha qiziydigan davra bugun, mehmon bor uchun, uncha 
qovushmay turardi. Qirg‘iyburun mehmonning kibr bilan gapirishi gurung me’yorini 
buzib qo‘ygandi. Natijada bu safargi choy oxirigacha ichilmadi. 
Niyoz yo‘l yurib charchaganidanmi yo shaharda barvaqt yotishga ko‘nikkani uchunmi, 
chodirga kirib ketdi. Davron yig‘ma karavotini tashqariga olib chiqib yoydi. Junchoyshab 
tashlab chalqancha tushganicha qo‘llarini yostiq qildi. Uyqusi kelmadi. Osmon toza. 
Yulduzlar jimirlaydi. «Qaysi bir shoir paxtazorni yulduz toshgan osmonga o‘xshatgan edi. 
Bir qaraganda chiroyli taqqos. Agar u paxtaning taftini his qilganda sovuq yulduzlarga 
qiyos etmas edi. O‘sha shoir ham Niyozga o‘xshagan odam-da. Soqi sumbati joyida, 
yuragi esa faqat qon haydash bilan band. Lekin sezgi, his, tuyg‘u, dard degan 
tushunchalar mutlaqo begona. Niyoz o‘zicha menga yordam qilmoqchi. Rozilik berishga 
majburman. Bo‘lmasa, ish chala qoladi. Odam ko‘p hollarda ongli ravishda ongsizlik 
qiladi. Bilib turib, istagiga, maslagiga zid ravishda qadam tashlaydi. Hamisha shunday 
bo‘lib kelgan. Nahot bu davom etsa? Yo‘q, qachondir bunga chek qo‘yiladi. Kim chek 
qo‘yadi? Kimdir birinchi bo‘lib Niyozlar toifasiga qarshi chiqadi. Kimdir? Kim? Nima uchun 
men emas? Qo‘rqamanmi? Nimadan? Jur’atim yetishmaydimi? Qo‘rqmayman, jur’atim 
ham yetarli. Ammo yolg‘izman. To‘g‘ri, hozircha atrofimda maslakdoshlarim bor. Biroq, 
hujum boshlangach, chekka-chekkaga chiqib oluvchilar ko‘payadi. Kurashga 
chog‘langanlarning biri Asad Bekmirzaevich edi. Haybarakallachilar ko‘p bo‘ldi. Majlis 
chaqirishdi. Asad Bekmirzaevich ularning qalqoniga aylandi. Qing‘ir ishlar fosh qilindi. 
Akademiyaga xat yuborish masalasi ko‘tarilganda biri: «Ikki marta uylanganman, 
sharmandam chiqadi», dedi, biri: «Ilmiy kengash a’zosiman, qo‘l qo‘yolmayman», dedi, 
yana biri: «To‘g‘ri-yu, to‘g‘ri emas-da», deb lanjlik qildi. Qani, qani, deb rag‘batlantirgan 
azamatlar oqibatda, «Qoziqning boshi ham, uchi ham bo‘lma», degan maqolga sodiq 
qolishdi. Akademiya prezidentiga Asad Bekmirzaevichning o‘zi ro‘para bo‘ldi. Uning 
dalillari isbotlanib, institutda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yo‘qsa, butunlay yomonotliqqa 
chiqardi. Hayotning chalkashliklari behisob ekan, tishimiz o‘tmaydigan muammolari 
garang qilib yuboradi kishini... Xudo jonivorlarni yaratganda, yaxshi hamki, tuyaga 
shoxu mushukka qanot bermagan, deyishadi. Shu fozilligini Xudo odamlarga ham 
ishlatmagan ekan-da. Odamni yaratgach, mansablarni qalashtirib «Istaganingni 
tanlayver, qobiliyatingga emas, istagingga qara. Agar shu bilan to‘ysang, olaver», degan 
shekilli. Koshki mansabparast odamni to‘ydirish mumkin bo‘lsa! Asad Bekmirzaevich 
haqiqat uchun kurashdi. Lazzatini esa mana shu Niyozning qarindoshi totdi. O‘roqda 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling