Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- X o t i m a
www.ziyouz.com kutubxonasi
42 tuproqdan tozalay boshladi. Temir ancha katta edi. Uni batamom ochguncha Davron terga pishdi. U dunyodagi barcha narsani unutib ishlardi. Oddiy temir emas, balki tillarang odam haykali ochilgani sayin Davron tobora shoshilardi. U qulog‘i shang‘illaganiga, hushtak chalinganiga ham, tushlik ovqatga taklif qilgani kelib hayrat bilan tikilib turgan yigitlarga ham e’tibor bermadi. Haykal sirti tuproqdan holi bo‘lgach, u bir necha daqiqa harakatsiz qoldi. Hushtak ovozi eshitilishi bilan quloqlarini qo‘llari bilan mahkam berkitdi. «Demak, bejiz emas ekan, sharpa meni bekorga ta’qib etmabdi!» U haykalga tikilganicha to‘xtovsiz shunday deb pichirlar, yigitlar esa nima qilishini bilmay qarab turardilar. Davron shu ahvolda uzoq o‘tirdi. Ko‘z oldiga uch barmoqli yassibosh odamlar keldi. Vujudi titradi. Yigitlarning biri Davronning qaltiray boshlaganini sezib unga yaqinlashdi-da, yelkasidan asta ushladi. Davron cho‘chib orqasiga qaradi. Xuddi tanimayotganday, endi ko‘rib turganday tikildi. — Topildi.. — dedi pichirlab. So‘ng asta o‘rnidan turdi. — Topildi! U shunday deb yigitni mahkam quchoqladi. Kipriklarida qalqigan yoshni tutib turolmadi... Tushlik qilish xayollaridan ko‘tarildi. Quyoshning o‘tli nafasini ham, tashnalikni ham unutib ishladilar. Kechagacha tilla rangli haykallarning oltitasini kavlab oldilar. Haykallarning hammasi bir yerda — ikkitasi tik, qolgan to‘rttasi yotiq holda edi. Qorong‘i tushgach, ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar. Davron Niyozning qaytishini kutdi. Undan darak bo‘lavermagach, institutga xabar yuborish uchun kolxoz markaziga yo‘l oldi. X o t i m a Yozyovondan topilgan tilla haykallar siri o‘rganilguncha yillar o‘tdi. Bu orada Yerdagi sezgir asboblar noma’lum sayyoradan uzatilayotgan to‘lqinlarni qabul qildi. Yerdan turib olib borilgan spektral tahlil Somon yo‘lidagi kichik bir sayyora atmosferasida suv bug‘i borligini aniqladi. Oradan yana yillar o‘tgach, yerliklar o‘z vakillarini Somon yo‘li sari uzatdilar... 1978 yil. www.ziyouz.com 2007 Download 233.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling