Microsoft Word davron ziyouz com doc
Download 233.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davron ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 — Chindanmi... Bari bir ilojim yo‘q. Ekspeditsiya asosan amaliyotchi talabalardan tashkil topgan. Yollanma ishchilar uchun mablag‘ ajratilmagan. — Mana bu o‘g‘ilbola gap bo‘ldi! Yo‘q gaplarni yamab-chatib chaynalmay, to‘g‘rilikcha salom-alik qilavermaysanmi? Ha... ish so‘rab keldi, deb o‘yladingmi? Yo‘q, men tiz cho‘kadigan toifadan emasman. Go‘l ham emasman. Nayrang nima, samimiyat nimaligini ajrata olaman, shuni unutma. — Biz sira do‘stlasha olmas ekanmiz. — Do‘stlashish uchun pokiza niyat kerak. Senda niyat tugul, pokiza biron narsa ham yo‘q. — Haddingdan oshma, indamas ekan, deb... Tilingni qisqa qilib qo‘yishim mumkin. — Shundan boshqa narsa qo‘lingdan kelmaydi. — Qani, kelgan joyingga qarab tuyog‘ingni shiqillatib qol-chi. Davron Niyozning lablarida titroq paydo bo‘lganini ko‘rib kuldi-da, orqasiga burilib keta boshladi. — To‘xta, — dedi Niyoz unga yetib olib. — Nimaga kulyapsan? — O‘zim, kulgim keldi. — Agar xafa bo‘lishni istamasang, ikkinchi bu yerga qadam bosma. — Men bu yerlarda sayr qilishga odatlanganman. Tarki odat amri mahol, deydigan gaplar bor. Niyoz tishlarini bir g‘ijirlatdi-yu, orqasiga qaytdi. Uning g‘azablanishi Davronga xush yoqdi. Chunki bu odam uncha-buncha narsaga asabiylashmaydi. Davronni o‘ziga g‘anim deb biladi. Chunki uning butun umidi, kelajagi shu qazilmada. Niyoz mana shu ish bilan sharaf tojini kiymoqchi. Davron esa (Niyozning nazarida) sherikchilikka da’vo qilyapti. Ular begunohlik niqobini tanlaganlar, hatto ekspeditsiyaga yollanma ishchilar uchun mablag‘ ajratilmabdi. Lekin odam hamisha niqobda yura olmaydi-ku! Qachondir uning asl basharasi ko‘rinadi-ku! Davron bu yerga har kuni keladigan bo‘ldi. Talabalar dotsent Bekmirzaevning ham, uning nomini ham eshitishgan edi. Shuning uchun tezda til topishishdi. Niyoz Davronni ko‘rsa teskari qarab o‘zini ko‘rmaganga olardi. Davron ham unga e’tibor bermay talabalar bilan ishlayverdi. Kunlar shu zaylda o‘taverdi. Niyozning yuragi siqilib har xil bahonalar bilan shaharga tez-tez tusha boshladi. Maktabdagi so‘nggi imtihon tugagan kuni ham u shaharda edi. Talabalar Niyoz yo‘q paytda Davron bilan yayrab ishlashardi. Davron «rahbar»ning yo‘qligini ularning xushchaqchaqligidan sezdi. Ular bir oz gurunglashib turdilar-da, ishga tutindilar. Quyosh mashriq belidan oshib o‘tib, odam lohas bo‘la boshladi. Davronning ham qo‘li ishga bormay yotgisi keldi. Lekin shu payt qulog‘i shang‘illab, hushtak ovozi eshitildi-yu, sergak tortdi. Ko‘pdan beri sharpa uni bezovta qilmay qo‘ygandi. Avvallari faqat tunda ko‘zga ko‘ringan edi. Endi kunduzi ham ro‘para bo‘lmoqchi. Hushtak ovozi shundan dalolat. Hushtakdan so‘ng eshikning g‘ijirlashiga o‘xshagan ovoz eshitilardi. Yo‘q, bu safar hushtak tindi-yu, atrof jimib qoldi. Yassibosh odam ham ko‘rinmadi. Davron hayron qolib bu sirli ovozlarning takrorlanishini kutdi. Ovozlar qaytarilmadi. Shundan so‘ng u kichkina kurakchani qo‘lga olib ishni davom ettirdi. Kavlagan tuprog‘i bir zambil bo‘lganda qulog‘i yana shang‘illadi. Hushtak chalindi. Keyin eshikning g‘ijirlashiga o‘xshagan ovoz... Davron yon-atrofiga alangladi, jimjitlik. Quyosh charaqlab turibdi. Sharpa yo‘q. Sirli ovozlar ham tingan. U yana ishga tutindi. Kurakchani uchinchi karra yerga botirganda qattiq narsaga tegdi. Davron tuproqni ehtiyotlik bilan torta boshladi. Qattiq narsani avvaliga tosh deb o‘yladi. Uning sirtini tozalagach, tillarang temirni ko‘rib lol qoldi. Do‘nglik ortida ishlayotgan yigitlarni chaqirish xayoliga kelmay atrofini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling