Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
qo‘lidan hech bir ish kelmasligini bila turib unga tahsinlar o‘qiydilar, zarga o‘raydilar, 
marhamatlarini ayamaydilar. Bizning ohimizni hech bir zot eshitmaydi. Endi bo‘lak 
shahristonga ketamiz. 
— Meni o‘ylamaysizmi? 
— Otamga aytishni ixtiyor qilyapman. Ammo siz tomondan bo‘ladirgan rizolikka umid 
yo‘q. Rizo bo‘lisharmikin? 
— Nevlay? 
Yana jim qolishdi. Ariqdagi suv shildiramaydi. Go‘yo ko‘kmak o‘tlar qilvir qo‘llari bilan 
suvni jilovlab, bo‘g‘ziga chang urganlar. 
Qiz ham, yigit ham orzu-umidlarining bir umr amalga oshmasligini yaxshi bilishardi. 
Ayniqsa qizning akasi boytog‘aning to‘ng‘ichini bo‘g‘izlab qo‘ygach, taqdirning ayovsiz 
amri oldiga tiz cho‘kishdan o‘zga choralari yo‘qligini anglab yetdilar. Boytog‘a 
farzandining qoni uchun xun talab qilardi. Qizning otasi bor mulkini berishga tayyor edi. 
Ammo boytog‘a mulkka muhtoj emas — xun evaziga qotilning singlisini olmoqchi edi. 
Uning o‘g‘li shu qizga yetishaman, deb nojo‘ya qadam tashlab, nopok niyati uchun 
jonidan judo bo‘lgan edi. Ne ajabki, boytog‘aning ilinji ham shu qizda ekan. Yorug‘ 
olamda bundan ziyod qabihlik yo‘qdir. Oshiq-ma’shuqlar boytog‘aning talablaridan ogoh 
bo‘lsalar-da, bu xususda so‘z ochmaydilar. Har biri pinhona dard chekadi. Bu dilporalik 
yetishmagandek bugun yigitning otasi o‘zga shahristonga ko‘chishni ixtiyor qildi... 
Qiz tizzasini quchganicha yulduzlarga qaradi: 
— Yulduz uchyapti, — dedi u siniq ovoz bilan. 
— Kimningdir joni uzildi, — dedi yigit osmonga qarab olib. 
Qarang-a, u o‘chmayapti. 
— Ha. O‘chmayapti. Voajab! Ne sir ekan? 
Ular ko‘zlarini uzmay uchar yulduzga qarab qoldilar. Shabada turdi. Qiz seskandi. Yigit 
uni bag‘riga oldi. 
— Qo‘rqyapman, — dedi qiz. 
— Katta odam o‘lyapti shekilli, — dedi yigit, — jon berishi og‘ir o‘tyapti. 
Uchayotgan yulduzning falakda qoldirayotgan nurli izi tobora kattalashib borar
so‘nishidan darak yo‘q edi. Yana bir qancha fursat shunday o‘tirdilar. Keyin qiz qo‘rqib 
uyi tomon ketdi. Yigit ham iziga qaytdi. Ayvon ustuniga suyanganicha yulduzga tikilib 
turdi. So‘ng akasini, otasini uyg‘otdi. Ular ham hayrat bilan uzoq vaqt turib qoldilar. Bu 
orada shahar ahli asta uyg‘ona boshladi. 
Yarim tunda yonar yulduz ancha kattalashgan, shahristonda sarosima boshlangan edi. 
Odamlar ko‘chalarga chiqqan, gulxanlar yoqilgan, ibodat va iltijo avjida edi. Shamol ham 
kuchayib chang-to‘zon ko‘tarilgandi. 
Yulduz kattalashgach, unga qarash mumkin bo‘lmay qoldi. Odamlar orasida «Quyosh 
uzilib tushyapti», degan vahima tarqaldi. Yulduzning kattaligi bir qulochga yetganda 
nimadir qattiq qarsilladi. Yer qimirladi. Hammayoq yorishib ketdi. Shahristonni dod-
faryod bosdi. Yer yanada qattiqroq silkindi. Daraxtlar qirsillab, egilib boraverdi. Dam 
o‘tmay zamin mavjlanayotgan dengiz to‘lqini singari chayqala boshladi. Bir nafasda 
tubsiz jarliklar paydo bo‘ldi. Qandaydir bir kuch majnuntolga o‘xshab qolgan daraxtlarni 
ildizi bilan qo‘porib tashlardi. Yerga yaqinlashayotgan yulduzning yorug‘i ko‘zlarning 
nurini kesdi. Hammayoq sariq tusga kirdi. Yana nimadir qattiq qarsilladi. Shu tobning 
o‘zida chor atrof birdan jimib qoldi. Dod-faryodlar tindi. Panoh istab yugurayotgan, bir-
birining pinjiga kirib dir-dir titrayotganlar ham, beshigini mahkam quchgan ayol ham, 
bosib tushgan ayvon ostida qolgan onasini tortayotgan yigit ham — harakatdagi butkul 
jondorlar, hatto dov-daraxtlar ham toshdek qotdilar. Faqat bir narsaning kuchli 
guvillashi uzoq eshitilib turdi. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling