Alisher navoiy va tohir malik asarlarida adabiyotshunoslik masalalari


Download 28.33 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi28.33 Kb.
#1198204
  1   2
Bog'liq
Nilufar.Anjumanga


ALISHER NAVOIY VA TOHIR MALIK ASARLARIDA ADABIYOTSHUNOSLIK MASALALARI


Egamberdiyeva Nilufar Quvondiqovna
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Jurnalistika fakulteti 2-bosqich magistranti
nilufarustoz@ 9889gmail.com
+998946071555

Annotatsiya.Ushbu maqolada Alisher Navoiy hamda Tohir Malik asarlaridagi adabiyotshunoslik masalalari o‘zaro qiyosiy usulda tadqiq etilgan. Alisher Navoiy hamda Tohir Malik asarlaridagi ijodkor shaxs talqinlari o‘zaro qiyoslangan.
Аннотация. В данной статье сравнительным методом исследуются вопросы литературоведения в произведениях Алишера Навои и Тахира Малика. В произведениях Алишера Навои и Тахира Малика сопоставляются трактовки творческой личности.
Anatotion. In this article, the issues of literary studies in the works of Alisher Navoi and Tahir Malik are studied in a comparative way. The interpretations of the creative person in the works of Alisher Navoi and Tahir Malik are compared.
Kalit so‘zlar. Alisher Navoiy, Tohir Malik, shoir, ijodkor, adabiy tanqid, badiiy til, tazkira.
Ключевые слова: Алишер Навои, Тахир Малик, поэт, творческая личность, литературная критика, художественный язык,тазкира.
Keywords.Alisher Navoi,Tahir Malik,poet,creator,literary criticism,artistic language,tazkira.
Buyuk adib merosining salmoqli qismini adabiy-tanqidiy mulohazalarini o‘zida jamlagan asarlar tashkil qiladi. O‘tgan XX asrning suronli kechgan vaziyatiga qaramay, navoiyshunoslikda shoirning bu boradagi ishlari o‘rganilgan. Biz bu o‘rinda navoiyshunos A.Hayitmetovning “Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari” monografiyasini nazarda tutamiz. Taniqli olim Navoiyning barcha asarlari sahifalaridan (ham epik, ham lirik) badiiy asar, ijodkor, adabiy mahorat, zamondoshlari hamda salaflari asarlari bilan aloqador fikr-mulohazalarini qidirib topib, baholagan, tahlil qilgan, munosabat bildirgan. Ushbu maqolada Alisher Navoiy hamda Tohir Malik asarlarida adabiyot masalalari xususida fikr yuritamiz. Tohir Malik asarlarida ham adabiyotshunoslik masalalari atroflicha tahlilga tortilgan. Jumladan yozuvchining “Yozuvchining baxti va baxtsizligi” nomli esselar to‘plamida adabiyot, badiyat, adabiy tanqid haqida ham so‘z boradi. Tohir Malik esselarida ham Navoiy singari adabiyotshunoslik masalalari ko‘tarilganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Jumladan “Mahorat gulshani” nomli essesida Tohir Malik adabiy til haqida fikrlarini bayon etadi ushbu esse Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib unda Abdulla Qodiriyning adabiy til masalalariga qanchalik rioya etganligi go‘zal ifodalar bilan ochib beriladi. Ma’lumki, Alisher Navoiyning adabiy qarashlari faqatgina “Majolis un-nafois” bilan cheklanmaydi, aksincha, barcha asarlari matnida mavjud. Yirik so‘z san’atkorining qarashlarida davr adabiy-madaniy hayotining barcha yetakchi tendensiyalari bo‘rtib turadi va ularni o‘rganish muayyan davr estetik prinsiplarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o‘z vaqtida Maqsud Shayxzoda “Mahbub ul-qulub”dan joy olgan Navoiyning adabiyot haqidagi mulohazalari yuzasidan shunday yozgan edi: “Adabiyotning xususiyati, mazmuni ham vazifasi haqida bag‘oyat ma’nodor bir ta’rif Navoiyning she’riyatga qarashini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiqdan-ochiq ifodalaydi. Navoiy ta’biricha shoirlarning ishi maoniy xazoinidin javohir termoq va el fayzi uchun nazm silkig‘a vazn bermoq”dir. Bu kichik bir ta’birdagi ensiklopedik chuqur ta’rifga qaralsin:1. Poeziyada ma’no va mazmun asosida (“maoniy xazoinidin javohir termoq”); 2. Bu mazmun va ma’no ma’lum va muntazam bir qolipda shakllanishi kerak (“Nazm silkiga vazn bermoq”); 3. Poeziyadan maqsad xalqqa, elning foydasiga xizmat qilishdir (“el fayzi uchun”)[ Shayxzoda M.,1972:195]. Ko‘rinib turibdiki, shoir adabiyotning ijtimoiy vazifasini jiddiy tushungan va butun ijodi davomida unga amal qilgan. Shu o‘rinda Tohir Malikning yozuvchilar haqidagi fikrini esga olaylik. “Qalam ahlining dardi, dunyoni ko‘ra bilishi, anglaganlarini qog‘ozga ko‘chirishi bir-biriga o‘xshamaydi. Uch to‘rt yozuvchi bir va oq eaga guvoh bo‘ladi, undan ta’sirlanadi. Ammo bu ta’sirlaninshning bayoni yagona bo‘lmaydi. Hatto bir paytda yozilmaydi”. Navoiy ham shoir badiiy asarga, muallifga baho berar ekan, birinchi navbatda uning ijtimoiy ahamiyatiga diqqatni qaratadi va bu haqda A.Hayitmetov shunday yozadi: “Navoiy o‘z zamondoshlaridan hech qanday ijtimoiy mazmunga ega bo‘lmagan she’rlar yozuvchi Osafiy, Sog‘ariy, Xurramiy, Qobiliy, Bovardiy kabi o‘nlab shoirlarni o‘z tazkirasida qattiq tanqid qiladi, ularni xalq oldida xizmati hamda obro‘si yo‘q ekanligini so‘zlaydi” [Hayitmetov A., 1959: 84]. Albatta, bundan Navoiy badiiy asarning faqati jtimoiy vazifasiga ko‘ra baho bergan, degan xulosa qilmaslik kerak. Shoir badiiy asarning boshqa zaruriy komponentlariga ham jiddiy e’tibor qaratgan: badiiy mahorat, adabiy dalillash, (motivirovka) vazn, qofiya kabi. Shu ma’noda shoirning adabiy-tanqidiy mulohazalari bevosita fors adabiyotiga ham daxldordir. Biroq o‘tgan davr mobaynida adib ijodi, adabiy-tanqidiy qarashlari asosan o‘zbek adabiyoti doirasida tadqiq qilindi va biz buni navoiyshunoslik tarixidagi tabiiy bosqich deb bilamiz. Shu bilan birga, to‘plangan katta faktik material bugungi adabiyotshunoslikning yutuqlariga tayangan holda falsafiy idrok etilishi, qayta baholanishi shart. Shoir “Majolis un-nafois”da keltirgan, ijodiga baho bergan shoirlarning aksariyat qismi forsiy tilli ijodkorlardir. Navoiy salaflari ijodiy merosidan yaxshi xabardor bo‘lgan hamda ularga tanqidiy ko‘z bilan qaragan. Masalan, u “Majolis un-nafois” ning kirish qismida avvalgi tazkiralarda (forsiy tildagi) zamondosh shoirlarga nisbatan kam o‘rin ajratilganini o‘rinli ko‘rsatib, o‘z davri ijodkorlariga asosiy diqqatni qaratdi. Tohir Malik esselarida ham ijodkorlarga nisbatan aniq, haqqoniy munosabat bildirilgan. Muallif esselarida keltirilgan barcha ijodkorlar o‘z xarakter xususiyatlari qanday bo‘lsa shu holicha bayon qilingan. Jumladan yozuvchining Mirzakalon Ismoiliy haqidagi ta’rifi buning yaqqol misolidir. “Tog‘am tabiatan sodda, kamtarin, mehnatkash odam edilar. Irodalari mustahkam, o‘jarliklari ham bor edi”. Bundan ko‘rinib turibdiki Tohir Malik ham o‘z esselarida Navoiyning ijodkorlarga haqqoniy baho berishga intiladi.Tohir Malikning she’riyat bugungi kun adabiyoti haqidagi fikr va mulohazalari ham diqqatga sazovor. Yozuvchining “O‘quvchi sendan talab” deb atalgan Po‘lat Mo’min haqidagi essesida bugungi kun she’riyati haqida muhim mulohazalarni keltiradi “Bugungi kunda chalama chatti she’rlar ko‘payib ketdi. Kim ikkita qofiya topsa she’r deyapti, saviyasi past qo‘shiqchilar esa uni sahnaga olib chiqishyapti”. Albatta Alisher Navoiy singari Tohir Malik ham ushbu turdagi chala shoirlarni bir ovozdan qoralaydi.Qisqasi, endigi vazifa “Sharq she’riyatining ulkan yutug‘i bo‘lmish Navoiy lirikasi”ni, uning adabiy-tanqidiy qarashlarini jahon adabiyotshunosligi sathida tadqiq qilib, buyuk shoirning umum jahon estetik tafakkuri tarixidagi maqomini belgilashdan iboratdir.



Download 28.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling