Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
bo‘lmaydi. Shunday ekan, Niyoz so‘ppayib qolgan artist ham emas. «Hayot teatri»ning 
yana bir jihati borki, unda rol o‘ynayotganlarning ayrimlari niqobsiz, grimsiz harakat 
qiladi. Bundaylardan faqat nafratlanasan-u, ammo u qadar xavotirlanmaysan. Ayrimlari 
esa botinan niqoblangan bo‘ladi. Bulardan nafratlanishni bilmaysan. Chunki zimdan ish 
ko‘ruvchi odamga zimdan nafrat bildirish behuda. U bilan do‘st bo‘lishni ham, 
bo‘lmaslikni ham bilmay gangib yurasan. Niyoz xuddi shu toifadan. Bir kunda o‘nta 
odam bilan uchrashsa, o‘n xil niqobda, o‘n xil muomala qiladi. Qay gapi samimiy, qay 
gapi soxta ekanini xudosi ajratib bermasa, bandasi hal qilishi mushkul. 
Niyoz Davronni ko‘rishi bilan qulochini keng yoyib keldi-yu, ammo qo‘l berib ko‘rishdi. 
Vaziyatni aniqlash uchun vakil sifatida tashrif buyurganini ma’lum qilib ishlar bilan 
tanishish istagini bildirdi. Davron uni atayin tuprog‘i ko‘pchib yotgan yo‘ldan boshladi. 
Past bo‘yli, to‘ladan kelgan Davron ildam odimlaydi. Niyoz esa xuddi portlovchi 
moddani bosib olishdan qo‘rqqanday ehtiyotlik bilan qadam bosadi. U Davronning 
ortidan bir oz yurib do‘nglikka chiqdi-da, tuproqqa qorishgan shimining pochasini qoqib 
to‘xtadi. 
— Meni qayoqqa boshlayapsan? Yumronqoziqqa o‘xshab o‘yib yotganlaringni ko‘rib 
turibman. Menga topilgan narsalarni ko‘rsat. 
— Institutda ko‘rmadingmi? 
— Besh-oltita sopol parchasini ko‘rdim, — dedi Niyoz istehzo bilan. 
— Afrosiyobni qazishayotganda ham dastlab sopol parchalari chiqqan, deyishadi? — 
Davron hamrohining istehzosiga kinoya bilan javob berdi. Niyoz yon cho‘ntagidan sigara 
olib labiga qistirdi. Ammo o‘t oldirmadi. Uning bunday viqor bilan turishi ilm olamining 
vakilini emas, balki gangsterlar boshlig‘ini eslatardi. Niyoz atrofni kuzatgan bo‘lib 
indamay turdi. Keyin sigaraning uchini tishlab tashladi-da, tutatdi. 
— Afrosiyobni, deysanmi? — U sigaraga hali uncha o‘rganmaganmidi yoki qattiqroq 
tortib yubordimi, har nechuk yo‘tali tutib so‘zini davom ettirolmadi. 
— Hatto Pompeyada ham, — dedi Davron yana kinoya ohangi bilan. 
Niyoz sigarani qutisiga joylab, cho‘ntagiga soldi. 
— Pompeya bilan Afrosiyobning vaqti o‘tdi, oshna. Sen bilan mening chekimga 
bunday zo‘r ishlar tushmagan. Shuning uchun ko‘rpaga qarab oyoq uzatib yuraverish 
kerak. Og‘rimagan boshni og‘ritishdan nima foyda? 
— Agar odamda bosh bo‘lsa og‘rib turgani ham ma’qul. Ba’zilariniki butunlay 
og‘rimaydi, deyishadi. Ular boshlari borligini ham unutib qo‘yishsa kerak... 
Niyoz Davronning nimaga shama qilayotganini tushunib, qoshlarini chimirganicha 
qarab qo‘ydi. 
— Ilmiy kengash ma’lumotlaringda arzirli fikr yo‘q, degan qarorga kelibdi. 
— Ayrim bilimdon o‘rtoqlar shunday deb ilmiy kengashni chalg‘itgandir? 
Davron endi Niyozning «ildizini» — rahbarlik lavozimlaridan birini egallab turuvchi 
qarindoshini nazarda tutgan edi. 
— Men bu yerga ayrim odamlarning istagi bilan kelganim yo‘q. 
— Agar ilmiy kengash sen aytgan qarorda bo‘lganida qadam ranjida qilishingga 
mutlaqo hojat qolmasdi. Ishni to‘xtatish haqida qat’iy buyruq yuborishardi. Shunday 
emasmi? 
— Balki... Lekin men yomon niyatda kelganim yo‘q. Pichingsiz gaplashsak bo‘laveradi. 
Sen meni yoqtirmaysan, buni yaxshi bilaman. Men ham seni ko‘ray, deb sog‘inib 
kelmaganman. Buni o‘zing tushunib turibsan. Shunday ekan, erkak kishining 
ochiqchasiga gaplashgani durust. O‘rtamizda qarz yo‘q. Amal ham talashmaymiz. Men 
o‘z nasibamni, sen o‘zingnikini terib yuribsan. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling