Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
bosmasin, deb saksovul o‘tkazishyapti. Bechoralarga ham jabr. Har yili saksovul 
ekishadi. 
— Tutmaydimi? 
— Tutishga-ku tutadi, endi bosh ko‘targanda poda haydab qo‘yishadi. Qancha janjal 
ham bo‘lgan. Jarima ham to‘lashgan. Bari bir ahvol o‘zgarmaydi. Saksovulga ikki yil 
tegmasangiz foydaning tagida qolasiz. Ammo shunga sabr qilishmaydi. 
— Yigitali aka, siz dehqon odamsiz, — dedi Davron, — qumlikni bora-bora butunlay 
yo‘qotishadi, shu ishni to‘g‘ri deb o‘ylaysizmi? 
— Xalqimizning tabiatida tek turish odati yo‘q. G‘imirlagani-g‘imirlagan. Yarim quloch 
yer bo‘sh yotganini ko‘rsa, u-bu ekib qo‘yadi. Qumning o‘rnini ham ekinzor qilib 
yuborishadi. 
— Shunda to‘g‘ri bo‘ladimi? 
— Buning nimasi noto‘g‘ri? 
— Qumliklarni butunlay yo‘q qilish iqlimga ta’sir etmaydimi? 
— Buning foyda-zarari menga qorong‘i. Sizlar olim odamlarsiz. Men qaydan bilay? 
Yigitali akaning bu gapi Niyoz uchun bir fatvo bo‘ldi. Niyoz har qanday davrada, har 
qanday sharoitda bilimlarini namoyish qilishga tirishar edi. Ko‘p hollarda 
(davradagilarning saviyasiga qarab) «Zamon allomasi» darajasiga ham yaqinlashib 
qolardi. Gap tabobatga taqalsa yangi kasalliklardan, fazoviy muammolar xususida gap 
ketsa, qaysi sayyorada hayot borligidan so‘z ochardi. U anoyi emas — bu yangiliklarni 
sira izlab, o‘qib, o‘rganmagan. Davra, gurunglarda eshitganlarini xotirasida mahkam 
saqlab qolardi. Qulog‘iga ilganlari endi u uchun haqiqatga aylanar, taxminlarni ertasiga 
boshqa davrada bor gap qilib ko‘rsatardi. Tabiiyki, uning bilimidan mukofotga mashina 
olgan kishi ham xabardor bo‘lib qolishi kerak. Ekspeditsiyadagilarning ko‘pi Niyozni 
tanimaydi. Uning bilimdon vakil ekanini shu Yigitali aka yetkazadi-da. 
Niyoz so‘zni tabobatdan boshladi. Yigitali akaning xastaliklar va yangi davo usullari 
bilan qiziqishi tabiiy. Shuning uchun Niyoz gapirgan sari unga nisbatan bo‘lgan ilk fikrlari 
o‘zgara bordi. Vakilning maza-bemaza so‘zlaridan ensasi qotgan Davron esa indamay 
o‘tiraverdi. Niyoz ba’zan «To‘g‘rimi?», deb orqasiga qaraganda ham gapirishga hushi 
kelmay bosh irg‘ab qo‘ya qolardi. 
— Hozir rak hech gap bo‘lmay qoldi, — dedi Niyoz yastanganicha labiga sigara 
qistirib. — Endi odamlar yurakdan ketyaptilar. O‘limning oltmish foizi yurakdan. Tuppa-
tuzuk odam tappa tashlaydi, tamom. O‘ttiz protsent o‘lim avtomobil halokatidan. Rak 
bilan o‘lganlar uchinchi o‘rinda. 
— Menam shunaqa deb eshitaman, — dedi Yigitali aka. — Ilgarilari to‘ppa-to‘satdan 
o‘lish kam bo‘lardi. Endi tez-tez eshitamiz. Bizning qishloqda-ku, unchalik emas, 
shaharda ko‘p deyishadi. Sababi nima ekan? 
— Sababi oddiy: qon bosimi... — dedi Niyoz sigarani olib aylantirar ekan. Keyin labiga 
qistirib tutatdi. Yigitali aka tasodifiy o‘limning sababini bilolmay qoldi. Niyoz gapni 
«Amerika tomonda kechagina bo‘lgan dahshatli dovul» haqidagi yangi xabarga burdi. 
Davron g‘ijinib qo‘ydi-yu, indamadi. 
Ishemik kasallarni keltirib chiqaruvchi omillar oddiy karrajadval kabi ma’lum bo‘lib 
qolgan pallada «mulla yigit»ning javobdan bo‘yin tovlashi uning johilligidan yana bir 
dalolat edi. «Taraqqiyotning jadalligi, havoning ifloslanishi, shaharning shovqini, ishdagi 
asabiy tortishuvlar, jismoniy harakatning haddan ziyod kamayib ketishi oqibatlari 
haqidagi maqolalar matbuot sahifalaridan tushmay qolgan. Shulardan birontasini ham 
tuzuk-quruq o‘qimagan bo‘lsa kerak. Qumliklarni tekislash Niyozga topshirilsa bir-ikki 
yildayoq saranjomlaydi. Oqibatini surishtirib o‘tirmaydi. Do‘ppiga qo‘shib faqat boshni 
emas, oyoq-qo‘lni ham qiyma-qiyma qilib olib keladi. Agar kattalardan birontasi qumlikni 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling