Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
— Hozir barxanlarning orasidan o‘tamiz. 
Niyoz Davronning muddaosini anglab «Bir gap borga o‘xshaydi», deb qo‘ydi. 
Mazmunsiz savol-javobdan iborat «gurung» uzildi. Niyoz yana yuzini shamolga tutdi. 
Eshitishimga qaraganda, ba’zi birovlar to kuzgacha gashtini surib, terim boshlanishi 
bilan dalaga chiqar ekan. Besh yuzmi, olti yuz tonnami terib bir mashinaning pulini 
kissaga urib yana ketaverar ekan, shu gap rostmi? 
Yigitali aka Niyozga bir qarab oldi. 
— Rost. Shundaylar ham bor. 
— Men sizni o‘shanaqa odam demoqchi emasman, yana ko‘nglingizga kelmasin. 
— Be, mehmon, sira ko‘nglimga kelmadi. Gapiroviring. 
— Mukofotga mashina berishgan bo‘lsa chakki ishlamagan ekansizda. Ordenlardan 
ham bormi? 
— Bor.
— Nechta? 
— Sanash shartmi? 
— Shunchaki qiziqish-da... Har holda ekspeditsiyada yurganingiz qiziq tuyulyapti. 
— Do‘xtirlar kasbingizni o‘zgartiring, deyishdi. 
— Ekspeditsiya ishini to‘xtatsa nima qilasiz? 
— Ungacha, xudo poshsho, ko‘chada qolmasmiz. 
— Bola-chaqalar qo‘ltig‘ingizga kirib qolishgandir? 
— Ha... — Yigitali aka Niyozga qarab kuldi. 
— Nimaga kulyapsiz? — dedi Niyoz o‘zini noqulay sezib. 
— Bunchalik qiziquvchanligingizni bilsam, uyda yozib qo‘yilgan tarjimai holim bor edi, 
shuni olvolar ekanman. 
Davron kulib yubordi. U kulganda yumaloq yuzi yana ham to‘lishganday bo‘lar, 
ko‘zlari qisilib ketardi. Yigitali akaning hazili Niyozga ham yoqdi. Ovozini baralla qo‘yib 
xaxoladi. 
Yo‘l chetidagi daraxtlar siyraklasha boshladi. Ko‘p o‘tmay mashina ikki tomonida qum 
barxanlari yastanib yotgan yo‘lga kirdi. Davronning nazarida bu qumlar g‘aroyib sirlarini 
odamlardan yashirib yotganga o‘xshaydi. Qizilqumdagi yoki Qoraqumdagi barxanlar 
hech kimni taajjubga solmaydi. Lekin vodiyning qoq o‘rtasida mitti sahroning yastanib 
yotishi sirli tuyuladi. Davron bu yo‘ldan har o‘tganida shuni o‘ylaydi. «Nima bu? 
Tabiatning qaltis hazilimi? Balki qadimda vodiy o‘rni bus-butun shunday bo‘lib, 
odamlarning matonati tufayli bo‘stonga aylangandir? Balki qumlik bilan olishgan 
bobokalonlarimiz avlodlarga yodgor bo‘lsin, deb sahroning bir qismini tabiiy muzey 
sifatida qoldirishgandir?..» 
Taram-taram bo‘lib turgan qum barxanlari kun tikkaga kelgach, quyoshning o‘tli 
tig‘ida qizigandan-qiziydi. Jonsarak kaltakesaklar odam sharpasidan cho‘chib in-iniga 
kirib ketadigan bo‘lib qolgan. Bu jonivorlarning ham halovati buzilgan. Barxanlardan 
odamzod oyog‘i arimaydi. Tunovi yili shu yo‘ldan o‘tayotganida qumlikka saksovul ekib 
yurganlarni ko‘rgan edi. Saksovul ikki qarich bo‘lib qolibdi. 
— Qumga bir narsa ekilgan, shekilli? — dedi Niyoz Davronga qarab. 
— Erta bahorda rayhon sepib qo‘yishgan edi, — dedi Davron Niyozning johilligidan 
g‘ashi kelib. 
Juda ishondim, — dedi Niyoz uning kinoyasini tushunib. 
— O‘rtog‘ingiz hazillashyaptilar. Qumlikka saksovul ekishgan. 
— Saksovul? Nima keragi bor ekan? Bu yerlarni o‘zlashtirmoqchi edi-ku? 
— Nima deyapsiz, salkam o‘n ming gektar keladi bu qumlik. Epaqaga keladigani 
o‘zlashtirildi. Qumni yerga ko‘mib, soz tuproq tortib paxta ekishyapti. Dalani qum 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling