Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
kengaytir desa, butun vodiyni quling o‘rgilsin sahroga aylantirib beradi. Biz katta avlod 
orasidagi qobiliyatsiz olimlardan ranjiymiz. Bu sohada qanday o‘rnashib qolgan, nima 
uchun zukko ustozlar ularga yo‘l ochib berishgan, deb bosh qotiramiz. Mana javob: 
Niyoz ilm dargohiga qanday kirdi, qanday yuribdi. Uning porloq istiqboli ham tayin. Hech 
qachon xor bo‘lmaydi. Qarigan chog‘imizda bir yosh yigit kelib: «Niyoz Mansurov degan 
savodsiz odam arxeologiyada nima qilib aralashib yuribdi?», deb qolsa javob bera 
olamizmi?» 
Qumlik ortda qolgach, Davron yo‘l ko‘rsatib ketdi. Shunda ham Niyoz uzuq-yuluq 
«ilmiy» axborotlarning bir talayini aytib tashladi. Mashinalari rayon markazidagi kitob 
do‘koni oldida to‘xtashi bilan ichkaridan past bo‘yli, to‘ladan kelgan bir yigit chiqdi-da
ularga peshvoz yurdi. Davron bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Qolganlar bilan ikki qo‘llab, 
quyuq so‘rashdi. Davron uni «Kamolxo‘ja, sinfdoshim, shu rayonga ichkuyov», deb 
tanishtirdi. Kamolxo‘ja mehmonlarning muddaosini eshitgach, «Avval eshikka 
o‘tmaymizmi?», deb so‘radi, so‘ng javob kutmay «Mayli, eshikka oqshomda o‘tamiz, 
men tezdayla qaytaman», deb mashinasiga o‘tirdi-da, qayoqqadir ketdi. Yarim soatga 
qolmay yetib keldi. Mashina tepasiga baliq ovlaydigan to‘r tashlab olgan. Yonida uzun 
bo‘yli oriq yigit. Davron uni darrov tanidi — Zokirali. Baliq ovi desa o‘zini tomdan 
tashlaydigan Zokiralini bu atrofda tanimaydigan odam yo‘q desa bo‘ladi. Kamolxo‘ja 
kimni ishga solishni biladi. 
Zokirali Davron bilan omonlashgach, «Vaqtim ziq, bir soatga so‘rab keldim», dedi. 
Kamolxo‘ja «jim bo‘l», deganday qo‘l siltab uni mehmonlarga tanishtirdi: 
— Muchali tuya, — deb qistirib ham qo‘ydi. 
— Hayron bo‘lmaysizlar, mehmonlar, — dedi Zokirali uning haziligi javob qaytarar 
ekan, — kitob do‘koniga mol mudir bo‘g‘ondan boshlab muchal bitta ko‘payib qog‘an. 
Hamma miriqib kuldi. Kamolxo‘ja: «Olding, tuya, olding!» deb uni yelkasiga qoqib 
qo‘ydi. Hamma Kamolxo‘janing mashinasiga o‘tirdi. To daryoga yetib borgunlaricha 
askiya tinmadi. Davronga ularning odatlari yaxshi tanish. Bu yerliklarning og‘ir hazil 
qilishlarini, har bir odamningn laqabi bo‘lishini Yigitali aka ham biladi. Shuning uchun u 
ham askiyaga qo‘shildi. Faqat Niyozgina bu ochiq og‘ir askiyaning oqibatini o‘ylardi. 
«Hazillari chinga aylanib kayfni buzishmasa edi», derdi. Na Kamolxo‘ja, na Zokirali 
Niyozning kimligi bilan qiziqdi. Davron ham uni tuzuk-quruq ta’riflamadi. Ustiga-ustak 
Niyozga so‘z tegmadi. U ko‘proq mana shundan ezildi. Bu quvnoqtabiat mezbonlardan 
nafratlandi. Ayniqsa ular askiya orasida: «Hayron bo‘lmaysizda, mehmon, hazilimiz 
shunaqa», deb qo‘yishganda: «Nima, men to‘nkamijozmidim, askiyaga 
tushunmaydigan», deb g‘ijinardi. 
Mashina qumli qirg‘oqda to‘xtadi. Zokirali tushgan zahoti hech kimga qaramay to‘rni 
olib yoydi-da, uzilgan yerlarini ulay boshladi. To‘rni hatto baliqchilarning piriga ham 
bermaslik kerakligini necha bor aytib kimnidir so‘kdi. Kamolxo‘ja esa mashinaning 
yukxonasini ochib ikkita eski ko‘rpacha, keyin to‘rxaltadagi ichimlik va yegulik narsalarni 
qurib, qovjirab qolgan o‘t ustiga qo‘ydi. So‘ng ikkita piyolani to‘ldirib aroq quydi-da, 
birini Niyozga uzatdi. 
— Oling, mehmon, tanishganimiz uchun! — U shunday deb piyolani bo‘shatdi. Gazeta 
ustida tartibsiz qalashib yotgan somsadan gazak qilib, Zokiraliga qaradi.
— Senam kuydirgingga ichvolasanmi? — Kamolxo‘ja undan javob kutmay piyolani 
to‘ldirib uzatdi. 
— Ma, mehmon bilan ol. Qani, mehmon, oxirigacha, salomatlik bo‘laversin... 
Niyoz qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, zo‘rlab oxirigacha ichirishdi. «Dam olish» shu 
zaylda boshlandi. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling