Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
— D’Artanyan kelmaydi, deganimdan beri o‘zi Atos bo‘lib uni izlab topmoqchi. 
— Bunday qilish yaramaydi. 
— Sabab? 
— Siz bolaning sururini jilovlab qo‘ygansiz. 
— Shunday bo‘lgani ma’qul. 
— Meningcha, bu haddan tashqari qattiqqo‘llik. 
— Balki zolimlik ham dersiz? 
— Shunday desa ham bo‘ladi. Bola kinodagi d’Artanyanni yaxshi ko‘rib qolgan. U bilan 
uchrashishni orzu qiladi. Qahramonlikka intiladi. Siz esa uning yo‘lini to‘sasiz. 
— Majburman. Uning aldanib qolishini istamayman. Kino boshqa, hayot boshqa. 
Intilgani, orzu qilgani bilan topolmaydi-ku, to‘g‘rimi? D’Artanyan bu zamonda yo‘q. 
Bo‘lishi ham mumkin emas. Undan ko‘ra real narsalarni orzu qilishni o‘rgatishimiz kerak. 
— Ammo... 
— Biz bu haqda yetarli gaplashib olgan edik, qaytarishning hojati bo‘lmasa kerak. 
Yaxshisi, ishingizdagi yangiliklardan gaplashaylik. Shuncha yerni kavlab nima topdingiz? 
Ish haqidagi gaplar bari bir suhbatni jonlantirmadi. Mahbuba peshindan so‘ng 
xayrlashdi. Davron uni katta yo‘lgacha kuzatib qo‘ydi. Mahbuba uning yarasini yangilab 
ketdi. 
Davron yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgani uchun yosh uylangan edi. Institutda o‘qiyotgan kezlari 
qishloqqa tez-tez kelib turar, ba’zan xotinini shaharga olib qaytar edi. U xotinining 
chiroyidan nolimasdi. Ammo uning yengil o‘ylashi, jizzakiligi sira yoqmasdi. Qishloqda 
qolgan kezlari onasi bilan aytishishlarini bilsa ham avvaliga indamay yurdi. Oxir sabr 
kosasi to‘lib tartibga chaqirganda «onangiz chaqqan-da», leb o‘zini yuldi. Davron 
xotinining bu qadar befahmligiga chidab turolmadi. Anchagacha qo‘ydi-chiqdi bo‘lib 
yurdilar. Davlat imtihonlari arafasida onasi qattiq og‘rib qoldi. Davron uni shahardagi 
kasalxonaga olib keldi. Tunlari o‘zi navbatchilik qildi. Imtihondan bir kun avval xotiniga: 
«Buguncha siz navbatchilik qiling», deganda u odaticha po‘ng‘illab: «Men onangizning 
axlatini tozalayman deb sizga tegmaganman», dedi. Davronning ko‘z oldi qorong‘ilashib 
ketdi. Xotini odam emas, alvasti bo‘lib ko‘rindi. Ikki kundan so‘ng onasi olamdan o‘tdi. 
Davron xotini bilan uzil-kesil ajrashdi. 
O‘tgan qishda qadimiy manbalardan foydalanishga ehtiyoj sezib qo‘lyozmalar ilmiy-
tekshirish institutiga keldi. Shu yerda ishlovchi qorachadan kelgan bo‘liq juvon e’tiborini 
tortdi. Burnining bir oz puchuq ekanini aytmasa, ko‘zlari kulib turuvchi bu juvonning 
istarasi issiq edi. Ayollarga gap tashlab, ilitib olish iste’dodidan bebahra bo‘lgan Davron 
uni zimdan kuzatar, aytilishi kerak bo‘lgan gaplari ichida qolib ketardi. Xonadagi 
ayollarning gap-so‘zidan bu juvonning bevaligini bilib bir kuni sayrga taklif qildi. Ayol noz 
qilib o‘tirmay rozi bo‘ldi. Davronning qalbiga o‘t qalagan bu juvon — Mahbuba edi. 
Shundan so‘ng bir-ikki marta kinoga kirishdi, oqshomlari sayr qilishdi. Darhaqiqat
Mahbuba aqlli ayol edi. Davron, Mahbuba so‘ramasa ham xotini bilan ajralish sababini 
aytib berdi. Mahbuba uning hikoyasini jimgina eshitdi. Davronga «Siz haq yoki nohaq 
bo‘lgansiz», ham demadi. 
— Nimaga indamay qoldingiz? — dedi shunda Davron. 
— Biron narsa deyishim kerakmi? 
— Har holda... 
— Yo‘q, men biror xulosa chiqarolmayman. Siz o‘zingizcha haqsiz, xotiningiz o‘zicha. 
Xotiningizni yoqlasam, sizga malol keladi, sizni yoqlasam... Har holda xotin kishining 
ahvolini tushunishga harakat qilish kerak. 
— Axir... 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling