Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
avtobusga o‘tirib Yozyovon tomonga jo‘nadi. Shu kunlar ichi xayolida bir reja kurtak 
ochgan, ammo uni amalga oshirish yo‘lini belgilay olmay garang edi. 
Avvaliga kolxozga borib Yigitali akani topmoqchi ham bo‘ldi. Biroq xayolimni bir yerga 
to‘plab olay, degan qarorga kelib to‘g‘ri qazilma manziliga o‘tib ketdi. 
Chodirlar yig‘ib olingan. O‘ydim-chuqur yer yetim qolgandek mung‘ayib turibdi. Yengil 
shabada qo‘zg‘algan kezlari g‘ubor bir ko‘tariladi-yu, go‘yo eringanday, yana ohista 
yerga qo‘nadi. Xayolini jamlash maqsadida bu yerga kelgan Davron kalavaning uchini 
butunlay yo‘qotdi. Uzoq vaqt nest bo‘lib turdi. Keyingi kunlar ichidagi voqealar, ko‘rgan 
odamlari, suhbatlar, g‘ijirlab asabga teguvchi eski charxpalak singari qayta-qayta yodiga 
tushaverdi. Turaverib oyoqlari toliqdi. Asta yurib pastga tushdi. Darhaqiqat, yer ko‘p 
kavlandi. Ammo natija yetarli bo‘lmadi. Lekin bu hech qachon, hech qaerda ishni 
muddatidan ilgari, chala holda tugatishga asos bo‘lgan emas. U odam yo johil, yo 
xudbin, yo olchoq yoki hiylagar. Balki shu to‘rt «fazilat»ni birato‘la o‘zida 
mujassamlantira olgan badbaxtlardandir? Mana shu yer, mana shu tuproq necha asrlarni 
ko‘rdi, necha xil voqeaga guvoh bo‘ldi, necha-necha odamning qonini, ko‘z yoshini 
shimdi. Shuning uchunmi, tuproqqa ham, zaminga ham tabarruk, deb nisbat beriladi. 
Ammo tabarruk tuproqni toptab o‘tgan necha-necha ablah hech kimning xayoliga 
kelmaydi. Zamin odamzodning hamma toifasini ardoqlab, bag‘ridan necha yillab joy 
beradi. Agar Yerda insonning hissi, tuyg‘usi bo‘lgandami, yelkasida shunchalar 
haromxo‘r borligini bilib allaqachonlar yorilib ketardi. Odamzodning baxtiga zamin 
insonning toifalarga ajralganini bilmaydi. 
Davron shunday xayollar og‘ushida tekshirilayotgan yerlarni aylanib chiqdi. Yuqoriga 
ko‘tarilib, changni to‘zitganicha yaqinlashayotgan mashinaga ko‘zi tushdi. Mashina 
Davronning shunday yonida to‘xtadi. Chang to‘zoni mashinani quvib yetib, atrofini bir 
zumgina quyun kabi o‘rab turdi. Bu orada mashina eshigi ochilib Yigitali aka ko‘rindi. U 
qo‘li bilan changni haydagan bo‘lib Davronga yaqinlashdi. 
— Sizni o‘g‘lim katta yo‘l yoqasida ko‘rib qolgan ekan. Xabaringizni eshitib shu 
yerdadirsiz, deb kelaverdim, — dedi Yigitali aka u bilan omonlashib bo‘lgach. 
— Rahmat, rais buva, — deb jilmaydi Davron, — o‘zim ham hozir siz tarafga 
bormoqchi bo‘lib turuvdim. 
— Qani, bo‘lmasa ketdik. 
Yo‘l-yo‘lakay Davron bo‘lgan gaplarni qisqa qilib aytib berdi. Yigitali aka uning 
so‘zlarini bo‘lmay eshitdi. Faqt ba’zan «attang», «chakki bo‘libdi», deb qo‘ydi. Davron 
sarguzashtini tugatgach, «Bir gap bo‘lar kuyunavermang», dedi-yu, tayinli maslahat 
bermadi. Shu bois Davron o‘ylab kelgan rejasini aytishga istihola qildi. 
Uyga borishdan oldin kolxoz idorasiga kirib o‘tdilar. «Bir daqiqalik ish bilan» idoraga 
kirgan rais oqshom chog‘ida qaytib chiqdi. 
— Davronbek, sizga bir maslahat bor, — dedi u mashinaga o‘tirgach. So‘ng 
hamsuhbatidan sado chiqishini kutmay so‘zini davom ettirdi. — Agar biror ishni 
mo‘ljallab qo‘ymagan bo‘lsangiz, kolxozimizga a’zo qilib olamiz. 
— Ie, — deb kuldi Davron, — kolxozda nima ish qilaman? 
— Traktorchilar yetarli, suvchilikni sizga ishonmayman... Bo‘zchi bilganini to‘qigani 
ma’qul. Siz qazishmalaringizni davom ettirasiz. 
Aslida Davronning ham maqsadi shu edi. Kolxozdami yoki maktabdami ishlab, bo‘sh 
vaqtida qazishmani yolg‘iz o‘zi bo‘lsa ham davom ettirishni reja qilgandi. Biroq raisning 
o‘zidan bu taklif chiqishini sira kutmagan edi. Rais shunchaki mehribonlik qilyaptimi yo 
bu ishdan kolxozga manfaat ko‘ryaptimi? Har holda bir sir bor. Davron ana shu sirdan 
voqif bo‘lish uchun o‘smoqchilab so‘radi: 
— Kolxoz shuning uchun menga haq to‘laydimi? 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling