Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
qishloqqa qaytgach ham tayinli ishga qo‘l urmadi. Boqqa qorovullik qilib, bo‘sh vaqtini 
yana kitoblarga sarfladi. Davron o‘qishga ketadigan chog‘da unga bir kitob sovg‘a qildi. 
— Shu yerda o‘qib ol. Bundan so‘ng bironta ham kitob o‘qiy olmaysan, —dedi u. 
— Nimaga? — dedi Davron bu gapdan ajablanib. 
— Shaharga borganingda bilasan. — Tal’at boshqa so‘z aytmay orqasiga qaytgan edi. 
Darhaqiqat, Davron bir-ikki yil badiiy asar o‘qiy olmadi. Institutning dastlabki 
kurslarida vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmay ko‘p qiynaldi. Keyinchalik barcha ish uchun vaqt 
topadigan bo‘ldi. Kitob ham o‘qidi. Faqat avvalgiday duch kelganini emas, tanlab, 
saralab o‘qidi... 
Bekat eshigidan chiqqach, katta ko‘chani kesib o‘tib daraxtzor o‘rtasidagi o‘rindiqdan 
joy olgunlariga qadar Davron mana shularni xayolidan o‘tkazdi. Tal’at ko‘krak 
cho‘ntagidan yarim chekilgan sigaretni olib tutatdi. Bir-ikki tortgach, yo‘tali tutdi. 
— Shu ham yoqmay qoldi, chekmay desam, o‘rganib qolganman, tashlashning iloji 
bo‘lmayapti. Cheksam yo‘tal tutadi. 
— Irodangiz bo‘shashib qolibdi. 
— Avval mustahkam edimi? — Tal’at qo‘l siltadi.— Bu sohada o‘zgarish yo‘q, kardinal. 
Ishlaring qalay? 
— Yomon emas. 
Yomon emas, deganing «unchalik yaxshi emas», degan ma’noni ham anglatadi. 
Bekatda dovdirab turganingdan biluvdim. Lekin nima uchun yaxshi emasligini 
surishtirmayman. Bu sening shaxsiy ishing. 
— Bitta ablah odam bor... — Davron o‘zi bilmagan holda yorila boshladi. Lekin Tal’at 
uni gapirtirishga qo‘ymadi. 
— Agar bu dunyoda faqat bittagina ablah odam bo‘lsa, do‘ppini chambarak qilib yursa 
arzirdi. Ha, mening qishloqdan nima uchun ketayotganimni bilmaysan, a? 
— Bu sizning shaxsiy ishingiz... — dedi Davron uning gapiga shama qilib. Tal’at bunga 
e’tibor bermadi. O‘chib qolgan sigaretasini yana yondirdi. 
— Qishloqning tinchi buzildi. Zavod qurilayotganini eshitgandirsan? Endi qishlog‘imiz 
shaharga aylanarkan. O‘zim shahardan bezib qishloqqa qaytib kelgandim. Endi qayga 
borishni bilmay garangsib turibman. 
— Tal’at aka, bir gap aytaymi? 
— Aytma, kardinal. Nasihatga muhtoj emasman. Yaxshisi ortiqcha puling bo‘lsa ozroq 
qarz ber. Tilanyapti, deb o‘ylama. Tirikchilikka yetarli mablag‘im bor. Faqat biror yerga 
borib ishga joylashgunimcha yetmay qolishi mumkin. Birinchi maoshimdan qaytarib 
yuboraman. 
Davron cho‘ntagida borini berdi. Har ehtimolga qarshi deb, o‘ziga bir-ikki so‘m olib 
qoldi. 
Tal’at pulni qo‘lida ushlab, unga tikilganicha jim o‘tirdi. Aftidan pul so‘rashga so‘rab 
qo‘yib, endi ichini it tatalayotgan edi. 
— Qishloqqa borsang... opamnikiga kir. Kitoblarimni o‘sha yerda qoldirganman. Bir 
to‘pini sen uchun ajratib qo‘ygan edim. Hammasini ola qol. Bari bir u yerda hech kim 
yolchitib o‘qimaydi. Xor bo‘lib, titilib ketadi. Sen yaxshi asraysan... Pul berganing uchun 
in’om qilayotganim yo‘q, avvaldan shunday niyatim bor edi... Qarzimni albatta 
qaytaraman. 
— Qistayotganim yo‘q shekilli? Kitoblarni sota qolmabsiz-da? 
— Kitob sotganimni ko‘rganmiding? Ularning har bir sahifasiga umrimni berganman-
ku!? Odam umrini sotishi mumkinmi? Sotolmaydi. Odam faqat ikki narsasini — baxtini 
yoki qayg‘usini sotishi mumkin. Baxtini qizg‘anadi. Qayg‘usini esa hech kim olmaydi. 
Hatto sen ham meni tushunmaysan... 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling