Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Tal’at pulni cho‘ntagiga solib o‘rnidan turdi. 
— Uyga borib choy-poy ichaylik. 
— Yo‘q, uyingga bormayman. Choy desang mayli, choyxonaga o‘taylik. 
Ular anhor yoqasidagi choyxona tomonga yurdilar. Tushlik payti yaqinlashgan edi. 
Davron bir choynak choy bilan ikki piyolani xontaxtaga qo‘yib «Bir chinnidan lag‘mon 
olib kelay», deb yemakxona tomonga o‘tdi. Navbat kutib picha turib qoldi. Ikki qo‘lida 
ikki kosani ko‘tarib choyxona tomonga o‘tdi-yu, hozirgina Tal’at o‘tirgan joyning bo‘shab 
qolganini ko‘rib ajablandi. Xontaxta ustiga to‘ntarib qo‘yilgan piyolani olgach, voqeaga 
tushundi: Tal’at Davron bergan pulni shundayligicha qo‘yib ketibdi... 
Davron avvaliga uning orqasidan bormoqchi bo‘ldi. So‘ng borishning befoydaligini bilib 
joyiga qaytdi. Dili battar xufton bo‘lib tomog‘idan ovqat o‘tmadi. Tez-tez yurib ko‘chaga 
chiqdi-da, trolleybusga o‘tirib uyiga jo‘nadi. 
Ko‘cha yuzidagi oynavand do‘kon oldi gavjum edi. Davron beixtiyor o‘sha tomonga 
yurdi. Muzdek pivoni ketma-ket sipqorgach, sal kayf qildi. Ko‘ngli xush bo‘lmay, battar 
asabiylashdi. Shunda ham turgisi kelmadi. Atrofda to‘p-to‘p bo‘lib o‘tirgan 
pivoxo‘rlarning ayrimlari faqat o‘zlari tushunadigan payrovda askiya qilar, ba’zilari qattiq 
bahslashar, yana birovlari sigaret tutatganicha xotirjam suhbat qurar edi. Davronga 
o‘xshash yakka-yolg‘iz pivoxo‘rlar esa ularga qiziqishsiz qarab o‘tirishar edi. Pivo ta’sir 
qildimi yo havoning qizigani sabab bo‘ldimi, har nechuk uni uyqu bosdi. Ko‘zlari yumilib 
ketaverdi. Shuning uchun o‘rnidan turib uyiga ketdi. 
Xonasiga kirib cho‘zilishi bilan uyqu qochdi. Ertalabki noxush suhbat, yozib tashlab 
kelgan arizasi xayolidan nari ketmay qoldi. O‘rnidan turib ketdi. Xonada bir oz yurib 
yana yotdi. Yana turdi. Kitob olib o‘qimoqchi bo‘ldi. Ko‘zlar harf teradi, ammo nima 
o‘qiyotganini o‘zi ham bilmaydi. Satr oxirlamay turib so‘zlarni unutadi. Shu zaylda azob 
chekib o‘tirganda qo‘ng‘iroq jiringladi. Erinibgina turib eshikni ochdi. Ostonada jilmayib 
turgan Mahbubani ko‘rib ko‘zlariga ishonmadi. 
— Ostonada so‘rashish gunoh hisoblanarkan, — dedi Mahbuba kulimsirab. 
Davron shundagina xayolini jamlab uni ichkariga taklif qildi. Betartib sochilib yotgan 
narsalarni shoshib yig‘ishtirishga tushdi. Mahbuba uning harakatlariga bir oz qarab turdi-
da, keyin yordamlasha boshladi.
— Siz... urinmang, o‘zim... o‘zim yig‘ishtirib qo‘yaman. Mehmonning ishlashi ayb 
bo‘ladi. 
— Erkak kishining uyda ivirsib yurganini ko‘rsam g‘ashim keladi. 
Davron kulimsirab qo‘ydi. 
— Sizni ko‘chada ko‘rib qoldim. Ishxonangizga telefon qilsam, bir qiz ishdan bo‘shab 
ketdilar, dedi. Hayron bo‘lib uyingizga kelaverdim. Tinchlikmi o‘zi? 
— Tinchlik... 
— Aytishib qoldingizmi? 
Davron bosh irg‘adi. Ayol kishiga hasrat qilishni istamadi. Ammo Mahbuba gapni 
aylantirib shu mavzuga taqayvergach ariza yozishining boisini qisqa qilib aytdi. 
— Faqat «Burgaga achchiq qilibsiz, irodangiz bo‘sh ekan», demang. Nasihat ham 
qilmang, iltimos. 
— Endi nima qilmoqchisiz? 
— Bilmadim. 
— Qo‘li kuchli birni, bilimi kuchli mingni yengar, degan hikmat bor. Yig‘lamsirash sizga 
yarashmaydi. 
— Nima dedingiz!? Yig‘lamsirash?.. — Boshqa so‘z aytishga, o‘zini oqlashga, 
Mahbubaning nohaqligini isbotlashga tili aylanmadi. Mahbuba uni haqorat qilish niyatida 
bunday demadi. Achinganidan, kuyunganidan aytdi. O‘ylab qarasa, bir jihatdan gapi 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling