Mavzu: Misr va Bobil qo’lyozmalaridan to’plangan ba’zi manbalar taxlili


Download 280.05 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi280.05 Kb.
#1612745
Bog'liq
MAVZU misr va bobil qo\'lyozmalari (2)

MAVZU: Misr va Bobil qo’lyozmalaridan to’plangan ba’zi manbalar taxlili

Misrliklarning sanoq sistemasi Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlar misrliklarda o'nli sanoq sistemasi mavjud bo'lganligini bildiradi. Ulardagi ba'zi belgilar 1 dan 107 gacha borgan. Ular birni o'lchov cho'pi, o'nni bo'yunturuq, yuzni o'lchov arqoni, mingni nilufar guli, o'n mingni ko'rsatgich barmoq, yuz mingni qushcha, millionni hayratdagi odam, o'n millionni quyosh ko'rinishida yozishgan

Misrda matematik ma'lumotlarni va boshqa yozuvlarni qayd qilib boruvchi kitoblar bo'lgan. O'rta podshohlik davriga (er.avv. 2000-1700) doir turli xil xo'jalik yozuvlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ular orasida matematik yozuv bilan birga kichkina maxsus matematik qo'llanma ham bor. Bu qo'llanma kotiblarga mo'ljallangan. Shunday matematik papiruslardan ikkitasi saqlanib qolgan.

London papirusi, kotibi Axmes, shuning uchun uni Axmes papirusi, ya'ni papirusning londonlik egasi Rayndning nomi bilan "Raynd papirusi" ham deyishadi. Papirusning bo'yi 5,25 m, eni 33 sm, unda 84 ta matematik masala bo'lib, u e.o. 2000 yillarda yozilgan. Moskva papirusi-bo'yi 5,44m, eni 8 sm, unda 25 ta masala bor. Bu papirus ham Misrning o'rta podshohlik davri (e.o.2000-1700 yillar) ga to'g'ri keladi. London papirusi Eyzenlor va Baboninlar o'rganishgan. Moskva papirusini esa akademiklar B.A.Turayev va V.V.Struvelar tatbiq qilishgan va 1930 yili rus tilida nashr qilishgan.

Misr matematikasida kasrlar. Kasrlar asosan yer maydonlarini o'lchash, bu maydonlarni qismlarga ajratish natijasida vujudga kelgan. Shu sababli ham kasr birlikning qismini ifoda etgan. Belgilanganda ham birlikning qismi sifatida belgilangan. Eng qadimgi kasrlar-ikkilangan kasrlar hisoblanadi.

Qadimgi bobil matematikasi. Eramizdan oldingi XXIV asrlarda Yevfrat va Tigr daryolari oralig'ida ikki quldorlik-Janubda Shumerlar, shimolda Akkadlar davlati vujudga keldi. Ularning asosiy mashg'ulotlari sug'oriladigan yerlardagi dehqonchilik edi.

Bobilliklarning mixxatlari o'tgan asrning o'rtalarida kashf etildi. Ammo ko'pgina olimlar bu jadvallar diniy bo'lsa kerak degan aqida bilan ularga unchalik ahamiyat berishmadi. Lekin e.o. VII asrga taalluqli shoh Ashshurbanipapalning kutubxonasi topilgach, unga qiziqish ortdi. Topilgan 20 mingga yaqin jadvallar orasida, matematikaga taalluqli jadvallar ham anchagina ekan.

Bobilliklarning sanoq sistemasi Shumerlar sonlarni loydan yasalgan taxtachaga uchqurlangan tayoq-chani bosish bilan yozishgan. Agar tayoqchaning doira shaklidagi uchini og'maroq holda bosilsa, Ellips hosil bo'ladi, bu birning belgisi; to'g'ri burchak ostida bosilsa, doira hosil bo'ladi, bu o'nning belgisi. Keyinchalik tayoqchaning o'tkir uchidan foydalaniladigan bo'ldi, u holda birning belgisioddiy pona shaklida bo'lib qoladi. O'nning belgisi prizma shaklidagi tayoqchani og'maroq bosishdan hosil bo'ladi

Shumerlar hisoblashlarda 60li sanoq sistemasidan, boshqa hollarda esa o'nli sanoq sistemasidan foydalanishar edi. Matematik va astronomik matnlardagina sonlar o'lchovlarida aralash yozuv ishlatilar edi. Masalan, 225 ni «2 me 25» deb atashadi, bunda «me» yuzni anglatadi.

E’tiboringgiz uchun rahmat.


Download 280.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling