Sharof Rashidovich Rashidov
Download 34.74 Kb.
|
1-22 sharof rashidov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy maʼlumotlari Tavalludi
- Fuqaroligi Millati
- Siyosiy partiyasi
Sharof Rashidov Sharof Rashidovich Rashidov 6-noyabr 1917-yil tugilgan — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni , Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax ped. texnikumini Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan Samarqand viloyati gaz.da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi noyabr —Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi. Oʻzbekiston KP MK 1kotibi KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod 2 marta Mehnat Qahramoni
Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari — „Chegarachi“ dostoni 1937-yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan „Qaxrim“ sheʼrlar toʻplami 1945-yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri — qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Gʻoliblar“ qissasini yozdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan „Boʻrondan kuchli“va „Qudratli toʻlqin“„Gʻoliblar“romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan „Kashmir qoʻshigʻi“ lirik qissasi Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi. Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. „Chigʻatoy“ qabristoniga dafn etilgan Rashidovning birinchi asari "Chegarachi" dostoni 1937 yilda nashr etilgan. 1945 yilda uning Ulug ' Vatan urushi (ikkinchi Jahon urushi) haqidagi she'rlar to'plami. Shundan so'ng foydalanilmayotgan yerlarni o'zlashtirish haqidagi "G'oliblar" qissasi, so'ngra 1958, 1964 va 1972 yillarda nashr etilgan "Bo'rondan kuchlii", "Qudratli to'qin" va "G'oliblar" romanlarini yozdi. Download 34.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling