Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
boshladi. Davron unga so‘zsiz ergashdi. Bir jihatdan hamqishlog‘ini uchratib xursand 
bo‘ldi. Tal’atning so‘rab-surishtirish odati yo‘q. 
Davron Tal’atni maktabda o‘qib yurgan kezlaridan beri biladi. Ammo shu paytgacha 
uning fe’liga tushuna olmaydi. Esi butun desang, dam tog‘dan, dam bog‘dan keladi. 
Hech kimning otini aytib chaqirmaydi. Birovga «kardinal», birovga «moestro», ayollarga 
«ledi» deb murojaat qiladi. Savdoyimikin, deb o‘ylasang, gaplari ma’nodan xoli emas. 
Odamlarga yomonlik qilmagan, og‘zidan haqorat uchganini hech kim bilmaydi. Ayni 
chog‘da u qishloqdagi tengdoshlariga kamdan-kam qo‘shilardi. Yigitlar choyxonada 
oshxo‘rlik qilayotgan damda u qaysi bir ovloq joyda yonboshlab kitob o‘qiyotgan bo‘lardi. 
Kitobni sevish, qadrlashni Davron Tal’atdan o‘rgangan. Davron o‘shanda to‘qqizinchi 
sinfda o‘qirdi. Harbiy xizmatdan qaytgan Tal’at shu sinfdagi Mashkuraga ko‘ngil qo‘ydi. 
Davron u kezlari Mashkuraning partadosh dugonasi bilan ko‘z urishtirib yurardi. Davron 
bilan Tal’atning yaqinlashuviga shu qizlar sabab, desa ham bo‘ladi. Chunki Mashkura 
Tal’at bilan uchrashuvga sira yolg‘iz bormas, tabiiyki, dugonasiga qo‘shib Davronni ham 
sudrardi. Ularning suhbatlari turli kitoblarda bayon etilgan voqealar atrofida bo‘lardi. 
Tal’at har uchrashuvga yangi kitob ko‘tarib kelardi. To‘g‘ri, ba’zan u maqtagan asarni 
oxirigacha o‘qishmasdi. Ular ko‘proq sevgi uchun kurashuvchi oshiq-ma’shuqlarning 
boshidan kechirganlari, ularning bir-biriga roz aytishiyu birinchi bo‘saning mazasi kabi 
gaplar yozilgan kitoblarni berilib o‘qirdilar. Davron o‘sha damdagi kitobsevarligini eslasa 
soddaligidan kulib qo‘yadi. Yo‘q, buni soddalik deb ham bo‘lmaydi. Mo‘ylablari endi sabza 
urib, ovozlari do‘rillab, qizlarning bilagiga barmoq uchi tegib ketganda entikadigan, kunu 
tun qizlarni o‘ylaydigan yoshda bundan o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin emas. Bu yoshda 
bir satr falsafa, bir satr aqlli gap ular uchun ortiqcha. Bir bo‘sa tarixini bayon etuvchi 
yostiqday kitob esa yetarli emasday tuyuladi. Xullas, ko‘z ochib yumguncha sururga boy 
damlarning nihoyasi ko‘rina boshladi. Gazetalarda yozilaverib siyqasi chiqib ketgan ibora 
bilan aytganda ular «mustaqil hayot ostonasiga» qadam qo‘ydilar. Qo‘ydilar-u, birgalikda 
uchrashuvlar, kitobxonliklar barham topdi. Tal’atning onasi Mashkuralarning ko‘chasini 
bir necha bor supurdi. Ikki yil mobaynida «Tal’at» desa ko‘zi yonuvchi Mashkura 
birdaniga o‘zgardi qoldi. Sovchilar quruq qaytishaverdi. Tal’at nima gap bo‘layotganini 
anglab yetmay Mashkuraning to‘yi haqidagi xabar tarqaldi: u RayPO mudirining o‘g‘lini 
tanlabdi. Tal’at buni eshitdi-yu, qishloqda ko‘rinmay qoldi. Davron bir kuni Mashkurani 
ko‘chada uchratib «Nimaga bunday qilding?» deb so‘radi. U esa qoshlarini chimirib: 
«Nima, u bilan chimildiqda ham kitob o‘qib o‘tirishim kerakmidi?» dedi. Davron 
quloqlariga ishonmadi. Mashkuradan shunday gap chiqishi, uning bu qadar tez o‘zgarishi 
yetti uxlab tushiga kirmagan edi. 
Davron o‘sha yili o‘qishga kiraman, deb shaharga yo‘l oldi-yu, quruq qaytdi. Kuzda 
harbiy xizmatga ketdi. Xizmatni tugatib, institutga kiraman deb yurganida Tal’at 
qishloqqa qaytib keldi. U uch yil shaharma-shahar yuribdi. Institutga ham kirib o‘qibdi. 
Ammo o‘qish yoqmay, tashlab qishloqqa qaytibdi. 
— Shaharning ohanrabosi bor, deb o‘ylardim, — dedi u bir kuni Davronga yorilib. — 
Yo‘q, aldamchi his ekan. Shaharlarning havosiga, shovqiniga, harakatiga ko‘nika 
olmadim. Kunda yigirma to‘rt soat harakatda bo‘lsang ham vaqt yetishmaydi. Bunday 
orqangga qarasang, umring bekor o‘tayotganga o‘xshaydi. 
Davron o‘shanda unga tayinli bir gap aytolmagan edi. Keyinchalik o‘zi shaharda o‘qib, 
ishlab yurgan kezlarda uning bu gapini ko‘p esladi, mulohaza qildi. Tal’at mutlaqo nohaq 
edi. U shaharlarni maqsadsiz kezdi. Institutga ham bemaqsad kirdi. Shuning uchun 
oxirigacha o‘qigisi kelmadi. U yashamoqning mazmunini (garchi ko‘p o‘qigan bo‘lsa-da) 
yaxshi anglab yetmagan edi. Shu sababli umri besamar o‘tayotganady tuyulardi. U 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling