Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
— Keling, bu haqda tortishmaylik. Men maqsadingizni tushundim. Siz endi mendan 
ajralishim boisini so‘ramoqchisiz. Erimni yomonlamayman, chunki uni yaxshi ko‘rib 
tekkanman. Qo‘pollik qilmagan, sira so‘kmagan, mast-alast yurmasdi, aqlli edi. Lekin 
turmush uchun shuning o‘zi kifoya emas ekan. U eng muhim narsani — mustaqil hayot 
kechirishni bilmas edi. Hatto bolalik bo‘lgandan keyin ham ota-onasining og‘ziga qarardi. 
Ota-onasi nima desa shu. Yot desa yotadi, tur desa turadi. Manavi ishni qil, desa 
bajaradi, qilma desa, tegmaydi. Men «teatrga boraylik», desam, otasidan maslahat 
so‘raydi. Qaynatam bormanglar desa, indamay bo‘yin egib kelaveradi. Qaynatam bilan 
qaynanam ham yomon odamlar emas edi. Ammo ularning dunyo-qarashi boshqa, bizniki 
boshqa. Ular boshqa davrda shakllanishdi, biz boshqa davrda. Ular teatrsiz ham yashash 
mumkin, deyishadi. Ammo biz bunday qilolmaymiz-ku! Buni ularga yotig‘i bilan 
aytsangiz tushunishadi-ku. Yo‘q, erim buni aytolmas edi. Gapimni to‘g‘ri tushuning, men 
uni ota-onasidan bo‘yin tovlasin, demoqchi emasman. Erkak erkak bo‘lishi, mustaqil 
fikrlashi, hayot kechirishi kerak. Ayrim erkaklar g‘ururlarini yerga urib yurishadi. Meniki 
ham... Shuning uchun ajrashdik. 
— Erkak kishining bunchalik bo‘lishi yaramaydi. 
— Iltimos, erimning yaxshi-yomonligini muhokama qilmang. 
Shu suhbatdan so‘ng Davronning unga nisbatan bo‘lgan mehri yanada ortdi. 
Oqshomgi sayrlardan birida unga muddaosini aytdi. 
— Shunday maqsadingiz borligini birinchi uchrashuvdayoq sezganman, — dedi 
Mahbuba. — Siz bilan birga yurib uyga kech qaytganimda o‘g‘lim kutib olardi. «Qaerda 
edingiz?», deb so‘rardi. «Uch mushketyor»ni ko‘rgandan beri d’Artanyan tilidan tushmay 
qolgan. Shuning uchun meni «d’Artanyanni ko‘rgani bordim», derdim. O‘g‘lim darrov 
meni so‘roqqa tutardi. «D’Artanyan biznikiga ham kelmadimi?», deb hol-jonimga 
qo‘ymasdi. 
— Siz nima deb javob qilardingiz? 
— Keladi, derdim... Lekin kecha... kelmaydi, dedim. 
— Nima uchun? 
— Buni sizga tushuntirishim qiyin. Nazarimda, hozirgi erkaklar ancha maydalashib 
ketganga o‘xshashadi. G‘iybat xotinlarga yarashadigan narsa. Lekin erkaklar ham 
g‘iybatdan bo‘shamay qolishgan. Mard, jasur, bir oz qo‘pol, epchil erkaklar oz juda. 
Buning o‘rniga xudbinlar, meshchanlar ko‘payib ketayotganga o‘xshaydi. 
— Unchalik emas... Erkaklar mardligi, jasurligini sizga qanday namoyish qilishi kerak? 
— Namoyish qilish shart emas. Odamning fe’li, xatti-harakatidan, so‘zlaridan bilinib 
turadi. Masalan, bir odam suvga cho‘kyapti, siz o‘ylab o‘tirmay qutqarishga 
tashlanasizmi? 
— Shaxsan menmi yo umuman aytyapsizmi? 
— Shaxsan o‘zingiz. 
— Men suzishni yaxshi bilmayman. 
— Axir bir odam o‘lyapti-ku! 
— Men o‘zimni suvga tashlaganim bilan uni bari bir olib chiqolmayman. O‘zim ham... 
— Ana, ko‘rdingizmi, siz ham yigirmanchi asr vakilisiz. Erkaklar, xotinlarning qosh-
ko‘zini maqtab, ashula aytib oh-voh qilib yuraverishadi... 
— Siz juda oshirib yubordingiz. Fikringizga mutlaqo qo‘shilmayman. Masalaga to‘g‘ri 
yondashish kerak.
— Ana ko‘rdingizmi, «masalaga yondashishimiz» butunlay boshqa-boshqa. Siz esa 
«d’Artanyan kelmaydi», deganimdan norozisiz. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling