Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Davron tiz cho‘kkanicha tik emas, balki yonboshlatib qo‘yilgan xumni ko‘zdan 
kechirdi. Keyin qo‘liga kurakcha bilan sim cho‘tka olib ishga kirishdi. Lanjlikdan asar ham 
qolmadi. Uch ishchi kuraklarini bir-biriga suyab tuproq uyumiga o‘tirdilarda, past ovoz 
bilan gurung boshladilar. Xumning atrofi tozalangach, asta ko‘tarib chetga oldilar. 
— Ichida bir narsa bormi? — dedi ishchilardan biri qiziqib. 
Xumning og‘zi ham qalin qilib suvab tashlangan edi. Davron uni bolg‘acha bilan asta-
asta urib ochdi. 
— Odam suyaklari, — dedi Davron xumning og‘zini ochgach. Keyin qo‘lini tiqib kalla 
suyagini oldi. — Bola ekan. Yana bor shekilli? Ha... Bunisi katta odamniki. Ikkovini 
xumga tiqib ko‘mishgan ekan. 
— Qachon? — dedi ishchilardan biri uning qo‘lidan kalla suyagini olib. 
— Sen tug‘ilmasdan burun, — dedi ishchilarning ikkinchisi. 
Qara-chi, sening urug‘laringdan emasmi? — dedi uchinchisi. 
Shu zaylda askiya boshlandi. Davron suyaklarni joyiga qo‘yib o‘rnidan turdi. 
— Anavi jonon kimni yo‘qlab kelyapti ekan, — dedi ishchilardan biri qo‘lini soyabon 
qilib. 
Atlas ko‘ylak kiygan, bir qo‘lida shamsiya, bir qo‘lida sumka ushlagan, qora ko‘zoynak 
taqqan ayol Davronning ko‘ziga issiq ko‘rindi. 
— Yana vakilmikin? 
— Bunaqa vakil har kuni kelsa ham mayli, — dedi ishchilardan biri. 
Davron yuqoriga chiqa boshladi. Yarim yo‘ldayoq ayolni tanidi — Mahbuba! Tanidi-yu, 
lol qoldi. Yuragi tez-tez ura boshladi. Oyoqlari esa zilday og‘ir. Ellik qadam emas, ellik 
chaqirim yo‘l bosib o‘tganday bo‘ldi. Mahbuba ko‘zoynagini olib, jilmayganicha unga qo‘l 
uzatdi. 
— Salom, kutmaganmidingiz? 
— To‘g‘risini aytaymi? 
— To‘g‘risini aytganingiz ma’qul. Kutgan edim, desangiz bari bir ishonmayman. 
— Ochig‘i, tushimga ham kirmagan edi. 
— Shu yerda turaveramizmi yo saroyingizga boshlaysizmi? 
— Ha, hozir. Siz hov anavi daraxt tomonga bora turing, men yetib olaman. 
Davron shunday deb pastga tushdi-da, yigitlarga qilinadigan ishlarni tayinlab iziga 
qaytdi. 
— Komandirovkaga kelgan edim. Ishlarim bitdi. Oqshomgi poezd bilan qaytaman. bir 
ko‘rib ketay, dedim. 
— Rahmat. 
— Nimaga? 
— Esdan chiqarmaganingiz uchun. 
— Siz unutiladigan odamlar toifasidan emassiz. Ammo men fikrimdan qaytganimcha 
yo‘q. O‘sha gaplar o‘z kuchida qoladi. 
— Bunga shak-shubham yo‘q. 
— Nima uchun?
— Fe’lingizni bilaman. Bir so‘zli ayolsiz. 
Oraga jimlik cho‘kdi. Davron Mahbuba oldida o‘zini noqulay sezdi. Nimadir deyishi, 
jimlikni quvishi, shuncha yo‘l bosib kelgan ayolni zeriktirib qo‘ymasligi lozimligini bilardi. 
Lekin nima deyishga hayron edi. Mahbuba unga qarab turib kuldi. 
— O‘tiring, nima, gapingizni yo‘qotib qo‘ydingizmi? 
— Yo‘-o‘q, nimaga endi... O‘g‘lingiz katta bo‘lyaptimi? 
— Ha, sho‘xlik qilib yuribdi. Qilichbozlikdan bo‘shamaydi. 
— D’Artanyan bo‘lmoqchimi? 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling