Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
qolardi... Butalar ortiga yovvoyilashgan sigirlar yashiringan. Biz yovvoyilashgan deymiz. 
Yo‘q, ular asliga qaytgan. Axir, qadimda yovvoyi holda yashagan-ku. Poda-poda bo‘lib, 
ahillik bilan o‘zlarini dushmanlaridan himoya qilganlar. Keyin esa odamlar ularni tartib 
bilan o‘ldirish uchun o‘z panohlariga olganlar. Endi bu hayvonlarning o‘zlarini himoya 
qilishlariga hojat qolmagan. Chunki nogahoniy o‘lim yo‘q. Yemish izlab sarson 
kezmaydilar ham. Hamma narsa muhayyo! Ana shularning bir nechasi asliga qaytibdi. 
Odamdan qochyapti... Ozodlikka, erkka o‘rganib, tartib bilan o‘lishdan nogahoniy fojiani 
afzal deb bilib, har narsani muhayyo qilguchi odamdan butkul nafratlanib, butalar 
orasidan panoh topib yuribdilarmi? Og‘ilxonalariga qaytgilari yo‘qmi? 
Ajab, taraqqiyotning yuksak pog‘onalariga intilayotgan odamlar ham ozginagina 
muddatga asllariga qaytsalar nima bo‘larkin? Yo‘l qo‘ygan, yo‘l qo‘yayotgan xatolarga 
darhol barham berishga o‘zlarida kuch, iroda topa olarmidilar? Yolg‘onchilik, adovat, 
ichqoralik, amalparastlik, xudbinlik, johillik, qiypichoq bo‘lish... Eh-he, biz nazarga 
ilmagan xastaliklar ozmi? Shular chakalak orasidan oydinroq ko‘rinar, balki davosi ham 
ravshan bo‘lar... Balki... lekin odam hech qachon asliga qaytmaydi...» 
— Eh-he-he-e! — Qayiqning orqa tomonida o‘tirgan yigit o‘rnidan turib qo‘l siltadi. 
Davronning xayoli bo‘lindi. Yigitga javob o‘rnida baqirib qo‘l siltayotgan baliqchi 
hamrohlariga qaradi. Orolni aylanib dam olish o‘rniga dili siyoh bo‘ldi. «Bema’ni 
injiqliklarim avjiga chiqyapti, nima keragi bor shunaqa xayollarni», deb o‘zini koyidi-da, 
o‘rnidan turib u ham qo‘l silkitdi. Tabiiyki, chakalakzorni panalab tikilib turgan sigirlarni 
sezmadi.
Baliq qovurilgach, Niyozni uyg‘otishdi. Ham araqning ta’siri, ham oftobda yotib 
qolganidan anchagacha o‘ziga kelolmadi. Turib, yuzini yuvib qaytguncha hech kim 
baliqqa qo‘l urmadi. «Ishtaha uchun» yana «oz-oz» otilgach, Niyoz asl holiga qaytdi. U 
qo‘liga bir parcha baliq olganicha tinmay javrar, boshqalar dasturxonga qarashni ham, 
qaramaslikni ham bilmay o‘tirishardi. Bu yerliklarda mehmonni gapirtirib qo‘yib ovqat 
yeyish odati yo‘qligini Davron yaxshi bilardi. Shu sababdan tez-tez Niyozning gapini 
bo‘lib turdi. 
Baliq sayli shu zaylda Davron uchun ko‘ngilxunlik bilan o‘tdi. Ayniqsa Niyozning bir 
qilig‘i o‘lganning ustiga tepgan bo‘ldi. Orqaga qaytayotganlarida Kamolxo‘ja yaqinroq 
yo‘ldan ketamiz, deb eni besh qadamlar keladigan sayoz anhorga duch keldi. 
— Obbo, la’nati, oqavaga ro‘para bo‘libmiz. Kechagina quruq edi, — dedi u. — Sizlar 
tushib turinglar-chi, bir harakat qilib ko‘ray. Balki o‘tib ketarman. 
Mashina o‘tolmadi. Oldingi g‘ildiraklari narigi qirg‘oqqa tegishi bilan to‘xtadi. Birinchi 
Zokirali, keyin Davron, ularning ketidan Yigitali aka ham poyabzalini yechib, shimlarining 
pochasini himarib suvga tushdilar. Ha, ha bilan mashinani chiqarib oldilar. Keyin 
to‘rtovlari ham ajablanib mehmonga qaradilar.
— Ha, o‘tmaysanmi? — dedi Davron unga. 
— Shamollab qolamanmi, deb... 
U so‘zini tugatmay Zokirali yana qayta suvga tushdi.
— Qani, opiching, mehmon, — dedi u yelkasini tutib. 
— E, Zokirali aka, qo‘yavering, o‘zi o‘tadi, — dedi Davron Niyozning qilig‘idan ranjib. 
Niyoz esa birpas ikkilanib turgach, opichdi. Zokirali uni olib o‘tdi. Oriq Zokiralining 
chillakday oyog‘iga, og‘ir yukdan egilib, qiltillab yurishiga, uning ustida chalpakday bo‘lib 
turgan Niyozga qarab Davronning ham kulgisi keldi, ham nafratdan bo‘g‘ildi. Kamolxo‘ja 
esa odati bo‘yicha Zokiralini askiya qilib kuldi. Yigitali aka askiyaga qo‘shilmadi. 
Achchiqlanganini yashirmasdan, indamay borib mashinaga o‘tirdi.
Kamolxo‘ja mashinasini to‘g‘ri uyga haydadi. Baland ishkom ostidagi yog‘och so‘rida 
joy tuzoqlik edi. Kamolxo‘janing ayoli oshxona ostonasida turganicha iymanibgina 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling