Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

BURGAGA ACHCHIQ QILIB... 
Mashina to‘xtaganda Davron qalqib ketdi. Ko‘zlarini ochdi. Yo‘lda uxladimi yo tush 
ko‘rdimi? Qandaydir g‘aroyibotlar bayon etilgan kitob o‘qiganga o‘xshaydi. Uzun bo‘y, 
yassi bosh odamlar xayoliga muhrlanib qolganday. Nima bo‘lyapti o‘zi? Kecha ham 
shunday voqealarga duch kelgandi. Bugun ham. Tush desa tushga o‘xshamaydi. Xayol 
desa xayolmas. Ajab?! 
Yigitali aka chiroqni yoqib-o‘chirib eshik tomonga imladi. 
— Malikai dilozorimiz kech kirganda ko‘chaga chiqib mening yo‘limni 
poylayotganmikinlar? — dedi kulimsirab. 
Davron javob bermadi. 


Davron (qissa). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
Mashinadan tushishlari bilan ayol eriga yaqinlashdi: 
— Yurish desayla, uchib ketasiz-a, shu topgacha tikilaverib ko‘zim oqib tushay dedi. 
— Shu yerga nuqta qo‘yib tur. Mehmon bor-a! 
— Mehmon ham bilib qo‘ysinlar-da. Lip etib chiqib ketibsiz, ana kelar-mana kelar, deb 
nima xayollarga bormadik. Raykomdan so‘rayverib bezor qilishdi. 
— Raykomdan? 
— Ha, raykom buvaning o‘zi qidirtiribdi. 
— Nima gapi bor ekan? 
— Men qaydan bilay? Sizga ming aytdim, shu rais bilan o‘chakishmang, ildizi qattiq, 
deb. Biron qiyiq axtarib topgandir-da. Qay mahalda kelsa ham raykomga uchrashsin
deb ketishdi. 
— Obbo! — dedi Yigitali aka do‘ppisini olib boshini qashigan bo‘lib. — Borib kelmasam 
bo‘lmaydi. Qani, siz ichkariga kiring. O‘g‘ling uydami? 
— Ha, televizorga qadalib futbol ko‘ryapti. 
— Chaqir darrov. Mehmonni zeriktirmasin. Men darrov qaytaman. 
Yigitali aka Davronni ichkariga uzatgach, mashinaga o‘tirdi. U tezda qaytmadi. 
Davronni uyqu bosdi. Ayvondagi ko‘rpacha to‘shalgan joyga cho‘zildi-yu, taomning 
pishishini ham kutmay uxlab qoldi. Tongda qushlarning chug‘uridan, ishkomdagi 
tartarakning ovozidan uyg‘ondi. 
Kelinchak hovli supurib yuribdi. Yigitali akaning ayoli samovarga o‘t qalash bilan band. 
O‘g‘li og‘ilxonada. O‘zi baland stol ustiga chiqib xomtok qilyapti. Davronning turganini 
ko‘rib, tokqaychini qo‘ydi-da, pastga tushdi. 
— Sizga ham uyqu bermadikmi? — dedi kulib, keyin qoziqdan sochiq olib Davronga 
uzatdi. 
— Tinchlik ekanmi, juda hayalladingiz? 
— Ha, tinchlik. Amaldor bo‘ladiganga o‘xshayman. 
— Chindanmi? Brigadirligingizga qaytdingizmi? 
Sal yuqoriroqdan kelavering, ha, Markazga xat yozishga hojat qolmadi. Haqiqat 
yuzaga chiqib, raykomning o‘zidayoq hal bo‘libdi. Bugun kolxozda umum majlisi. Raisni 
tushirishmoqchi. Menga rais bo‘lasan, deb turishibdi. Shuning maslahatiga yo‘qlatishgan 
ekan. 
— Rozi bo‘ldingizmi? 
— Mening roziligim hech gap emas, xalq rozi bo‘lsin. Xalq mengamas, men xalqqa 
suyanib ishlayman. 
Nonushtadan so‘ng Davronni mashinada eltib qo‘yishdi. 
Kechagi noxush sayrning oqibati sabablimi, nima uchundir qo‘li ishga bormadi. Uch 
ishchi ko‘hna uy poydevorining o‘rni topilgan yerni kavlashyapti. Atrof sokin. Tabiat ham 
mudrayotganday. Tepaliklar go‘yo o‘z bag‘riga qandaydir sirni yashirib, mag‘rur yastanib 
yotibdilar. Ular go‘yo ajdodlarimiz panjalarining iziga o‘xshaydi. Tabiat ko‘hna tarix 
sirlarini shunday muhrlab qo‘ygan. Davronning, unga o‘xshagan arxeologlarning vazifasi 
tabiat muhrini buzish, sirni ochish. Ayrim odamlar ularni eski buyumlarni izlab topib, 
eski shaharlarni ochib muzey qilishadi, deydilar. Bir jihatdan to‘g‘ri. Lekin Davron o‘z 
kasbining mohiyatini boshqacharoq belgilaydi. Tarix sirlarini ochish— kelgusida 
qo‘yiladigan xatolar oldini olishga xizmat qilishi kerak, deydi. Urushlar, qirg‘inlar 
natijasida xarob bo‘lgan, tuproqqa ko‘milgan har bir shaharning ochilishi urushga qarshi 
kurashda qurol bo‘lmog‘i kerak. Hozir bironta avlodi qolmagan jonivor yoki qush izining 
topilishi ko‘ngilochar ovga berilgan odamzodni ogohlantirishi zarur. 
Davron shu o‘ylar bilan turganda uni chaqirishdi. U tuproqni to‘zitib pastga tushdi. 
— Katta xum chiqdi, — dedi ishchilardan biri unga o‘yib qo‘yilgan yerni ko‘rsatib. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling