Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
so‘rashdi-da, o‘zini ichkari oldi. Zokirali kichkina to‘r xaltadagi baliqlarni oshxonaga eltib 
berdi. 
Qorong‘i tushgach, Davron Niyozning jilish niyati yo‘qligini sezib: 
— Rejang qanday? — deb so‘radi. 
— Menga bari bir, — dedi Niyoz yelkasini qisib.— Komandirovkadagi odamman... 
— Biz hozir izimizga qaytamiz. Borasanmi yo?.. 
— Qo‘y, o‘sha qazilmalaringni, bordim, ko‘rdim, yetadi. Menga ishonaver, seni 
qo‘llayman. Ishing yurishib ketadi. Men shu yerdan uyga qayta qolaman. 
— Qaytishga picha shoshmay turing, odamzodga dam ham kerak, — dedi Kamolxo‘ja 
ularning suhbatiga qo‘shilib. Buni eshitib Niyozning chehrasi yorishib ketdi: 
— Ammo o‘g‘ilbola gap aytdingiz. Oshnangizga ham o‘rgating shunaqa gaplarni. 
Kamolxo‘ja qancha avramasin, Davron oyoq tirab turib oldi. Oshdan so‘ng ikki 
piyoladan choy ichdilar-u, Niyozni Kamolxo‘janing ixtiyoriga topshirib yo‘lga chiqdilar. 
— Vakil qarg‘amijoz odam ekan, — dedi Yigitali aka mashina o‘rnidan jilgach. 
— Nimaga? 
— Qarg‘a uchib kelsa hech kim xursand bo‘lmaydi, uchib ketsa xafa bo‘ladigan odam 
topilmaydi. Elning qarg‘ishiga uchragan odamni ana shunaqa — qarg‘amijoz deydilar. 
Davron birovning orqasidan yomonlashni xush ko‘rmasdi. Shuning uchun Yigitali 
akaning gapi tasdiqsiz qoldi. U yuzini shamolga tutganicha jim borardi.
— Gaplariga qaraganda, ishlarni to‘xtatishlari ham mumkin ekan, shu rostmi? 
— Rost, shuning uchun kelgan. 
— Qo‘llayman, deydi, balki to‘xtatishmas. 
— E, Yigitali aka, dunyoda hech narsa ko‘rmagan odamga o‘xshaysiz-a. Ishni to‘tatish 
masalasi unga mutlaqo bog‘liq emas. U shunchaki bir qo‘g‘irchoq. Ariq boshida boshqa 
zo‘rroq odam o‘tiribdi. 
Ajab odamlar bor-da, tegganga tegadi, tegmaganga kesak otadi. Bekmirzaev ham 
shu yerni deb talashib yurardi. Siz aytgan zo‘rroq odamga nima qutquligi tushibdi bu 
ishning. 
— Ularning shaxsiy adovatlari bo‘lgan
— Olim odamlar shunaqa bema’ni bo‘ladi, deyishsa, qishloqdagilar sira ishonmaydi. 
Ular olimlarni haddan ziyod aqlli, pokiza, deb yuradilar-da. Adovat maktab ko‘rmagan, 
bekorchi, johillarning yumushi. 
Davron kulib qo‘ydi. Yigitali akaning gapi to‘g‘ri. Uning o‘zi ham maktabda o‘qib 
yurgan kezlari shu fikrda edi. Institutning dastlabki kurslarida ilmiy unvoni bor 
o‘qituvchilar ko‘ziga farishtadek ko‘rinardi. Vaqt o‘tib, domlalar haqidagi mayda-chuyda 
gaplar qulog‘iga kira boshlaganda avvaliga ishonmadi. Keyinchalik olimlarning boshqa 
odamlardan farqi yo‘qligiga, faqat yaxshilik, ezgulik emas, yomonlik, ablahlik ham qila 
olishlariga amin bo‘ldi. Bolalik sururi so‘na bordi. Ayniqsa ilmiy unvoni bor ikki 
muallimning uch-to‘rt talaba orasida «Sendan men kuchliman», «Bekor aytibsan, ilming 
past», qabilidagi tortishuviga guvoh bo‘lgach, ulardan butkul hafsalasi pir bo‘ldi. 
Ammo u olimlar orasida havas qilsa arzirli odamlar ham borligini bilardi. Davron 
dotsent Bekmirzaev haqida hamisha iliq gaplar eshitardi. So‘nggi kursda o‘qiyotganida 
talabalar bag‘oyat hurmat qiluvchi bu domlaning nazariga tushib, quvonchdan terisiga 
sig‘may yurdi. Bekmirzaev kamtar, shu o‘rinda nihoyat darajada injiq, serjahl edi. 
Davronni ham ba’zan g‘adablab qolardi. Biroq shogirdining xijolat bo‘lib indamay 
turganini ko‘rib darrov hovuridan tushar, «Ke, qo‘y, xafa bo‘lma, ammo ko‘zingga qarab 
ishla», deb nasihat qilardi. 
Davron Yigitali akaga «Adovatlarining sirini bilmayman», deb noto‘g‘ri aytdi. Adovat 
sabablarini Bekmirzaevning o‘zidan eshitgan, ammo uni birovga aytishga shu topgacha 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling