Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
To‘r tayyor bo‘lgach, Zokirali bilan Kamolxo‘ja daryoga tushdi. To‘rni suvga tashlab
ikkovi ikki tomondan tortganicha asta yura boshlashdi. Kamolxo‘janing bo‘yi past 
bo‘lgani uchun qirg‘oq tomonda, Zokirali esa quyiroqda bo‘ynigacha suvga botib borardi. 
Chuqurroq yerga kelganda sho‘ng‘ib ketar, dam o‘tmay sayozroq joyga chiqib to‘xtab 
qolgan sherigiga «Yurmaysanmi!» degandek qo‘l siltardi. Ovoz chiqarmasdi. Shu zaylda 
ular ancha uzoqlashishdi. 
Shirakayf bo‘lgan Niyoz baliqchilarga birpas qarab o‘tirdi-da, keyin turib kiyimlarini 
yechdi. Ehtiyotlik bilan taxlab mashina o‘rindig‘iga tashlab qaytgach, ko‘rpachaga muk 
tushdi. Yigitali akaga yo‘ldagi ma’ruzalarining davomini o‘qiy boshladi. Endigina dili 
yayrayotgan Yigitali aka uning gaplaridan bezib: «Baliqchilardan xabar olay», degan 
bahonada turib ketdi. 
— Vodiyning odamlariga tushunib bo‘lmaydi. Haddan tashqari sermulozamat. 
Mehmonning atrofida parvona bo‘lishadi. Lekin yurakdan izzat qilishmasa kerak, 
deyman. Mulozamatlari soxtadir-a? 
— Sen hamma narsani o‘z bo‘yingga qarab bichasan. Soxta muomalani senga 
chiqargan, hatto ayrim harakatlaring ham soxta bo‘ladi. Birovga yurakdan yaxshilik 
qilmaysan. Shuning uchun hamisha boshqalardan gumonsiraysan. 
— Sen nima uchun ularga mening kimligimni aytmading? 
— Ularga bari bir. Amaling bilan ishlari yo‘q. Sen mehmonsan, tamom! 
— Qani, quy, qo‘rs bo‘lsang ham seni yaxshi ko‘raman, ichingda kiring yo‘q. Seni 
imkoni boricha qo‘llayman. Do‘stligimiz uchun ichaylik! 
Davron aroqqa ichaymi-ichmaymi, deb tikilib turdi. So‘ng bir qarorga kelib ichib 
yubordi. Bir ko‘zi qisilib qolayozgan Niyoz aljiy boshladi. Davron unga ikkinchi 
ko‘rpachani yumaloqlab yostiq qilib berdi-da, «Cho‘milib chiqaman», deb daryo tomon 
yurdi. 
Daryo suvi loyqa. Qirg‘oqdagi qumlarni silab erinchoqlik bilan oqadi. Ilgarilari chilla 
paytida ham suv mashina turgan yergacha chiqardi. Endi ancha tortilibdi. Orolgacha 
bemalol suzib o‘tish mumkin. Odamlar orolga kamdan-kam hollarda suzib o‘tadilar. 
Bolalikda jindan qo‘rqishadi, keyin ilon bor, to‘ng‘iz bor, deb cho‘chishadi. Davronning 
qishlog‘i bu yerdan mashinada yurilsa, ikki soatlik yo‘l. Ammo orolning shuhrati, orolda 
go‘yo yuz bergan g‘aroyib voqealar haqidagi mish-mishlar ularning qishlog‘igacha ham 
borib yetardi. Davron bolaligida uch-to‘rt marta dadasi bilan kelgan. Dadasi ulfatlari 
bilan baliq ovlab chaqchaqlashib ketardi. U esa qirg‘oqqa o‘tirib olib sirli orolni tomosha 
qilardi. Nazarida, cho‘pchaklardagi butun dahshatli mavjudotlar shu orolga in qo‘ygan 
edi. Yoshi ulg‘aygach, orolning husniga maftun bo‘la boshladi. Bolalik tasavvuridagi insu 
jinslar yerdan ko‘tarilgan hovur kabi bug‘lanib ketdi. 
Orol o‘sha-o‘sha. Uzoqdan turib qarasang ko‘z to‘ymaydi. Ilon kabi buralib oquvchi 
daryo shu yerga kelganda ikkiga ajralgan, uch chaqirimdan so‘ng yana birlashadi. Qo‘sh 
kokil yanglig‘ irmoq orasidagi orol esa yashnab turadi. Na’matak, to‘rang‘i, yovvoyi 
jiyda, baqaterak joy talashgandek ayqash-uyqash bo‘lib ketgan. Suvga egilib turgan 
jiyda barglari kumush kabi tovlanadi. Atrof sokinlik hukmida. Daryoning oqishi ham, 
oroldagi qalin daraxtzorning epkinda tebranishi ham ulug‘vor. Davron shularga qarab 
qolib cho‘milishni unutdi. Xayolini motorli qayiqning ovozi buzdi. Qayiq unga qarab 
burilib, tumshug‘i bilan qumga sanchilib to‘xtadi. Eskirgan do‘ppisini qoshigacha bostirib 
kiyib olgan, shimining ikkala pochasi ham tizzasigacha himarilgan qisiq ko‘zli yigitcha 
sakrab tushib Davronga salom berdi-da, qo‘sh qo‘llab ko‘rishdi. 
— Tartibbuzarlar kim, desam o‘zimiznikilar ekan-da, — dedi u kulib. — Zokirali akaga 
o‘xshaydi. Meni tanimadingiz-a, Kamolxo‘ja akaning jiyanlari bo‘laman. O‘tgan yili 
ko‘rishgan edik. Menam do‘konda ishlardim.


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling