Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

QALTIS HAZILMI?.. 
Niyoz hech bir mulozamatsiz mashinaning oldingi eshigini ochdi-da, o‘rindiqning 
changini qoqdi. O‘rnashib o‘tirgach, portfelini orqa o‘rindiqqa tashladi-da, eshikni qars 
etib yopdi. Uning bu ishi Yigitali akaga biroz malol keldi. O‘zicha: «Amalni yaxshi 
ko‘radigan izzattalab toifadan ekan», deb qo‘yib Davronga savol nazari bilan qaradi. 
Davron esa hech narsa sezmaganday orqa eshikni ochdi. 
— Ketdikmi, Yigitali aka? 
— Ketsak ketaveramiz-da... 
Mashina o‘ydim-chuqur yo‘llardan shoh tashlab yurib ketdi. Ichkariga chang ufurdi. 
Niyoz shoshib oynakni ko‘tardi. Keyin cho‘ntagidan ro‘molcha chiqarib qavat-qavat qilib 
taxladi-da, bo‘yniga tashlab oldi. Yigitali aka ko‘z qiri bilan uning harakatini kuzatardi. 
Niyozning nimasidir, yuz tuzilishimi, bashang kiyinishimi Yigitali akaga yoqmadi. 


Davron (qissa). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
Odamning tashiga qarab baho berish noto‘g‘ri. Ammo bu mehmon bilan gurung qurishga 
mayli bo‘lmayapti. O‘zi-ku, mehmonning ko‘nglini olay degan maqsadda yarim tunda 
qishlog‘iga piyoda jo‘nab mashinasini olib keldi. Mehmon yaxshimi, yomonmi, bari bir 
izzatini joyiga qo‘yishi kerak. Ajdodlardan qolgan udum uning vujudiga singib ketgan. 
Lekin bari bir bu yigitni jini suymayroq turibdi. Shuning uchunmi, suhbatni boshlab 
yuborguvchi aqalli bir kalima ham tilga kelmayapti. Davron ham nimagadir jim. Uyqusi 
chala bo‘lganmi, ko‘zini yumib olgan... 
Mashina katta yo‘lga chiqqach, Niyoz oynakni tushirdi. Yuzini shamolga tutdi.
— Oh, oh, havoni qarang, qaymoqqa o‘xshaydi! — dedi u. 
Yigitali aka kulimsirab bosh irg‘ab qo‘ydi. 
— Mashina o‘zingiznikimi? 
— Ha, o‘zimniki. 
— Ancha urintirib qo‘yibsiz. 
— Yo‘lni ko‘rdingiz, mashina yana ham chidaydi. 
— Qanchaga olgan edingiz? Butunlay shalag‘i chiqmay turib sotib yuboring? 
— Nimaga? 
— Nimaga bo‘lardi, yangisidan olasiz. 
Yigitali aka Niyozning gapidan ajablanmadi. Avval ham bir-ikki odam shunday 
maslahat bergan edi. Dunyo dunyo bo‘lib, odam zoti idrok qila boshlagandan beri necha 
yuz avlod yangilandi. Ammo ularning toifalarida sezilarli o‘zgarish yo‘q, deyish mumkin. 
Chunki yaxshi va yomon odam ming yillar ilgari ham bor edi, hozir ham mavjud. Bu 
tushuncha yana necha asr saqlanib qolar ekan? Hozir birovga «yomon odam» deb baho 
berib bo‘lmaydi. Ko‘rinishidan binoyi, aqlli, savodli, birov bilan gaplashganda jilmayib 
turadi. Qani, shu odamni ayblab ko‘ring-chi! Mana shu eskib borayotgan mashinani sot, 
deb aql o‘rgatayotganlarni yomon odam, deb bo‘ladimi? Bir qarashda ular mashina 
egasiga kuyinishyapti, achinishyapti. Boshqa tomondan-chi? Eng birinchi o‘ringa o‘z 
manfaatini qo‘yuvchilarga «muqaddas» degan tushuncha borligini uqtirib bo‘larmikin? 
Kuyib-pishib gapirayotgan chog‘ingizda miyig‘ida kulib, sizni masxara qilsa-chi? Yigitali 
aka umri davomida har xil odamni ko‘rdi. Bugungi mehmonning gaplari uning kimligini 
oshkor qilib qo‘ydi. 
Suhbatni Niyoz boshladi. Mezbonlik burchi Yigitali akaga uni davom ettirish 
majburiyatini yuklagan edi. Tushuntirish uchun emas, azbaroyi suhbatni davom ettirish 
uchun Yigitali aka mehmonga bir qarab olib «Yo‘-o‘q, buni sotolmayman», dedi. 
— Sotolmayman, deganingiz nimasi, sakson ming yuribdi, anavi mataxni orqasiga 
aylantirib yigirma mingga keltiring, u yer-bu yerini artib, moylab, burang, tamom. 
Shaharga olib boring, kamida oltiga sotasiz, men kafilman. 
— Sotaman desam, shu yerda xaridor topiladi. Avvalambor, mehmon, 
ko‘zbo‘yamachilikka toqatim yo‘q. Qolaversa, bu mashinani mukofotga berishgan. Har 
qancha puldan ham qimmatli. 
— Mukofotga? 
— Ha. 
— Ilgari qaerda ishlardingiz? 
— Qishloq odami qaerda ishlardi, paxtada-da. 
— Mexanizatormidingiz? 
— Kerak bo‘lganda mexanizatorlik ham qilganmiz.
— Ie, shunday ishni tashlab... 
Niyoz gapini nihoyasiga yetkaza olmadi. Davron uning yelkasiga asta turtdi Niyoz 
orqasiga qaradi: 
— Uyg‘ondingmi? 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling