Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir, deydilar-ku. To‘g‘ri gap. Niyoz ham qarindoshidan 
o‘tib qayga borar edi! Mana, vakil bo‘lib kelibdi. Kechagina arxeologiya desa, qulog‘ini 
ko‘rsatardi. O‘nta darsdan bitta choyxona palovni afzal ko‘rardi. Endi menga aql 
o‘rgatmoqchi. Butun bir ekspeditsiyaning taqdirini hal qilmoqchi. To‘g‘ri, mablag‘ 
ketyapti. Davlatning pulini behuda sovurmasligimiz kerak. Lekin hamma narsani pul 
bilan o‘lchab bo‘lmaydi-ku! Balki xalqimiz tarixida yangi sahifa ochuvchi manbalar xuddi 
shu tuproq ostidadir. Buni Niyoz hech qachon fahmlay olmasa kerak... G‘uj-g‘uj 
yulduzlar. Osmon qaynayotganga o‘xshaydi. Yulduz uchdi. Osmonni poralab, uzun nurli 
iz qoldirib so‘ndi. Ilgarilari shunga qarab «bir odam o‘ldi», deyishardi. Necha yuz yillar 
shu fikr hukmron edi. Endi kometa yoki meteorit uchdi, deb izohlashadi. Fanda isbot 
etilgan bu fikr yillar davomida hukmronlik qilar, lekin mutlaq bo‘lolmas. Balki bularning 
bari kometa emasdir? Balki bu biror fazoviy kemaning izidir? Balki u uzoq yulduzdan biz 
tomonga kelayotgandir. Uning nuri fazoning qaysi bir bo‘lagida ko‘rinib qolgandir. 
Bo‘lishi mumkin-ku axir? Biz bir qoidaga mahkam yopishib olishga o‘rganib 
qolyapmiz...» 
— Mulla Davronbek, uxlaganingiz yo‘qmi? 
Davron o‘rta yashar kishining muloyim ovozini eshitib boshvoqsiz xayollar komidan 
qutuldi. O‘rnidan turdi. 
— Yotavering, tinchingiz buzilmasin. Bu deyman, o‘g‘lim, yulduz sanayatuvdingizmi 
yo Xizr buvani kutyatuvdingizmi? 
— Unisi ham, bunisi ham emas. Qani, Yigitali aka, o‘tiring, — Davron shunday deb 
karavotdan joy ko‘rsatdi. Biroq Yigitali aka do‘nglikka chordona qurdi. Kaftiga nos to‘kib, 
tili ostiga tashladi. Ellik yoshlarga borib qolgan, tomirlari bo‘rtib turuvchi bu kishi 
ekspeditsiyaga yaqinda qo‘shilgan, aytishicha, raisning ko‘zbo‘yamachiligiga qarshi 
chiqib, kolxozdan ketib qolgan edi. Uyi bu yerdan uzoq emas, shuning uchun asosan 
qatnab ishlardi. Ba’zi-ba’zida gurungtalab bo‘lgan kezlari shu yerda tunab qolardi. 
Peshonabog‘ini tang‘ib astoydil ishlovchi Yigitali akani barcha behad hurmatlar, u ham 
yigitlarga o‘g‘lim, deb murojaat qilardi. 
— Eski hisob bo‘yicha bugun laylatulqadr kechasi. Hamma Xizr buvani kutadi, — dedi 
Yigitali aka kaftini qoqib. — Menam kutganman. Otam ham kutgan. Otamning otasi ham 
kutgan bo‘lsa kerak. Lekin hech qaysimiz Xizr buvani ko‘rmaganmiz. Xizr buva 
laylatulqadr kechasi ko‘ringanlarida hammayoq yorishib ketadi, shunda nimaniki 
ushlasang, o‘sha oltinga aylanib qoladi, deyishardi. Qadimda shu qishlog‘imizdagi bir 
juvon Xizr buvani ko‘rganmish. Qo‘rqqanidan bolasini ushlab olgan ekan, go‘dagi 
rosmana tillaga aylanib qolibdi. Zor-zor yig‘labdi bechora. Keyin boshiga muhtojlik 
tushganida bolasining bitta barmog‘ini kesib zargarga sotibdi. Bir yildan keyin 
laylatulqadr kechasida yana Xizr buva o‘tibdilar. Juvon yana qo‘rqib bolasiga yopishgan 
ekan, chaqalog‘iga jon kiribdi-yu, kesilgan barmog‘idan qon otilibdi. Bu rivoyatni 
kichkinaligimizdan qulog‘imizga quyaverib ishontirib qo‘yishgandi. Endi bu gapga hech 
kim ishonmaydi. 
Yigitali aka shunday deb nosni tupurdi-da, to‘nining yengi bilan og‘zini artdi. 
— Bizlar omi bo‘lganmiz-da, har narsaga ishonaverardik.
— Ishongan ham yaxshi, Yigitali aka, — dedi Davron, — ba’zilar hech narsaga 
ishonmay, qolganlarni garang qilib yuborishadi. 
— Besh qo‘l baravar emas. Hali bir bashang yigit bilan yuruvdingiz. Ishlarimizni 
tekshirdimi, nima deydi? 
— Ishlarimiz durust ekan. 
— Unday bo‘lsa mayliga. «Ishni yig‘ishtirarkanmiz», degan uzunquloq gaplar oraladi.
— Bu hozircha noma’lum. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling