Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
— Sizga-ku bari bir. Bu yer bo‘lmasa boshqa yerga borib shu ishingizni qilaverasiz. 
Men yana tavbamga tayanib kolxozga qaytishim kerak. Rayonda ishlay olmayman
shaharga ketolmayman.
— Yigitali aka, paxta ishi shuncha yuragingizni olib qo‘yganmi? 
Yigitali aka nima deb javob berishini bilmay qarab qoldi. Nosqovog‘ini kaftiga shap-
shap urdi. 
— E, o‘g‘lim-a, g‘aroyib savollarni berasiz. Dehqonning bolasiga ham shunday 
deydimi? Men paxtadan bo‘lak nima ko‘ribman bu dunyoda? O‘n ikki yoshimda yelkamga 
ketmon tashlab dalaga chiqib kattalar bilan baravar ishlar edim. Paxtadan sira 
nolimaganman. Paxtadan bo‘yin tovlagan dehqonning ko‘zi ko‘r bo‘ladi. 
— Yigitali aka, aybga buyurmang, yoshlik qilib noo‘rin so‘z aytib yuboribman. 
Yigitali aka indamadi. Tomoq qirib qo‘ydi. Do‘ppisini olib boshini silagan bo‘ldi. Davron 
oradagi noqulaylik chodirini ko‘tarish uchun so‘zini davom ettirdi: 
— Men ham paxtakordan chiqqanman. To maktabni bitirgunimcha daladan beri 
kelmas edim. Qishloq bolalarining ahvoli o‘zingizga ma’lum. Shu kasbga ishqim tushib
o‘qidim. Bir navi ishlab yuribman. Ammo ko‘pincha ko‘ngil paxtaga tortib ketadi. Dalani 
qo‘msab qolaman. Men-ku, sizning oldingizda bir go‘dakman. Dehqonman, deb 
ko‘kragimga mushtlay olmayman. 
— Gapingizga tushunib turibman. O‘zingizni qiynamang. Men rahmatli Asadjonga 
kolxozdan ketishimning sababini aytmoqchi bo‘lganimda «Shart emas, o‘tmishingiz bizni 
qiziqtirmaydi, halol ishlab bersangiz bas», degan edi. Sizga qiziq tuyulsa, aytishim 
mumkin. Unvonim bo‘lmasa ham paxta ilmini bir olimchalik bilaman. Maqtanyapti, deb 
o‘ylamang. Yerning taftiga qarab turib vaqtida chigit tashlayman, g‘o‘zaning rangiga 
qarab suv beraman. Boshqalarga o‘xshab radioda «Chigitni tezroq va sifatli ekaylik», 
desa ekib tashlayvermayman. U yerdagilar o‘tirgan joyida laqillayveradi. Dehqonning 
kallasi ishlashi kerak, ko‘zi o‘tkir bo‘lishi lozim. E, bularni sizga uqtirishning hojati yo‘q. 
Xullas, avval rais bilan urishdim. Dorilaring xalqni ezib yubordi, bas qil, dedim. Unamadi. 
Hadeganda dori sepadi. Dori deyish ham noto‘g‘ri bo‘lib qoldi. Dorini-ku, foydasi bor. 
Paxtaga sepadiganimiz esa naq zaharning o‘zi. Odamlar chekka-chekkadan gapirishadi. 
Ammo raisga betlashishmaydi. Bir kuni radioda rayonimizni gumburlatib tanqid qilib 
qolishdi. Qodir Maxsum deganlari «Terim sur’ati past, defoliatsiya kechiktirilyapti», deb 
qoldi. U-ku, shahardan tashqariga chiqmaydi. Birov yozib berganini o‘qiydi. Bu 
yerdagilarning kallasi qayda ekan? Havo past kelgan, g‘o‘za vaqtida suv ichmagan. 
Rivoji sust. Yo‘q, vakil ketidan vakil bosib defoliatsiyani boshlatishdi. Qo‘shni kolxozda 
bo‘lam turadi. Bo‘yi yetgan qizi to‘ppa-to‘satdan qaytish qilib berdi. Tekshirib qarashsa, 
ariqdan suv ichib qo‘ygan ekan. Bu qanday bedodlik o‘zi, suv ichsang zaharlansang, 
nafas olsang zaharlansang. Aybimiz dehqon bo‘lib dunyoga kelganimizmi? Paxta 
ekkanimizga rahmatmi, bu. Men dalaga zahar septirmayman, deb turib oldim. Planni 
hammadan keyin bo‘lsa ham bajardik. Lekin brigadani oqsatib qo‘ydi, deb suvchilikka 
tushirishdi. Hay, dedim. Ota-bobom brigadir o‘tmagan, amalsiz qolsam biror yerim 
kamaymas. Dalada yurib yerga rahmim keladi. Yer bangiga o‘xshab qolgan. Quruq. 
Kuchi yo‘q. Turgan bitgani dori. Yerga shunchalar azob beradilar- mi-a? Men 
brigadirligimda bir arava sun’iy o‘g‘it tashlagan yerimga yangisi ikki hissa tashlaydi. Hoy, 
desam, qaramaydi. Yerga rahmi kelmaydi. O‘zingni o‘ylamasang, bola-chaqangni o‘yla, 
bachchag‘ar, deyman. Bizni boylab bergani yo‘q, erta-indin bir quloch yerni egallab 
yotamiz. Bu yer bola-chaqamizni, nevara-evaralarimizni ham boqishi kerak. Bu ahvolda 
ertaga yerda tuproq qolmaydiku. Ohakda paxta yetishtirishadimi? Men yerga achinsam 
ular qo‘ldan ketgan amaliga achinyapti, deyishdi. Tilimni tishladim. Ammo sabr kosasi 
tubsiz bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Etakni qoqib, ketmonni so‘riga ilib qo‘ya qoldim. Rahmatli 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling