Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
Asadjonga uchrashgan edim, ish berdi. Mana shunaqa, o‘g‘lim, non-nasibamiz shu yerda 
ham bor ekan... 
Yigitali aka yana kaftiga nos to‘kdi-da, tilining tagiga tashladi.
— Shuncha qirg‘in ishlarni bilar ekansiz, yozmaysizmi? 
Men dehqonman, shikoyatchi emasman. 
— Ie, siz «Men dehqonman», deb qo‘l qovushtirib tursangiz, boshqasi ham shunday 
desa, haqiqat uchun kim kurashadi? Yo Xizr buvani kutasizmi? 
— To‘g‘risini aytsam, bir yozish niyatim ham bor edi. Ammo epaqaga keltirishim qiyin. 
Siz mulla yigitsiz, men aytib tursam, siz lab-lunjini to‘g‘rilasangiz. 
— Bo‘pti. Bir holi o‘tirsak, uddalaymiz. Men ertaga «bashang yigit»ni bir sayrga olib 
chiqmoqchiman. Qaytganimdan so‘ng, yozamiz. 
— Qaerga chiqmoqchisizlar? 
— Sirdaryoning bo‘yiga. 
— Ulovlaring bormi? 
— Ulov — o‘zimizning qadrdon avtobus-da. 
— Bo‘lmasa, menga ham dam bering. Qishloqqa tushib ulovni olib chiqay. Sizlarga 
qo‘shilib men ham bir yayray. 
Davron rozilik bergach, Yigitali aka o‘rnidan turdi. Davronning ko‘ziga anchagacha 
uyqu kelmadi. Yana qo‘lini yostiq qilib osmonga tikildi. Samo endi ko‘zlariga xuddi 
sanoqsiz taqinchoqlar ilingan qora baxmalga o‘xshab ko‘rindi. Bu osmon, ko‘z ilg‘agan 
bu yulduzlar bilan yolg‘iz, yuzma-yuz qolsang ajib, o‘zingga ham tushunarsiz bo‘lgan 
holga tushasan. Davron ham samo sehriga bandi bo‘lib, xayollariga erk berdi. Birdan 
qulog‘i shang‘illadi. Kimdir g‘ashni keltiradigan darajada hushtak chaldi. Keyin bu 
hushtak eski eshikning g‘ijirlashiga o‘xshagan ovozga aylandi. So‘ng kimdir uning ustida 
turib olib shivirlaganday bo‘ldi. Yuragi tez-tez ura boshladi. Bosinqirayapman shekilli
deb o‘rnidan turmoqchi edi, qo‘zg‘ala olmadi. Ko‘zga ko‘rinmas bir odam ko‘kragidan 
bosib qimirlashga yo‘l bermadi. «Yomon tush ko‘ryapman, uyqudan uyg‘onishim kerak», 
deb o‘yladi. Biroq u uxlamagan, ko‘zlari ochiq edi. Hamon yulduzli samoga tikilib yotardi. 
Yulduzlarning jimirlashini, ba’zan uchishini aniq ko‘rardi. Nima gap o‘zi? Nima uchun 
bunday holga tushyapti? U ko‘zlarini yumdi. Shu choq chodirga bo‘yi taxminan ikki 
yarim, uch metr keladigan, fazogirlar kiyimidagi, boshlari yassiroq ikki odam 
yaqinlashdi. Davron cho‘chib ko‘zini ochdi. Atrof kimsasiz — hech kim yo‘q. Ichkarida 
Niyoz yengil xurrak tortyapti. Gulxan o‘chgan. Mayda cho‘g‘lar yulduzlarning yerdagi 
aksiga o‘xshaydi. Davron shasht bilan o‘rnidan turdi. 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling