Xalq qo‘shiqlari


Download 333.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana10.01.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1086433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.



128 
XALQ QO‘SHIQLARI 
Inson borki ishq bor, muhabbat bor. Avloddan keyin kichik avlod, nasldan keyin nasi keladi, ammo insondagi 
muhabbat tuyg'usi, qalbda ehtirosli his-tuyg‘ular uyg'onishi o'zgarmaydi. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-
t-turk» asarida shunday to‘rtlik bor: 
Bulnar meni ulas ko'z, Qora mengiz qizil yuz. Andin tomar tugal tuz, Bulnap yana ul qachar. 
Bu mast ko‘zli (seviklim) 
Qora xoli va qizil yuzi bilan (meni asir qildi). 
Mazmuni: 
Yanoqlaridan shirinlik tomib, meni asir qildi-yu, Lekin keyinidan (tutqich bermay), mendan qochib 
ketdi. 
Misralardagi so'zlami tushunish qiyin ekanini hisobga olmasak, qo’shiqdagi his-tuyg‘u kechagina yaxshi 
ko‘rgan qizi qochib ketgan shoirtabiat yigitning ko‘ngil izhoridan farq qilmaydi. 
Yana bir to'rtlikka diqqat qiling: 
Yog‘mur yog‘ib sachildi. Turluk chachak suchuldi. Inju qobi ochildi. 
Chindan yipor yugrushur. 
Mazmuni: 
Yomg'ir tomchilari to'kila boshladi. 
Turli chechaklar undi. 
Inju qutichalari (g‘unchalar) ochildi. 
Har tomonda shifobaxsh atir hidlar gurkiradi
1

Keyingi to‘rtlikdagi so'zlar shunchalar sodda va bizga tushunarliki, asl matnni o‘qiganda ham asosiy fikmi aniq 
tasavvur qilishimiz mumkin. Ya’ni hayotning tinimsiz o'tishi sevgi dardiga mubtalo bo'lgan yigit yoki navro'z 
ayyomida tabiatdagi go'zal o‘zgarishlami ruhan his qilgan inson qalbidagi ichki kechinmalaming jo‘sh urishiga 
mutlaqo ta’sir qilmaydi. Zamon o‘zgaraveradi, ammo bahor kelgani zahoti yosh bolalar turli ko'rinishdagi varraklami 
uchiraverishadi, ayni paytda, «Boychechak»ni aytishaveradi. Demoqchimizki, inson paydo bo‘libdiki, his-tuyg‘ulami 
ifodalash vositasi hisoblanmish - qo‘shiqlar unga hamroh edi. 
Biz qo‘shiq deb atayotgan jam adabiyodarda ko‘rsatilishicha, «shlok», «takshut», «ir» (yir), «kug» kabi atamalar 
bilan qadimdan atalib kelgan. Mahmud Koshg‘ariy esa bunday asarlami «qo‘shuq» - qo‘shiq, qasida, she'r tarzida 
beradi. So‘zning ma’nosini sharhlashdagi to‘rtlikda «malikaga mendan maqtov yetkaz»
2
mazmunidagi misra borki, 
izohdagi qasida atamasini qo‘llash ham o‘zini oqlaydi. 
Xalq qo‘shiqlari og'zaki ijodimizdagi lirika jinsiga mansub jamdir. Bu janming boshqa turdagi asarlardan farq 
qiluvchi bosh xususiyati unda ijodkoming his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari, ruhiy holatini ifodalash- dan iborat. Bu 
o'rinda tabiiy savol tug'iladi. Boshqa janrdagi asarlarda qahramonning ruhiy holatini aks ettirish belgisi yo‘qmi? 
Boshqa janr- lardagi asarlarda asosiy yo‘nalish voqeani bayon qilishdan iborat bo‘ladi. Faqat ayrim o‘rinlardagina 
his-hayajon tasviri bilan bog'liq parchalami uchratamiz. Bu o'rinlarda link tasvir qahramon qiyofasini ochishda usul 
bo‘lib xizmat qiladi. Xorazm dostonlari bundan istisno. Chunki xorazm- lik baxshilar ijro etgan dostonlaming she’riy 
parchalari qo‘shiq qilib ay- tiladi va ular ham lirik jins namunasi hisoblanadi. Xalq qo'shiqlari esa to‘liq ravishda lirik 
ijod sifatida belgilangan. Taniqli olima, xalq qo‘shiq- larining yirik tadqiqotchisi, butun umrini xalq qo‘shiqlarini 
yozib olish, o‘rganish, nashr qilishga bag'ishlagan fidoyi inson Muzayyana Alaviya mazkur asarlarga: «...oddiy hayot 
hodisalari tug‘dirgan hissiyotni ifoda- lagan, kuyga solishga qulay, qisqa, esda qoladigan qofiya, vaznga ega bo'lgan 
she’r qo’shiq bo‘la oladi»
3
, - deb ta’rif beradi. 
Haqiqatan ham, qo‘shiqning paydo bo‘lishiga bosh sabab inson kay- fiyatidagi chuqur iztirob yoki to’satdan 


128 
paydo bo‘lgari ko‘tarinki ruhdir. Inson noxush damlarda ko‘proq sukut saqlaydi, xayolda vaziyat yechi- mini topishga 
urinadi. Bunday daqiqalarda mungli kuy tasalli beradi, ko'ngilni bir oz bo‘lsa-da yozadi. Xursandchilik onlarida esa 
sho‘x qo‘- shiq, raqs hamroh bo'ladi. Ayni ana shunday manfiy va musbat holatlar shaxs qalbida lirik kechinmalarning 
paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi: oqibatda qo'shiqning yaratilishiga sabab bo'ladi. Xalqimizda «Kuygan - 
qo‘shiqchi, suygan - baxshi» hikmati bejiz aytilmaydi. 
Qo'shiq haqida nazariy ma’lumot berilgan deyarli hamma adabi- yotlarda lining «qo‘shmoq» fe’lidan hosil 
bo‘lgani aytiladi. Qo‘shiq ata- masining tarixi qanchayin sodda tnyilmasin, og‘zaki ijodimizdagi bu janr juda 
murakkab ruhiy kechinmalami ifodalashga xizmat qiladi. O‘qil- ganda, eshitilganda tushunish oson sezilgan to'rtliklar 
zaminida olam- olam ma’no, murakkab qismat yotadi. Shu bois har qanday qo‘shiq bilan tanishganimizda tezlik bilan 
shoshib xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Xalq og‘zaki ijodidagi lirik tur hisoblangan qo‘shiq quyidagi janr xususiyatlariga ega: 
1. Qo‘shiqlarda inson kechinmalari, qalb izhorlari aks etadi. Shuning uchun ular lirik jinsga mansub janr deb 
hisoblanadi. 
2. Qo‘shiq shaklan she’riy ko‘rinishda bo‘ladi. O'zbek xalq qo‘shiq- lari, asosan, barmoq vaznda, ba’zan aruzda 
yaratiladi. 
3. Ko‘pincha, xalq qo'shiqlari to‘rt misradan iboratdir. Go‘zal ruhiy holatni ifodalash xususiyatiga ega. Ayni 
paytda bir necha bandlardan iborat muayyan mavzuni yorituvchi qo‘shiqlar ham bor. Ba’zan 6, 8 misrali namunalar 
ham uchraydi. 4 misralilari a b a b; a a b b; vv g g; a aab; aaa a tarzda qofiyalanadi. 
Qo‘shiqning kuyi bo‘ladi. Biror asbob jo‘rligida aytiladi. Aksari xalq qo'shiqlari ijrosida asbob jo'rligi shart emas. 
Ijrochi xonish usulida qo‘shiq aytishi mumkin. 

Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling