Xalq qo‘shiqlari


Download 333.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana10.01.2023
Hajmi333.27 Kb.
#1086433
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi.

Kelin salomlar ham to‘y qo'shiqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Marsiya matnlarini o‘rganish ulaming she’riy texnika jihatdan u qadar mukammal emasligini ko‘rsatmoqda. 
Bo‘g‘inlar sonining mos emasligi, turoq tizimiga yetarli e’tibor berilmasligi, qofiya qoidasiga rioya qilmaslik odatiy 
holat ekanini aytish mumkin. Bizningcha, bu turdagi qo‘shiqlarda ko‘proq aytilayotgan to‘rtlikning ma’nosi, kuydagi 
mung yetakchi ahamiyat kasb etadi. 
Yana bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Folklor ekspedi- siyasiga chiqqan paytimizda yozib olish eng 
qiyin kechgan qo‘shiq turi marsiyadir. Aksari hollarda marsiya aytuvchilar amaliyotchilar iltimos- larini 
bajarmaydilar. Esdan chiqqanini bahona qilib, suhbat mavzuini o‘zgartiradilar. Ehtimol, ular qadimgi irimlarga 
bo'ysunib zaruratsiz hollarda marsiya aytishdan saqlansalar kerak. 
Shunday qilib, mavsum-marosim qo‘shiqlari haqidagi ma’lumotlar- dan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
- Mavsum va marosim qo‘shiqlari o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodining eng qadimiy namunalaridandir. 
- Xalq hayotidagi bayramlar, oilaviy marosimlar, yil fasliga oid mavsumlar alohida-alohida aniq mavzuni 
ifodalovchi mazmunga ega. 
- Mavsum-marosim q o‘shiqlari ba’zan ommaviy tarzda ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lishi bilan birga maxsus 
tayyorgarlik ko'rgan mahoratli ijrochilar ijodini inkor qilmaydi. 
- Xalqimizning 0‘tmish madaniy merosiga, qadriyatlariga munosabat mavsum-marosim qo‘shiqlarida alohida 
namoyon bo‘ladi. 
- Mavsum-marosim qo‘shiqlari badiiy mukammallik jihatidan so‘z san’ati talablariga to‘liq javob beradigan 
she‘riy matnlardan iborat. 
Urik go‘shialar. Avvalo, ta’kidlash lozimki, xalq qo‘shiqlari mavzu- yida misol qilib keltirgan, nazariy ma’lumot 
berilgan, tahlilga jalb qilin- gan hamma to‘rtlik shaklidagi she’riy asarlaming hammasi badiiy adabi- yotning lirik 
jinsiga mansubdir. Shu bois «link qo'shiqlar» atamasini shartli tushunish maqsadga muvofiqdir. Aslida 
folklorshunoslikda lirik qo‘shiq deganda, ishq-muhabbat izhor etilgan to'rtliklami nazarda tutish qabul qilingan. Agar 
mehnat, marosim asarlarida yetakchi maqsad ish qu- rollari, mavsumdagi tabiat o‘zgarishlari, marosim tartiblari his-
tuyg‘u vositasida aks etsa, lirik qo‘shiqlaming asosiy vazifasi muhabbat tuy- g‘ularini ifodalash bilan belgilanadi. 
Binobarin, Urik qo‘shiqlarda mohi- yatan ichki kechinmalar, ishq-muhabbat dardiga yo‘liqishdan mamnunlik 
kayfiyati ustuvordir. 
Har bir yigit-qiz balog'at yoshiga yetganda muhabbat tuyg‘usini boshidan kechiradi. Insonning sevishi yoki 
sevilishi, ishq kechinmalariga yo‘liqish tashvishlari uni shoirlikka undaydi. Lirik qo‘shiqlar matnini o‘rganish 
ulami faqat muhabbat tuyg‘usini yurak qon tomirlaridan his qilgan shaxslargina yaratishi mumkin, degan xulosaga 
oUb keladi. Endi ikki tarafdan iborat bo‘lgan ishq kechinmalarida bir tarafgina ishtirok etsa yoki o‘rtada muayyan 
to‘siqlar paydo 
bo‘lsa, muhabbat savdosi avj oladi, yechimsiz holatda insonni qiynaydi. Masalan: 
Qizil gulni ekasan-da, ketasan. 
Parvarish qilmasang, ekib netasan? 
Yo‘liga intizor qilgan qora ko‘z, Oxir mening bu boshimga yetasan 
misralarini hayotdan qoniqqan, tashvishi yo‘q odam aytishi mumkin emas. To‘rt misradan iborat bu matnda inson 
taqdiri, qismati aks etganiga hech kim shubha qilmasa kerak. Ayni paytda ana shu azob unga shukuh, baxt 
bag‘ishlayotganini ham aytish lozimdir. Chunki haqiqiy insongina bunday tuyg‘ularga egalik qilishi mumkin. 
Lirik qo‘shiqlar og‘zaki ijodning mustaqil janri sifatida bir qator xususiyatlarga ega: 
1. Link qo‘shiqlar deb atalmish xalq poetik she’riyatiga mansub asarlami inson ruhiy olamisiz, ishqiy 
kechinmalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. 
2. Agar boshqa mavzudagi qo'shiqlar ba’zan uch (kelin salomlar), olti, sakkiz misralardan iborat bo‘Isa, ishqiy 
qo‘shiqlar to‘rt misradan tashkil topadi. Bir nom bilan bandlar birikuvidan iborat qo‘shiqlarda ham to‘rt misralilik 


an’ana hisoblanadi. 
3. Biz nazarda tutayotgan lirik qo‘shiqlar matni tugal fikr anglatish xususiyatiga egadir. 
Olov yonsin yog
1
bilan 
Bag‘rim kuysin dog‘ bilan O‘ynamadim - kulmadim. Ko‘nglim suygan yor bilan. 
Bir necha bandlardan iborat «Galdir», «Sumbula», «Omon yor» kabi lirik qo'shiqlardagi to'rtliklar nisbiy 
tugallikka ega bo'ladi. 
4. Agar mehnat qo‘shiqlarini bevosita o‘sha kasb bilan shug'ul- lanuvchi dehqon, sog‘uvchi, kosib, kashtachi, 
gilam to‘quvchi aytsa, yor- yorlar, kelin salomlar asosan to'ylarga fayz bag‘ishlasa, yig‘i-yo‘qlovlar o‘lim 
marosimlariga taalluqli bo‘lsa, link qo‘shiqlar kasb, payt, o‘rin tan- lamaydi: ulami istalgan paytda, istagan shaxs 
xohishga ko‘ra baland ovozda yoki xirgoyi qilib ijro etaveradi. Shunday qilib, link qo'shiqlar- ning onunalashuvi 
boshqa turdagilarga nisbatan kengroq imkoniyatga ega. 
Qadimdan xalqimizda «Наг kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga» degan chiroyli maqol bor. Ammo aksari 
yoshlar bu maqolning ma’nosini aniq tasawur qilmaydi. Aslida bu maqolda sevikli ma’shuqa haqida fikr bor- 
moqda. Ya’ni har kimning yori o‘ziga buyursin, o‘sha yoming husni qay darajada bo‘lmasin oshiqqa oy ko'rinadi, 
ya’ni bar kim o‘z qalbidan o‘rin olishga ulgurgan yorga intiladi. Qizning qoshlari «Qaldirg‘och qanoti», yuzi 
tandirdan uzilgan «shiimoy», lablari «Aislonbob asali» bo‘lib tuyilaveradi. 
Ayni shu paytda ma’shuqaning nigohi yigitning «beqasam to‘ni», «yangi chiqqan maysadek kiprigi», 
«marvariddek» yaraqlab turgan tishlariga tushadi va ajoyib qo'shiq namunasi vujudga keladi: 
Qoshingni qaro deydilar, Qora qosh ukam, yor-yor. Ko'rsat qoshingni, bir ko‘rayin Jonim 
ukamey, yor-yor. 
Yoki qizning qalbidan chiqqan muloyim misralarga diqqat qiling: 
Beqasam to'nlar kiyib, Muncha meni kuydirasiz. Gohi-gohda bir qarab, Voy beajal o'ldirasiz. 
Ammo «Bu - hayot» deb qo'yibdilar. Ishq bulog‘idan sug’orilgan gul hamisha ham ochilavermasligi mumkin. 
Ya’ni ikki sevishgan hamisha ham oila qurishga muyassar bo'lmaganlar. Bu ko‘ngilsiz1ik ba’zan yigitning, ba’zan 
qizning ishqi ikkinchi tarafdan inkor etilishi, ba’zan esa yana boshqa sabablar oqibatida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. 
Bunday vaziyatni ifodalovchi to‘rtliklar ham anchagina: 
Oq ilon, oppoq ilon, 
Oydinda yotganing qani, Men - yomondan ayrilib, Yaxshini topganing qani. 
Gap shundaki, qadimgi afsonalarda oydinda yotgan oq ilonni ko‘rgan odam baxtli bo'ladi, degan aqida bordir. 
Ammo bu oq ilonni kim ko'r- gan, hech kimga ma’lum emas. Ko'rmaganlar esa keng ommani tashkil etadi. O‘z-
o‘zidan xalq baxtli odamdan ko‘ra baxtsizlar ko‘proqdir, degan xulosani o‘ziga xos falsafiy tarzda ifodalash yo‘lini 
topgan. 
Lirik qo'shiqlar, eng avvalo, lirikligi bilan insonni o'ziga jalb qiladi. Ularda lirik qahramon fikri tuyg‘u vositasida 
ifodasini topadi. Ayrim qo‘shiqlar matnidagi muayyan misrani o‘zgartirish ulaming yaratilishi maqsadiga ham ta’sir 
qiladi, umumiy mazmun mohiyatiga ham ta’sir qiladi: 
Gulijon o‘zi chaqqon, 
Qoqi gulini taqqan, Bir kulishi bor uchun Oyijoniga yoqqan. 
Endi «Oyijoniga»ni «Sevgilisiga», «Dadajoniga», «Buvijoniga», «Opajoniga» 
va h.k. so'zlar bilan almashtiraylik. Yoki «Gulijon» ismini o‘zgartiraylik. «Qoqi gul» o'miga «atirgul» qo'yaylik. 
Xullas, bir qo‘sbiq asosida bir necha namunalar vujudga kelishi mumkin. Shunda gap seviklisi haqida ketsa, ishqiy 
mazmun; onasi-otasi haqida ketsa qiz farzandni erkalash mazmuni yetakchi bo‘lib qoladi. Ammo har ikkala holatda 
ham lirik qo'shiq mohiyatan katta o'zgarishga duch kelmaydi. 

Download 333.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling