Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
— Shuning uchun Yozyovondagi ishni vaqtincha to‘xtatamiz. Piskentdagi o‘rtoqlar 
yordamga muhtoj. Sizni o‘sha ekspeditsiyaga rahbar qilib tayinlaymiz... 
Kutilmaganda ilon yalang‘och ayolga chirmashish o‘rniga atrofida bir aylandi-yu
ovora bo‘lib yechingani uchun unga rahmat aytib iziga qayta boshladi. 
Avval ozgina bahs bo‘ldi. Davronning barcha tushuntirishlari «To‘g‘ri-yu, lekin iloj 
qancha?» qabilidagi so‘zlar bilan bo‘g‘ildi. 
Davronning joni hiqildog‘iga kelib qoldi. Nima qilish kerak, bu odamni urib bo‘lmasa, 
so‘kib bo‘lmasa... Tushuna turib o‘zini go‘llikka soladi. Qaysar eshakday oyoq tiraydi. 
Davronning xunobi oshgandan oshib, oxiri «Yozyovonda ish to‘xtasa, men bu yerda 
qololmayman», deb yubordi. Nazarida, rahbar shu gapdan keyin sal pastga tushishi 
kerak edi. Yo‘q, bunday bo‘lmadi. U o‘sha-o‘sha muloyimlik bilan «Xohishingiz, o‘zingiz 
istamasangiz sizni zo‘rlab ishlata olmaymiz. Iste’dodingizga tan berardik, ammo ilojimiz 
qancha!», deb qo‘ya qoldi. 
Davron ko‘chada keta turib uning har bir so‘zini qayta-qayta esladi. Tirjayib tilla 
tishlarini namoyish etuvchi, hissiz boquvchi, silliq, ajinsiz yuzlariga sovuq parda tortilgan 
bu odam uning ko‘z oldida turib oldi. 
U qaerga borishni, dardini kimga to‘kib solishni bilmadi. Bo‘lgan voqeadan xabar 
topgan har bir qadrdoni, shubhasiz, «burgaga achchiq qilibsan», deb nasihatga tushadi. 
Bunday gaplarga Davronda sira toqat yo‘q. U o‘zini haq deb biladi — tamom! Davron 
avvaliga ko‘chadagi odamlar oqimidan ajrab, xoliroq yerga— katta anhor sohilidagi 
mo‘’jaz boqqa bormoqchi edi. Ammo nima uchundir trolleybusga chiqib temir yo‘l bekati 
tomonga ketdi. 
Bekatdagi odamlar iniga cho‘p suqilgan arilarday tinim bilishmaydi. Davron kerakli 
poezdning jo‘nash vaqtini bilsa-da, qatnov jadvali oldida uzoq turib qoldi. «Uyga 
ketvorsammikin? — deb o‘yladi u. — Bir-ikki yildan keyin qaytib kelaman. Axir u bir umr 
ishlamas-ku... Men ham ko‘proq og‘zida ish bajaradigan odamga aylanib boryapman. 
Birdaniga ariza tashladim. Birdaniga ketmoqchiman. Necha yillik hayotimni tuproqqa 
qorishtirib qaytmoqchiman. Ketmaymi? Unda bu yerda nima qilaman? Ishga 
qaytmayman. Kurashishga qo‘lim kalta. Birovdan yordam so‘ramayman. Kalla g‘ovlab 
ketdi...» 
— Qaysi tomonlarni mo‘ljal qilib turibsan? 
Davron orqasiga, ovoz kelgan tomonga qaradi. Bir qo‘lida katta chamadon tutgan, 
katta tugunni qo‘ltiqlab olgan, kiyimlari ancha uringan, soch-soqoli o‘sgan o‘ttiz besh 
yoshlardagi kishini avvaliga tanimadi. 
Nimaga anqayib qolding, kardinal, tanimadingmi? 
— Tal’at aka? 
— Ha, o‘zimman. — U shunday deb chamadonni yerga qo‘ydi-da, qo‘ltig‘idagi tugunni 
bo‘shatmaganicha unga qo‘l uzatdi. — Qayoqqa bormoqchisan? 
Davron qaerga borishini o‘zi ham bilmagani uchun javob qaytarishga taraddudlandi. 
Tal’at buni sezdi. Yelkasiga mushti bilan asta turtib kuldi. 
— Boshing oqqan tomongami? — dedi u jadvalni imlab ko‘rsatib. — Men ham hayron 
bo‘lib turibman. 
— Yana daydilikning xumori tutdimi, deyman? 
— Daydilik deysanmi? — Tal’at bosh chayqadi. — Yo‘-o‘q, kardinal, bunisi daydilik 
emas. 
— Sayrmi? 
— Bu so‘zing haqiqatga yaqinroq. Sayr ham sayr, sargardon ham sayr degan gaplar 
bor bu yorug‘ olamda, eshitganmisan? Qani, yur tashqariga chiqib hangoma qilaylik. — 
Tal’at shunday deb chamadonni ko‘tardi-da, bekat ro‘parasidagi daraxtzor tomon yo‘l 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling