Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Javob ravshan edi. Davron u bilan boshqa uchrashmay qo‘ydi. Lekin unuta olmadi. 
Mahbubani chindan yaxshi ko‘rib qolgan edi. Uning kulib turuvchi ko‘zlari, qorachadan 
kelgan chehrasi nigohi oldidan ketmasdi. Lekin bosh egib borishga g‘ururi yo‘l bermadi. 
Bugun Mahbubaning o‘zi shunchaki keldimikin yoki fikri o‘zgarganini bildirib ketdimi? 
* * * 
Oradan besh kun o‘tgach, Davron institutdan telegramma oldi. Rahbarlar «Masalani 
birgalikda hal qilish uchun» uni chaqirishibdi. Masala Davron o‘ylagandan ham tez hal 
bo‘ldi. U idorada yarim soatgina o‘tirdi. Idora sohibiga xayr ham demay, xonadan chiqdi-
yu, kotibadan bir varaq qog‘oz so‘rab olgach, nima deb yozishni bilmay o‘ylanib qoldi. 
Avval noroziligini ifoda etib, so‘ng bo‘shatishlarini so‘rasinmi yoki oddiygina qilib «O‘z 
xohishim bilan», deb yozsinmi? «Norozilik bildirsam gap ko‘payadi. U edi, bu edi, deb 
arizamni qo‘limga qaytarib berishadi. Bu odamga bas kelib bo‘lmaydi. Tinchgina «o‘z 
xohishim bilan bo‘shating», deb qo‘ya qolaman». Davron shu qarorga kelib, ikki satrdan 
iborat arizani yozdi-da, kotibaga berdi. Ko‘chaga chiqqach, vujudidan bir narsa uzilib 
tushib qolganday bo‘ldi. «Bekor qildimmi?» degan savol miyasiga gurzi bo‘lib urilaverdi. 
«Arizamni qaytarib olsammikin», degan xayolga ham bordi. Ammo odam zotidagi xohish 
va jur’at o‘rtasida mutanosiblik bo‘lavermaydi. To‘g‘rirog‘i, istagan ishini amalga 
oshirishga jur’at qila oluvchilar kam. Aksar odamlarda biror narsaga xohish tug‘ilgan 
onda turli xayollarga, ba’zan istiholaga borib, ba’zan kimgadir rahm qilib, ba’zan esa 
kimdandir o‘ch olish qasdida yonib, o‘ylagan ishini bajarmaydi. Davron ham shunday 
kishilar toifasidan. U telegrammani olgan zahotiyoq, kimga uchrashishini, nima gaplar 
bo‘lishini taxmin qilgandi. Shubhasi to‘g‘ri chiqdi: uni dotsent Bekmirzaevni jinidan 
battar yomon ko‘ruvchi institut rahbarlaridan biri — Niyozning qarindoshi yo‘qlatgan edi. 
U Davronni ochiq chehra bilan qarshi oldi. Eng yaqin mehribonlaridan ham eshitmagan 
shirin gaplarni shu kishidan eshitdi. Davron bu lutfu karamning niqob ekanini, niqob 
ortida o‘tkir tig‘li xanjar shay turganini yaxshi tushunib turardi. Uning aqli faqat bir 
narsadan lol edi: Bekmirzaevku olamdan o‘tib ketdi. Endi Bekmirzaev boshlagan ishni 
to‘xtatishdan nima naf ko‘rmoqchi bu odam? Nahotki Yozyovondagi qazishmalarning 
mutlaqo kelajagi bo‘lmasa? Yo‘q, kosaning tagida nim kosa bo‘lishi aniq! Faqat niqob 
qachon ochiladi-yu, nim kosa qachon yuzaga chiqadi, shunisi noma’lum. Odatda, 
makkorlik bobida xotinlarning tengi bo‘lmaydi, deyishadi. Aytishlaricha, Amazonka 
sohillarida po‘sti bebaho sanaluvchi bahaybat bo‘g‘ma ilon yasharkan. Har qanday 
kuchli, har qanday dovyurak erkak ham u bilan yuzma-yuz kelsa hayotdan umidini uzib 
qo‘yaverar ekan. Ana shu bahaybat ilonni chiroyli ayollar osongina tutib berisharkan. 
Ular ilonning ini yoniga kelib, kiyimlarini yechib onadan qanday tug‘ilgan bo‘lsalar, shu 
holga kelib turarkanlar. Oshiq ilon unga o‘ralib mast bo‘lgach, panadagi erkaklar chiqib 
uni saranjomlar ekanlar. Davron idorada o‘tirib rahbarning so‘zlarini tinglar ekan, o‘sha 
baxtiqaro ilonlar bilan go‘zal, ayni chog‘da makkor ayollarni esladi. 
— Men Bekmirzaevni g‘oyatda hurmat qilardim. U noyob iste’dod egasi edi. Do‘stim 
boshlagan ishni davom ettirish qasdida ekaningizni bilib, boshim osmonga yetdi. Biroq... 
«Ayol yechindi. Endi ilon tashqariga chiqishi kerak», deb o‘yladi Davron. 
— Biroq... o‘zingizga ma’lum, hamma ishimiz reja asosiga qurilgan. Shunga yarasha 
mablag‘ ajratiladi. Yozyovondagi ish yaqin yillardagi rejamizda yo‘q edi. Ammo 
Bekmirzaevga nisbatan bo‘lgan hurmatim tufayli o‘rtoqlardan iltimos qilib o‘rtaga 
tushgan edim. Afsuski, biz rejamizdagi ishlarning xotimasini ham o‘ylashimiz kerak. 
«Ilon ayolga chirmashishi kerak. Lekin men sen o‘ylaganchalik go‘l emasdirman», deb 
o‘yladi Davron uning so‘zlarini diqqat bilan tinglar ekan. 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling