Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
to‘g‘ri. Erkak kishining ayol oldida nochor ahvolda mung‘ayib o‘tirishi darhaqiqat uyat. 
Davronni bu noqulay ahvoldan Mahbubaning o‘zi qutqardi. 
— Qilayotgan ishingizning to‘g‘riligiga ishonchingiz komilmi? — dedi. 
— Ha. 
Unda chekinmang, bo‘sh kelmang. 
— Bilaman! Chekinmoqchi emasman! Yig‘lamsirayotganim ham yo‘q! Men bu ishni 
oxiriga yetkazmay qo‘ymayman! 
Davronning kun bo‘yi yig‘ilib qolgan dardi baqiriqqa aylanib yuzaga chiqdi. Beayb 
ayolga baqirishning noo‘rinligini bilsa ham o‘zini tuta olmadi. Mahbuba uning gaplarini 
indamay eshitdi. Davron jim bo‘lgach, o‘rnidan turdi. 
— Mahbuba, kechiring, o‘zimni tutolmadim, — dedi Davron uning yo‘lini to‘sib. 
— Xafa bo‘lganim yo‘q. Uyga barvaqtroq qaytishim kerak. O‘g‘lim betob. — U shunday 
deb Davronni chetlab o‘tdi. — Umuman erkak kishining baqirib turishi ham yaxshi. Lekin 
besabab baqirish uning johilligini fosh qilib qo‘yishi mumkin. 
Mahbuba eshikni ohista yopdi. Biroq Davronning nazarida, eshik juda qattiq 
yopilganday, uy titrab ketganday bo‘ldi. 
Bu kech mutlaqo uxlay olmadi. Avvaliga bo‘lib o‘tgan voqealarni aql tarozusiga bir-bir 
qo‘yib chiqdi. Boshi yostiqqa tegishi bilan qulog‘i shang‘illadi. Keyin hushtak, so‘ng 
eshikning g‘ijirlashini eslatuvchi ovoz. Yurakning tez-tez urishi... Bu safar vahima bilan 
turib ketdi. Chiroqni yoqdi. Ko‘zguga qaradi: xiyol qisiq ko‘zlari qizarib ketgan, tepaga 
taraluvchi sochlari parishon. Ozganga o‘xshaydi. Yonoq suyaklari bo‘rtib qolibdi. Go‘yo 
ko‘zgudan unga yassibosh odam qaraganday bo‘ldi. Davron seskanib hovliga chiqib 
ketdi. U hovlidagi so‘riga suyanib ochiq eshikka tikilib turdi. «Kim bu o‘zi? Nima uchun 
ta’qib qilyapti? Nima uchun men g‘alati voqealar domiga tortilyapman? Allaqanday 
yassibosh uch barmoqli odamlar... Tush ko‘ryapmanmi? Axir bu tez-tez takrorlanyapti-
ku! Bugun uchinchi marta ko‘rinishi. Asablarim charchaganmi? Yo ruhiy kasalga 
chalindimmi? Ichkilikka berilgan odamlarni sharpalar ta’qib qiladi, deyishadi. Balki men 
ham. Axir, men ko‘p ichmayman-ku...» 
Yo‘q, Davron ruhiy kasalga chalinmagan edi. Uni sharpa ta’qib etmasdi. Uning ko‘ziga 
Nig ko‘rinayotgan edi. Tabiatda hech narsa izsiz yo‘qolmaydi. Bundan necha asrlar 
muqaddam Yerga kelib ketgan Nig atmosferaning hali odamzodga noma’lum zarralarida 
yashab yurardi. Yerni o‘rganish maqsadida, sayyoraning bir nuqtasiga qadalib qolgan 
asboblar hanuz ishlab turar, u o‘zining to‘lqinlari bilan Davronning miya to‘qimalariga 
ta’sir etib qo‘ygan edi. Bu o‘zgarish dotsent Bekmirzaevda ham sodir bo‘lgan, ammo 
bevaqt o‘lim uni kelgusi sinovlardan mahrum qilgan edi. Yozyovondagi qazilmalarda 
tanaffussiz ishlayotgan Davron Unetdan kelayotgan to‘lqinlar domiga tobora chirmashar, 
tabiiyki, buni o‘zi sezmas edi. U ochiq eshikka uzoq tikilib turdi. Yurak urishi 
mo‘’tadillashgach, ozgina xavotir bilan ichkariga kirdi. Chiroqni o‘chirmay yotdi. Ammo 
shu topning o‘zida qulog‘i shang‘illadi, ko‘ziga yassibosh odam ko‘rindi. 
ULOQ 
Davron nima qilarini bilmay yana ikki kun shaharda qolib ketdi. Yuragi siqilib, duch 
kelgan odam ko‘ziga olchoq bo‘lib ko‘rinaverdi. Kechalari uyquda halovat yo‘q. Kunduzi 
birovga yorila olmay qiynaladi. Nihoyat uchinchi kuni oqshomda bekatga yo‘l oldi. 
Qishlog‘iga ham sig‘madi. Yuragi toshib ketaverdi. Ustiga-ustak xotini haqidagi (qo‘yib 
yuborgan bo‘lsa ham) mish-mishlar ko‘kragiga cho‘g‘day bosilardi. Shuning uchun 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling