Oyog’im goh yerdan uzilgan payti, Orqaga qaytarar xotirlaringiz


Download 14.73 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1226014
Bog'liq
ona 2


Oyog’im goh yerdan uzilgan payti,
Orqaga qaytarar xotirlaringiz.
Menga kimligimni turar eslatib,
Qishloqdan jo’natgan patirlaringiz.

Uch kunda bir bor hol so’ramay sizdan,


Ko’paytirib qo’ydim qiynog’ingizni.
Dovon oshib kelgan patiringizdan,
Hidi kelib turar barmog’ingizni.

Bilaman, ukamga yedirmagansiz,


Menga atagansiz bu odatiy hol.
Yuzingizday kulib turar juft patir,
Uni sindirmoqlik ko’p amri mahol.

Mehringiz taftidan qizargan tandir,


Kutgan ko’zingizday sarg’aygan olov.
Ikkisida pishgan shu juft patirning,
Uvog’icha mehr bermadi birov.

Men hamon bitta do’st topmadim netay,


Hayot o’yinidan hijronni yutdim.
Qish payti loy bo’lib tovonim o’pgan,
Tuproq ko’chalarni sog’inib ketdim.

Oyog’imni qisdi charm tuflilar,


Bo’ynimni bo’yinbog’ bug’adi yana.
O’zimni unitib qo’ymaslik uchun,
Eski kovushimni jo’nating, ona.

Bolam katta inson bo’ladi deysiz,


Ko’rsatib qo’yadi hali o’zini,
Lekin ona shu so’zni aytyotgan payt,
Undan olib tashlang “Katta” so’zini,

Menga “katta” inson bo’lmog’im emas,


Sizga sodiq farzand bo’lishim muhim!!!
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling