Oyog’im goh yerdan uzilgan payti, Orqaga qaytarar xotilaringiz


Download 23.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1505052
Bog'liq
Patir


Oyog’im goh yerdan uzilgan payti,
Orqaga qaytarar xotilaringiz,
Menga kimligimni turar eslatib,
Qishloqdan jo’natgan patirlaringiz.

Uch kunda bir bor hol so’rmay sizdan,


Ko’paytirib qo’ydim qiynog’ingizni,
Davon oshib kelgan patiringizdan,
Hidi kelib turar barmog’ingizni.

Bilaman, ukamga yedirmagansiz,


Menga atagansiz – bu odatiy hol.
Yuzingizday kulib turar juft patir,
Uni sindirmoqlik ko’p amri mahol.

Mehringiz taftidan qizargan tandir,


Kutgan ko’zingizdek sarg’aygan olov,
Ikkisida pishgan shu juft patirning,
Uvog’icha mehr bermadi birov.

Men hamon bitta do’st topmadim netay,


Hayot o’yinidan hijronni yutdim,
Qish payti loy bo’lib tavonim o’pgan,
Tuproq ko’chalarni sog’inib ketdim.

Oyog’imni qisdi charm tuflilar,


Bo’ynimni bo’yinbog’ bug’adi yana,
O’zimini unutib qo’ymaslik uchun,
Eski kovushimni jo’nating, ona!

Bolam katta inson bo’ladi deysiz,


Ko’rsatib yuradi hali o’zini.
Lek, Ona, shu so’zni aytayotgan vaqt,
Undan olib tashlang katta so’zini!..


Ҳаёт, аёл
Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling