Microsoft Word davron ziyouz com doc


Download 233.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana02.01.2023
Hajmi233.92 Kb.
#1074953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
davron ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
— Bu yerlarga Xudoning qarg‘ishi tegibdi, bo‘lak qadam bosmasligimiz kerak, — dedi 
ularning biri. 
— Ammo, shahristonda nima gapligini bilmay qaytmoqqa huquqimiz yo‘q. 
— Shahriston ham balki butunicha toshga aylangandir. Shunday deb qaytaveramiz. 
Ular tunni shu yerda o‘tkazib tongda bir maslahatga kelamiz, deb qaror qildilar. So‘l 
tomonda sarg‘ayib turgan kimsasiz bostirma ularga boshpana bo‘ldi. To‘rt chog‘li yoshi 
ulug‘roq fozil uy ichiga, olti chog‘li yosh esa ochiq havoga joy qildilar.
Yarim tunda uy yorishib, qush uyqusida yotgan fozillar uyg‘onib ketishdi. Tashqariga 
qarashdi. Baland bo‘yli, o‘zidan nur taratib turgan ikki kimsani ko‘rib hammalari duo 
o‘qimoqqa tutindilar. Nurli odamlarning uy tomonga yaqinlashganini sezib, to‘rtovlon 
o‘zini devor panasiga oldi. 
Hovlida yotganlar ham uyg‘onib ketishdi. Cho‘chib o‘rnidan turgan ikki yigit o‘sha 
zahoti tosh bo‘lib qotdi. Buni ko‘rib boshqalarining turishga yuragi dov bermadi. 
Kiv bilan Nig ikki yigitning sakrab turganini sezib shu tomonga yurdilar. Lekin ularning 
ham jonsiz tosh ekanini ko‘rib ajablanishdi. 
— Nazarimda ular hozir harakat qilganday bo‘lishgan edi, — dedi Nig. 
— Menga ham shunday ko‘rindi. Manavilarni qara, bular yotishibdi. Ular ham tosh. Bu 
yulduzda jonli mavjudot yo‘q ko‘rinadi. Bu toshlarni haykal desak, tartibsiz sochilib 
yotishi ajablanarli. 
— Sirli jumboq ichiga tushib qolganga o‘xshaymiz. Endi kemaga qaytamiz. Bu yog‘iga 
piyoda yurish xavfli. Vaqt ham ko‘p ketadi. Sayohatni sayyorapoyda davom ettiramiz. 
Ular shunday deb orqaga qaytdilar. 
Nur uzoqlashib qorong‘ilik cho‘kkach, uydagilar bosh ko‘tarishga jur’at qildilar. Faqat 
devorga orqa qilib o‘tirgan fozilgina qimirlamadi. Fozillardan biri uni asta turtib o‘ziga 
keltirmoqchi bo‘ldi-yu, qo‘rquv bilan xunuk bir ovoz chiqarib jim qoldi: qariya toshga 
aylangan edi. Shu ko‘yi ular tongga qadar duoyi afsun o‘qib o‘tirdilar. Kun yorishgach, 
tashqariga chiqishga botindilar. Toshga aylangan yigitlarni, keyin haykalday qotib turgan 
otlarni ko‘rdilar-u, oyoqni qo‘lga olib izlariga qaytdilar. 
Ko‘p azobli, uqubatli yo‘ldan so‘ng manzillariga yetib keldilar. Ko‘rganlarini chala-
yarim aytib, ko‘rpa-yostiq qilib yotdilar. Sal quvvatga kirib yura boshlagan chog‘larida 
uchchovlari to‘ppa-to‘satdan bir kunda o‘lib qoldilar... 
* * * 
Nig bilan Kiv jonli mavjudot uchratishdan umidlarini uzdilar. Unetdan turib olib 
borilgan kuzatishlar bu xira yulduzda organik birikmalar mavjudligini, bu moddalarning 
erishiga mos suyuqlik ham borligini bir necha karra tasdiqlagan edi. Molekulyar 
komplekslarning vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan bu ikki omil ularda umid uyg‘otgan, 
uzoq safarga otlantirgan edi. Umidlari singan elchilar safarlarini noiloj to‘xtatib, kemaga 
ikki tosh odamni olib chiqdilar. 
Yer yana qattiq silkindi. Qorayib turgan tuxumsimon kema ostida olov ko‘rindi. 
Tuproq o‘yilib har tomonga otildi. O‘lik shahar ustini g‘ubor qopladi. 
Oradan yillar o‘tdi. Ammo hech kimsa bu jonsiz shahristonga yaqinlashishga jur’at 
etolmadi. Yurak betlab qadam bosganlar ham ko‘p o‘tmay to‘satdan o‘lib qolaverdilar. 
«Xudoning tavqi la’nati bosilgan» bu yer kimsasiz va unut bo‘lib ketdi. 
Beayov yillar shamoli bu voqealarni odamlar yodidan asta-sekinlik bilan o‘chirib 
haqiqat yuziga afsona niqobini tortdi. «O‘lik» shaharni esa tuproq zarralari bilan ko‘mib 
tashladi. So‘ngra bo‘lib o‘tgan dahshatli voqealardan bexabar odamlar yana bu 
tomonlarga siljib kelaverdilar. Bir necha odam bo‘yi tuproq ostiga ko‘milgan shahar 


Davron (qissa). Tohir Malik 

Download 233.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling